Daltonidlar va BERTOLLIDlar — oʻzgarmas tarkibli kimyoviy birikmalar (daltonidlar) bilan oʻzgaruvchan tarkibli kimyoviy birikmalar (bertollidlar)ni ifodalash uchun 1912— 14-yillarda N.S. Kurnakov kiritgan terminlar. "Daltonidlar" termini J. Dalton xotirasi uchun, "bertollidlar" termini esa K.L. Bertolle xotirasi uchun taklif etilgan. Odatdagi kimyoviy birikmalarning koʻpchiligi daltonidlardir; ularning tarkibi tarkib doimiyligi qonuniga va karrali nisbatlar qonuniga javob beradi. Metall tizimlarda, shuningdek, oksidlar, sulfidlar, karbidlar, gidridlar va b. oʻrtasida bertollidlar hosil boʻlish hodisalari kashf etilgan .
7Ekvivalentlar qonuni. Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalent molyar massalarini aniqlash usullari.
Moddaning ekvivalenti deb, uning 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy raksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.
Bir ekvivalent moddaning massasi ekvivalent massa, normal sharoitdagi hajm esa ekvivalent hajm deyiladi.Vodorodning ekvivalent massasi 1 g, ekvivalent hajmi
11,2 l. Kislorod uchun bu qiymatlar mos ravishda 8 g va 5,6 l bo’ladi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalari ularning ekvivalent massalariga tog’ri proporsionaldir.
m1| m2=E1|E Bunda m1 va E1- birinchi moddaning massasi va ekvivalent massasi;
m2 va E2 – ikkinchi moddaning massasi va ekvivalent massasi.
Elementning ekvivalent massasini hisoblash uchun uning atom massasini valentligiga bo’lish kerak. Tabiiyki, o’zgaruvchan valentli elementlarning ekvivalenti massalari ham o’zgaruvchandir.
Murakkab moddalarning ekvivalentlarini quyidagi formulalar asosida hisoblasa bo’ladi:
E oksid =M oksid/n×v. M- molyar massa . n va v – oksid hosil qiluvchi elementning soni va valentligi;
E kislota= Mkislota/n kislota . n- kislota kislotaning asosligi;
E asos= M asos/n×nasos. n-asos asosning kislotaligi;
Etuz= M tuz/nMe×vMe. n Me va vMe metall atomining soni va valentligi.
8 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchi va qaytaruvchilarning ekvivalent molyar massalarini aniqlash
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining turlari. Koeffitsientlar tanlashning ikki usuli: elektron balans usuli, ion elektron usuli. Oksidlanish-qaytarilish (redoks) sistemalarni yarim reaktsiya (xususiy reaktsiya) usulida ifodalash. Oksidlanish-qaytarilish potentsiali. Nerst tenglamasi. Metallarning elektro-kimyoviy kuchlanishlar qatori. Elektr toki ishtirokida hosil bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.
Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari elektronlarning atom, molekula yoki iondan ikkinchisiga o’tishi bilan xarakterlanadi. Bunda reaktsiyaga kirishayotgan komponentlarning birida elektronlar kamaysa, ikkinchisida elektronlar soni oshadi.
Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari muhim ahamiyatga ega.
oksidlovchi va qaytaruvchilarning ekvivalent molyar massalarini aniqlash.
9Nisbiy atom va molekulyar massa. Molyar massa. Avogadro soni, mol, molyar massa.
Do'stlaringiz bilan baham: |