Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molekulyar massa
Atom massasi – atom o’girligini o’lchaydigan kattalik bo’lib, SI o’lchov birligida uni kilogrammda qobul qilingan. Odatda uni massa atom birligi ham deyiladi.Nisbiy atom massaHozirgi tekshirish usullari atomlarning nihoyatda kichik massasini katta aniqlik bilan topishga imkon beradi. Masalan, vodorod atomining massasi 1,674 • 10-27 kg, kislorodniki —2,667 • 10-27kg, uglerodniki — 1,993 •10-27 kg.Kimyoda odatga ko‘ra atom massalarining absolut emas, balki nisbiy qiymatlaridan foydalaniladi. 1961- yilda atom massasining birligi qilib uglerod izotopi 12C atomi massasining 1/12 qismiga teng bo‘lgan massaning atom birligi (qisqartirilgani m.a.b.) qabul qilingan. Ko’pchilik kimyoviy elementlarda massasi turlicha bo‘lgan atomlar bo‘ladi. Shu sababli:Nisbiy atom massa – element atomi massasini 12С (uglerod-12) atomi massasining 1/12 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.Elementlaming nisbiy atom massalari* Ar bilan belgilanadi, bunda indeks r — inglizcha relative ,,nisbiy“ so‘zining bosh harifidir. Ar (H), Ar (О), Ar (C) yozuvlar vodorodning nisbiy atom massasi, kislorodning nisbiy atom massasi va uglerodning nisbiyatom massasini bildiradi.Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ʻ/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasi larining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng. Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. Agar biror gazning molyar massasini birlik uchun qabul qilsak (odatda, uglerodning 1/12 mol massasi), gazlarning zichliklarini bilgan holda ularning nisbiy molyar massalarini hisoblab topish mumkin. 0,012 kg uglerodda nechta atom bo‘lsa, shuncha molekulaga ega bo‘lgan mazkur modda miqdori mol deyiladi. Bu holda Avogadro qonunini bunday ta'riflash ham mumkin: «Istagan moddaning bir moli tarkibida ayni bir xil sondagi molekulalar bo‘ladi». Bu son Avgoadro soni deb nom oldi. U 6,02·10-23 mol-1 ga teng. Avogadro soni turli usullar bilan aniqlanadi, ularning ba'zilari broun harakatish o‘rganishga asoslangan. Avogadro qonunining ikkinchi ta'rifi faqat gazlar uchungina emas, balki suyuqlik va qattiq jismlar uchun ham o‘rinlidir.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling