Kichik lirik janrlar badiiyati
Jumladan, G‘am yuki to qomatim yo qilmadi
Download 94.25 Kb.
|
KICHIK LIRIK JANRLAR BADIIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qit’a va g‘azal munosabatiga doir O‘
Jumladan,
G‘am yuki to qomatim yo qilmadi, Ohim o‘tig‘a falak yoqilmadi, Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi. Ogahiyning tuyug‘idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega bo‘lgan “yo qilmadi” so‘zi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, g‘am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim o‘tidan falak yonmadi ma’nosida, to‘rtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qo‘llanilgan. To‘rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to‘rt misralik barcha she’riy asarlarni to‘rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. To‘rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi: Xalqqa ayting, men aslo o‘lganim yo‘q, Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q. Men elimning yuragida yashayman, Erk deganning tilagida yashayman. (Hamid Olimjon) Mazkur “qorishiq janr”ning Jamol Kamol aytgandek, asosiy belgilari bor. “Bular: a) lirik ifodaning erkin parvozi; b) kechinmalar doirasiga tushgan eng uvoq mayda-chuydalarning ham shu ondayoq qayd etilishi v) bevosita nutq-monolog bilan chuqur suvrat-tasvirlarning almashinib turishi; g) vazn va mulohazalarning erkin qo‘llanishi kabi xususiyatlardir”. Orzum shul, o‘chmasin yongan charog‘ing, Yulduzday nur sochsin chashming-qarog‘ing. Magar chinor bo‘lsang chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog‘ing. (Abdulla Oripov) Ko‘rinadiki, bu xil to‘rtliklar – “universal”lik xususiyatini kasb etadi va uning tarixi – xalq og‘zaki ijodidan to hozirga qadar yaratilgan to‘rtliklarning barchasini o‘z ichiga oladi. 3. Qit’a va g‘azal munosabatiga doir O‘zbek mumtoz she’riyati janr e’tibori bilan juda boy va xilma-xildir. Undagi janrlar faqat shakliy belgilari, paydo bo‘lish tarixi, taraqqiyot tamoyili yoki mavzu xususiyatlari bilan emas, ifoda usullari, tili, obrazlar tizimi, poetik ruhi jihatidan ham bir-biridan ajralib turadi. Har bir lirik janr voqelikni, inson fikr va his-tuyg‘ularini o‘z badiiy ifoda usulari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Shuning uchun ularni mohiyat e’tibori bilan biri ikkinchisiga uncha o‘xshash bo‘lmagan, o‘z-o‘zicha tugal bir san’at olami deyish mumkin. Lirik janrlar tarixi va poetikasiga qiziqish o‘zbek adabiyotshunosligida keyingi yillarda ancha jonlandi. Ba’zi lirik janrlar haqida u yoki bu san’atkorning adabiy faoliyati bilan bog‘liq holda muhim nazariy fikrlar bayon etildi. Ayrim janrlar haqida maxsus ilmiy ishlar yuzaga keldi. Ammo shunga qaramasdan, bu sohada hali ko‘pgina jiddiy tadqiqotlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bu gap qit’a janriga ham tegishli. To‘g‘ri, ushbu janr uzoq zamonlardan beri olimlarning diqqatini o‘ziga qaratib keldi. Bu o‘rinda YE.E.Bertel`s, A.Mirzoev, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, YO.Is’hoqov, R.Orzibekov, L.Serikova boshqa adabiyotshunoslarning qit’a haqidagi ilmiy qayd hamda maqolalarini eslash mumkin. Shunga qaramasdan, bu masalaning ayrim tomonlari hali tadqiqga muhtoj. Download 94.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling