Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Download 0.52 Mb.
bet8/15
Sana09.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1760417
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Умумий қисм

O`xshashlik nazariyasi – bu tajriba natijalarini ilmiy umumlashtirish usullari haqidagi ta’limot.
O`xshash jarayonlarda ularni xarakaterlovchi va o`xshash bo`lgan kattaliklar nisbati o`zgarmasdir. O`xshashlik nazariyasi qanday tajriba o`tkazish va olingan natijalarni qaysi usul bilan qayta ishlash yo`llarini o`rgatadi.
O`xshashlik nazariyasini modellarda (tajriba qurilmalarida) jarayonning noma’lum kattaliklarini aniqlash, tekshirib ko`rish va olingan natijalarni sanoat qurilmalariga ko`chirishga yordam beradi.
Shunday qilib, masshtablash va modellash asosi bo`lib o`xshashlik nazariya usullari hisoblanadi.


O`xshashlik teoremalari va shartlari

O`xshashlik nazariyasining asosiy prinstiplaridan biri bo`lib, umumiy qonuniyat bilan ifodalanuvchi o`xshash hodisalar (jarayonlar) guruhini ajratib olishdir.


Mos tushadigan va ularni xarakterlovchi kattaliklarning nisbatlari o`zgarmas bo`lganda, bunday hodisalar o`xshash deb ataladi.
O`xshashlik shartlariga binoan o`xshash hodisa va voqealar quyidagi guruhlardan iborat: a) geometrik o`xshashlik; b) vaqt bo`yicha o`xshashlik; v) fizik o`xshashlik; g) boshlang`ich va chegaraviy shartlarning o`xshashligi.
Geometrik o`xshashlik. Bu shunday o`xshashlikki, natura va modellarning mos tushadigan o`lchamlari parallel va ularning nisbati o`zgarmas kattalik bilan ifodalanadi.
Masalan, aylanayotgan cilindr ichidagi gazning harakatini tekshiramiz (1.1-rasm).
Ushbu qurilmadagi jarayonni tekshirish uchun geometrik o`xshashlikka rioya qilib model quriladi (1.1b-rasm), ya’ni natura va modelning mos tushadigan chiziqli o`lchamlarining nisbatlari teng.
Geometrik bir xillikka binoan ikkita o`xshash sistemani geometrik o`lchov kattaliklari o`zaro parallel bo`lsa, ularning nisbati ham o`zgarmas bo`ladi:


(1.1)

O`lchovsiz kattalik al geometrik o`xshashlik o`zgarmas kattaligi (konstanta) yoki masshtab (o`tish) ko`paytmasi deb ataladi. Ushbu o`zgarmas kattalik o`xshash sistemalardagi bir xil turdagi mos keladigan kattaliklar nisbatini ifodalaydi va model o`lchamidan naturaga o`tish imkonini beradi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling