Kichik biznes subʼektlarini bank soliq va audit bilan munosabatlari
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib olgan jismoniy shaxslar
Download 1.14 Mb.
|
soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib olgan jismoniy shaxslarShuni ta'kidlashimiz kerakki, jahonning eng rivojlangan davlatlari, jumladan AQSh, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya soliq qonunchiligida xususiy tadbirkorlar daromad solig‘ini faqat sof foydadan to‘laydilar. Shu jumladan iqtisodiyoti jadallik bilan rivojlanayotgan Rossiya, Xitoy, Gruziya, Turkiya soliq qonunida ham xususiy tadbirkorlar daromad solig‘ini foydadan to‘lashi belgilab qo‘yilgan. Bunda tadbirkorlar o‘zlarining faoliyati tushumlaridan sarf-xarajatlarni chegirib tashlab, sof foyda olmaguncha, soliq to‘lamaydi. Oddiy so‘z bilan aytganda, soliq qonuni xususiy tadbirkor foyda olgunga qadar «sabr qiladi». Soliq sof foydaning muayyan bir foizi tariqasida undiriladi. Bunda soliq stavkasi jismoniy shaxsning boshqa turdagi daromadlaridan qancha stavkada undirilayotgan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyatidan tushgan foydadan ham shuncha stavkada undiriladi. Ya'ni tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadga nisbatan alohida soliq stavkasi joriy etilishi shart emas.Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarYuqorida muhokama qilingan muammolarning yechimi sifatida quyidagi takliflarni kiritish mumkin:
Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarTo‘g‘ri, soliqning sof foydadan undirish tizimini amaliyotga tatbiq kilishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Chunki bu tizim har bir tadbirkorni o‘z daromad va xarajatlarini to‘g‘ri va xolislik asosida hisoblab borishini talab etadi. Bu noqobil tadbirkorlarga soliqdan qochishga imkoniyat yaratishi mumkin. Lekin xalqimizda “Burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirish to‘g‘ri emas” degan bir dono naql bor. Soliq idorasi agar biror bir tadbirkor shunday noqobillik qilayotganligi haqida asosli shubxaga ega bo‘lsa, o‘sha tadbirkordan o‘z daromad va xarajatlarini asosli ekanini isbotlab berishni talab qilishi mumkin. Qolaversa, xususiy tadbirkorlarni sof foyda asosida soliqqa tortish tizimini boshqarish bo‘yicha iqtisodiyoti rivojlangan va izchil rivojlanayotgan davlatlarda bir necha yillik boy tajriba mavjud bo‘lib, ular bunday muammolar yechimi bo‘yicha ancha tajribaga ega va O‘zbekiston bu davlatlar tajribasini o‘rganib, mamlakat soliq tizimiga tatbiq qilishi mumkin.Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling