Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Download 0.52 Mb.
bet5/15
Sana09.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1760417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Умумий қисм

Sirtiy taranglik - o`zgarmas temperaturada fazalarni ajratuvchi yuzani bir birlikka ko`paytirish uchun son jihatdan barobar sarflanadigan ishga teng qiymatdir.
Agarda, bir tomchi suyuqlik tashqi kuchlardan holi bo`lsa, u sirtiy taranglik kuchi ta’sirida shar shaklini oladi.
Sirtiy taranglik temperaturaga bog`lik bo`ladi va temperatura ortishi bilan uning son qiymatlari kamayadi.
Ba’zi suyuqliklar uchun sirtiy taranglikning son qiymatlari 1-1 jadvalda va ilovadagi 4 - jadvalda keltirilgan [5,6].
1-1 jadval

Suyuqliklarning sirtiy tarangligi





Suyuqlik

Temperatura,
oC

Sirtiy taranglik,
·103, N/m

Suv

Olivka yog`i


Etil spirti
Metil spirti
Sirka kislota

0
20
20
20
20
20

75,6
72,8
32,0
24,1
22,6
27,8

Issiqlik sig`im c - moddaga qandaydir jarayonda berilayotgan issiqlik miqdorining tegishli temperatura o`zgarishi nisbatiga aytiladi.
Amaliyotda massaviy, hajmiy va mol solishtirma issiqlik sig`imlari ishlatiladi. Solishtirma issiqlik sig`imi qaysi jarayonda (izobar, izoxor, izotermik, adiabatik, politropik) modda va atrof muhit orasida energiya almashinishiga bog`liqdir. Hisoblashlarda juda ko`p izobar cp va izoxor cv issiqlik sig`imlar qo`llaniladi.
O`zaro bu ikki solishtirma issiqlik sig`imliklar Mayer formulasi bilan bog`liqdir [24,61]:
(33)

bu erda R - universal gaz konstantasi, J/(mol·K) yoki J/(kg·K).


Izobar issiqlik sig`imning izoxor issiqlik sig`im nisbatiga adiabata ko`rsatkichi deyiladi:


(34)

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling