3 Atom-molekulyar ta’limot.
Atom-malekulyar talimotining asosiy qoidalari XVII asirning o’rtalariga kelib M.V.Lomanosov tomonidan ishlab chiqildi va igiliz kimyogari J.Daltonning XIX asirning o’rtalarida fanga elementlarning atom massalari xaqidagi tushunchani kirigandan keyingina umum tamonidan etirof etildi.
Moddalar bilan bo’ladigan fizik xodisalarni molekulyar nazariyasini tushuntirib berdi. Kimyoviy xodisalarni tushunturishda molekulyar nazariyaga atomlar xaqidagi talimot yordam beradi. Bu nazariyaning ikkilasi - molekula nazariya bilan atomlar haqidagi nazariya birlashib atom molekulyar ta’limotni hosil qiladi. Bu ta’limotning mohiyatini quyidagi bir necha qoidalar tarzida ta’riflash mumkin:
Molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi temperaturaga bog’liq. Temperatura ko’tarilishi bilan molekulalarning harakarlanish tezligi ortadi.
Molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar kabi to’ztovsiz harakatda bo’ladi.
Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va hossalari bilan farq qiladi.
Molekulalar orasida o’zaro tortilish va itarilish kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko’p, gazlarda esa, kam namoyon bo’ladi.
Molekulalar orasida oraliq masofa bo’lib, uning o’lchamlari moddaning agregat holatiga va temperaturaga bo’gliq. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa eng katta bo’ladi. Ularning oson siqiluvchanligiga sabab ana shudir. Suyuqliklarni siqish qiyin, chunki ularni molekulalari orasidagi oraliq ancha kichik bo’ladi. Qattiq moddalarda molekulalar o’rtasidagi oraliq yanada kichik shu sababli ular deyarli siqilmaydi.
Molekulyarva nomolekulyar tuzilishli moddalar bor.
Molekulyar tuziolishli moddalarda qattiq holatda kristall panjaraning tugunlarida molekulalar bo’ladi. Kristall panjaraning tugunlarida joylashgan molekulalar orasidagi bog’lanish zaif bo’ladi va qizdirilganda uziladi. Shu sababli molekulyar tuzilishli moddalarning suyuqlanish temperaturalari odatda, ancha past bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |