Kichik biznes subʼektlarini bank soliq va audit bilan munosabatlari


Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar


Download 1.14 Mb.
bet5/6
Sana14.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1001184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
soliq

Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar

  • Xususiy tadbirkorlikdan tushadigan daromadlarni va mulkiy daromadlarni soliqqa tortishda soliq deklaratsiya amaliyotini joriy etish. Coliq deklaratsiya amaliyotida jismoniy shaxs yil so‘ngida tadbirkorlik yoki mulkiy faoliyatning barcha manbalardan tushgan daromadlarini umumlashtirib, ulardan yuqoridagi soliq qonuni tomonidan yo‘l qo‘yilgan xarajatlarni chegirib tashlab, yillik foydani e'lon qiladi. Bu soliq amaliyoti hozirgi kunda eng keng tarqalgan bo‘lib, usiz jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini tasavvur qilish qiyin. Chunki jismoniy shaxslarning ko‘p daromadlariga nisbatan soliqni daromad manbaidan ushlab qolishning imkoniyati yo‘q. Aynan shu sababdan, ko‘pgina shaxslarning xususiy va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlari umuman soliqqa tortilmay yoki yetarlicha soliqqa tortilmay kelmoqda. Bu nafaqat soliq to‘lovchilar tengligiga putur yetkazmokda, balki byudjyetga soliq tushumlari yetarlicha tushmayotganligiga sabab bo‘lmokda.

Xulosa

Har qanday davlatda xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining asosiy negizi, uning kelajagi hisoblanadi. Jahondagi deyarli barcha buyuk kompaniyalar tarixi oddiy bir tadbirkor o‘z biznes g‘oyasini amalga oshirishi bilan boshlangan. Shunday ekan, xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish davlat uchun ham, uning iqtisodiyoti va byudjyeti uchun ham katta manfaat keltiradi. O‘zbekiston o‘z soliq qonunchiligini tubdan isloh qilishga astoydil yeng shimargan ekan, islohot yetakchilarida xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortish borasidagi mavjud amaliyotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud. Bu borada amalga oshirilishi zarur bulgan asosiy vazifalardan biri bu xususiy tadbirkorlardan soliqni ularning sof foydasidan undirish tizimini joriy etishdir. Bu xususiy tadbirkor uchun ham, davlat uchun ham foydalidir. U mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga, mamlakat byudjyetiga tushadigan soliq tushumlari ko‘lami ortishiga, mamlakat soliq amaliyoti jahon davlatlari soliq amaliyoti darajasiga ko‘tarilishiga, ko‘pgina soyadagi yoki noqonuniy tadbirkorlik faoliyatlarini qonuniy yo‘lga o‘tishiga va nihoyat aholida soliq madaniyati ko‘tarilishiga ham xizmat qiladi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling