«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Maqsad-boshqaruv kategoriyasi sifatida


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

2. Maqsad-boshqaruv kategoriyasi sifatida
Boshqaruv maqsadi – korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun
belgilangan maqsad. Maqsadga qo‘yiladigan talablar:
1. Maqsadning bir ma’noga ega bo‘lishi;
2. Maqsadni amalga oshirish mumkin bo‘lishi kerak;
3. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak;
4. Maqsad bajaruvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak;
5. Maqsad detallashtirilgan bo‘lishi kerak;
6. Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak.
Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan kamroq
muddat ichida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona
bo‘limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi mo‘ljallangan quyidagi
funksional maqsadlar bo‘lishi mumkin:
1. Ishlab chiqarish bo‘limlari – korxonada x nomli yangi mahsulotni ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
2. Texnologiya bo‘limi – x mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi
texnologiyani joriy qilishni yakunlash.
3. Tadqiqot bo‘limi – x kilovatdan quvvatga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab
chiqarish.
Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak. Miqdoran o‘lchovga ega
bo‘lmagan maqsad bu sarobdir. Maqsad uni bajarish prinsiplari natijasi
bajaruvchilariga tushunarli bo‘lishi va ularga g‘zma ravishda sodda tilda etkazilishi
kerak. Maqsad bo‘limlar va mas’ullar bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak.
Maqsad har bir faoliyat turi, har mas’ul shaxs bo‘yicha mayda chuydagacha batafsil
taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozim. SHundagina bu maqsadning ijrosi darajasini aniq
nazorat qilish mumkin bo‘ladi.


Bu umumiy bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo‘linishini, ya’ni
maqsadlar shajarasini tuzishni talab qiladi. Maqsad turlari:
1. Umumjamiyat miqg‘sida munosabatlarni aks ettirishiga qarab: sig‘siy
munosabatlar; iqtisodiy munosabatlar; sotsial munosabatlar; ma’rifiy-ma’naviy
munosabatlar; xalqaro munosabatlar sohasidagi munosabatlar.
2. Boshqaruv pog‘onalariga qarab: hududiy boshqarish munosabatlari;
mamlakat munosabatlari; viloyat munosabatlari; tuman munosabatlari; qishloq
munosabatlari; ishlab chiqarish munosabatlari; xalq xo‘jaligi munosabatlari; tarmoq
munosabatlari; yakka shaxs munosabatlari.
3. Amalga oshirish muddatiga qarab: joriy munosabatlar; istiqbolli
munosabatlar.
4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab: uzluksiz munosabatlar; fursatli
munosabatlar; bir martalik munosabatlar.
5. Kuzatiladigan natijalarga qarab: pirovard munosabatlar; oraliq munosabatlar;
6. Murakkablik darajasiga qarab: an’anaviy munosabatlar; muammoli
munosabatlar; innovatsion munosabatlar.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling