Kichik biznes subʼektlarini bank soliq va audit bilan munosabatlari


Download 1.14 Mb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1001184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
soliq

Xususiy tadbirkorlarni soliqka tortishning eng muammoli tomonlaridan biri - soliq miqdorini daromadga bog‘liq bo‘lmagan holda oldindan qat'iy belgilab qo‘yilganidir. Unga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlar faoliyat turiga qarab, belgilangan eng kam oylik ish haqining 1 barobaridan 7 barobarigacha, ya'ni 2018 yilda 172240 so‘mdan 1205680 so‘mgacha bo‘lgan miqdorda qat'iy belgilangan oylik to‘lov tarzida soliqqa tortiladi. Qonun xususiy tadbirkorlik faoliyat turlari sifatida chakana savdo, xizmatlar, ishlab chiqarish, avtomobil transportida yuk tashishni alohida ko‘rsatib o‘tgan. Bunda xususiy tadbirkor bir paytning o‘zida faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida soliq to‘laydi.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib olgan jismoniy shaxslar

Aslida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ularga alohida soliq imtiyozlari berish shart emas; ularni soliqdan ozod qilish ham kerak emas; tadbirkorni faqatgina sof foydadan soliqqa tortish tizimini joriy kilishning o‘zi kifoya. Bu tadbirkorlikdan tushgan daromadlarni soliqqa tortishning eng mantiqiy, jahon tajribasida o‘zini isbotlagan usuli hisoblanadi.

Shu o‘rinda “foyda” o‘zi nima degan bir savol tug‘iladi. Oddiy qilib aytganda foydaning formulasi quyidagicha:

T – X = F/Z. Bunda:

T = Tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushgan barcha tushumlar; X = Tadbirkorlik faoliyati uchun qilingan barcha xarajatlar; X F/Z = Foyda (agar natija ijobiy bo‘lsa)/ Ziyon (agar natija salbiy bo‘lsa).

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib olgan jismoniy shaxslar

.

Ko‘rib turganimizdek, tadbirkorning davr mobaynidagi tushumi 60 million so‘m bo‘lsa-da, uning sof foydasi 3 million so‘mni tashkil qiladi. Bunda xususiy tadbirkorlikdan tushgan foydaga nisbatan belgilangan soliq stavkasini 20% deb hisoblagan taqdirimizda, soliq 600 ming so‘mni tashkil etadi. Bu yerda eng muhimi tadbirkor davr mobaynida yetarlicha daromad qila olmasa, soliqdan xavotirga tushmaydi, chunki xarajatlar daromaddan ko‘payib ketadigan bo‘lsa, tadbirkor soliq to‘lamaydi. Bundan tashkari, xarajatlar tadbirkorlik faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi zarur. Zarurat tug‘ilsa, tadbirkor mazkur xarajatlar haqiqatdan ham qilinganligi va ularning miqdorini isbotlab bera olishi zarur. Bu ko‘p to‘lovlar rasmiy tus olinishiga, soyali iqtisodiyotdan ochiq iqtisodiyotga o‘tishga sabab bo‘ladi


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling