Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Download 0.52 Mb.
bet7/15
Sana09.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1760417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Умумий қисм

1-3 jadval






Effektiv solishtirma issiqlik sig`imi cef , J/(kg·K)

T,K

Paxta chigitining momiqligi, %




0

5

10

15

20

25

30

35

250

1466

1460

1454

1448

1441

1435

1429

1423

300

1812

1808

1804

1801

1797

1793

1789

1785

350

2158

2137

2116

2095

2073

2052

2031

2010

400

2504

2466

2427

2389

2360

2312

2273

2245

450

2850

2794

2738

2683

2627

2571

2515

2460



Issiqlik o`tkazuvchanlik - bu mikrozarrachalarning o`zaro ta’siri va issiqlik harakati natijasida issiq jismdan sovuq jismga energiya o`tkazilishi tufayli jism temperaturasining turg`unlashishidir.
Qattiq material, suyuqlik va gazlarda issiqlik o`tkazuvchanlikning intensivligi issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti bilan xarakterlanadi.
30oC temperaturadagi suyuqlikning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti ushbu formula yordamida hi-soblanishi mumkin:

(46)


bu erda A1 - suyuqlikning assostiastiyalanish darajasiga bog`liq koeffistient; c - suyuqlikning solishtirma issiqlik sig`imi, J/(kgK); - suyuqlik zichligi, kg/m3; M - mol massa.


suv uchun A1 = 3,58·10-8


benzol uchun A1 = 4,22·10-8
Biror t temperaturadagi suyuqlikning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti ushbu formuladan topiladi:
(47)

bu erda - temperatura koeffistienti.


Metil spirti uchun = 1,2·103 S-1;


Etil spirti uchun = 1,2·103 S-1;
Meva, meva-rezavorlar sharbati, qiyomlar, shakarli sut uchun koeffistienti ushbu formuladan aniqlanadi:
(48)
20oC da esa
(49)

bu erda x - absolyut quruq moddalar kontsentratsiyasi.


Tomat mahsulotlarining koeffistienti quyidagi formuladan topiladi:


(50)


0 < x < 65% va 80oC gacha bo`lgan oralikda saxarozaning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti esa,
(51)

Donasimon tukli, ko`p komponentli paxta chigitining effektiv issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti ham prof. Nurmuhamedov H.S. tomonidan keltirib chiqarilgan formuladan topiladi [5,6,13]:




(52)

bu erda r1, r2, r3, r4, r5 - bo`shliq, yadro, havo qatlami, qobiq va momiqlik radiuslari, m; 1, 2, 3, 4 - yadro, havo, qobiq va paxta tolalarining issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistientlari, Vt/(m·K); f - shakl koeffistienti.


Noto`g`ri shaklga ega bo`lgan paxta chigiti uchun f ushbu formuladan topiladi [13]:


(53)


bu erda Op - paxta chigitining momiqligi bo`lib, odatda uning son qiymatlari f = 0,89-0,93 oralikda bo`ladi.


(52) formula yordamida hisoblangan paxta chigitining effektiv issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsientining qiymatlari 1-4 jadvalda keltirilgan.


1-4 jadval



T, K

Op , momig`likdagi , Vt/(m ·K)

0

3

6

9

12

15

250
300


350
400
450



0,484
0,406


0,433
0,322
0,291



0,477
0,401


0,427
0,318
0,287



0,470
0,395


0,421
0,313
0,283



0,464
0,390


0,415
0,309
0,279



0,457
0,384


0,409
0,304
0,275



0,453
0,380


0,405
0,301
0,272



Ma’lumki, temperatura o`zgarishi bilan mahsulotning issiqlik va fizik xossalari keskin o`zgaradi. Material xossalarining bunchalik o`zgarishiga ularning tarkibidagi suv yoki muzlarning asosiy xossalaridagi katta farq sababchidir (1-5 jadval).



    1. jadval




t/r

Xossalar

Birligi

Suv

Muz

1.
2.
3.
4.

Solishtirma issiqlik sig`im
Issiqlik o`tkazuvchanlik
Temperatura o`tkazuvchanlik
Zichlik

c, kJ/(kg·K)
, Vt/(m·K)
a ·106, m2/s
, kg/m3

4,190
0,554
0,130
999,500

2,10
2,21
0,17
916,20



1.2. O`xshashlik nazariyasi asoslari


Kimyoviy texnologiya jarayonlarini o`rganish yo`llari

Jarayonlarni tahlil qilish va hisoblash uchun tenglamalarni keltirib chiqarish maqsadida ularni nazariy usulda amalga oshirsa bo`ladi.


Ushbu yo`l eng qulay bo`lib, jarayonlarni tavsiflovchi matematik tenglamalar (ko`pincha differentsial) tuzish va ularni echishdan iboratdir.
Bir turdagi butun bir sinfga oid hodisa va voqealarni differentsial tenglamalar ifoda etadi. Ushbu sinfdan biror aniq bir hodisa yoki voqeani ajratib olish uchun differentsial tenglama qo`shimcha shartlar (bir xillik shartlari) bilan chegaralanadi.
Bir xillik shartlari o`z ichiga quyidagilarni qamrab olgan: geometrik shakl va sistema qurilma o`lchamlarini; jarayonni olib borish shartlari, ya’ni moddalar fizik o`zgarmas kattaliklarini; boshlang`ich shartlari, ya’ni boshlang`ich tezlik temperatura, kontsentratsiya va hokazo; sistema chegarasida holatni xarakterlovchi chegaraviy shartlarni, masalan, truba devori yaqinida tezlikning nolga tengligi.
Lekin, kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalarining aksariyati juda murakkab va o`zgaruvchi parametrlar ko`pligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ko`pincha faqat masalaning matematik va bir xillik shartlar ifodasini olish mumkin. Olingan differentsial tenglamalarni matematikada ma’lum usullar bilan echib bo`lmaydi.
Turbulent oqimlarda issiqlik va massa almashinish jarayonlarini nazariy o`rganishda ham xuddi shunday qiyinchiliklar bor.
Undan tashqari, xattoki murakkab jarayonlarni ifodalovchi differentsial tenglamalar sistemasini ham tuzib bo`lmaydi.
Shunday qilib, qurilmani loyihalash uchun zarur hisoblash tenglamalarini nazariy keltirib chiqarish imkoniyati yo`q. Bunday holatlarda tajriba o`tkazish yo`li bilan jarayonni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi bog`liqlik aniqlanadi.
Olingan tajriba ma’lumotlari asosida empirik tenglamalar keltirib chiqariladi. Ushbu tenglamalar xususiy xarakterga ega bo`lib, ulardan faqat aniq sharoitlarda foydalanish mumkin. Odatda empirik tenglamalar ma’lum qadr-qiymatga ega va ularni muxandislik hisoblashlarda qo`llaniladi.
Lekin har qanday murakkab jarayonni tadqiqot qilish vaqtida umumiy bo`lgan qonuniyat va tenglamalarni keltirib chiqarish kerak. Ular yordamida biror xususiy tajriba natijalarini boshqa jarayonlarni ham tekshirishga qo`llash imkoniyati bo`lsin. Shu maqsadga tajriba natijalarini qayta ishlashda, o`xshashlik nazariyasi usullarini qo`llash orqali erishish mumkin.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling