Vaqt birliklari o`xshashligi. Geometrik o`xshashlikda vaqt bo`yicha birxillik hosil bo`ladi. Bunga binoan, ikki geometrik jismdagi nuqtalar o`xshash traektoriya bo`ylab, vaqt birligida bir xil masofa bosib o`tadi.
Ularning o`zaro bir-biriga nisbati o`zgarmas kattalikka teng:
(1.2)
bu erda T1, T2, ... – mos keladigan zarrachalar bilan butun qurilmadan o`tish vaqti; 1, 2, ... – mos keladigan zarrachalar bilan L1 va L2 masofalardan o`tishi; a - vaqt bo`yicha o`xshashlik konstantasi.
Fizik o`xshashlik. Fizik o`xshashlikka binoan, fazoda joylashgan ikki sistema fizik xossalarining nisbati vaqt birligida o`zgarmasdir. Masalan, agar zarracha naturada 1 vaqtda L1 masofani bosib o`tsa (1.1-rasm), modelda esa 2 vaqt ichida L2 masofani bosadi. Unda, mos keladigan A1 va A2 nuqtalar uchun.
; yoki (1.3)
bu erda u1 va u2 – fizik kattaliklar yig`indisi (lekin a a al a va h.); a, a - fizik kattaliklar konstantasi.
Shunday qilib, agar geometrik va vaqt birligi o`xshashligi saqlansa, unda tezlik, temperatura, kontsentratsiya va boshqa fizik kattalik maydonlari o`xshashligi ham saqlanib qoladi, ya’ni w1/w2=aw; l1/l2=al; c1/c2=ac.
Do'stlaringiz bilan baham: |