Kimyo fanini o’qitishda laboratoriya ishlarining ijobiy tomonlari


Download 19.24 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi19.24 Kb.
#1402027
Bog'liq
2-SHo‘ba Yorqinjon Mamaziyayev Axmadjonovich


KIMYO FANINI O’QITISHDA LABORATORIYA ISHLARINING IJOBIY TOMONLARI


N.M.Kazimova Kimyo kafedrasi dotsenti
Yorqinjon Mamaziyayev Axmadjonovich talaba QDPI


Annotasiya
Ushbu maqolada maktabda kimyo o’qitishning nazariy saviyasini oshirish, uning amaliy mazmunini kuchaytirishdan iboraligini, kimyoviy tajribalarining ro’li esa har qachongidan ortgan tajribalarning bajarilishi va namoyish etilishi kimyo fanini o’qitishning muvaffaqiyatini ta’minlashning asosiy omillaridan biriga aylanganligi to`g`risida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Ta’lim jarayonida har xil tajribalar, laboratoriya ishlari, texnik vositalar va asbob-uskunalar bilan mashg’ulotlar o’tkaziladigan sharoitda kimyoviy-amaliy ko`nikmalarni shakllantirish zarurligi, o`quvchilarga qulay sharoitlarni yaratib berish kerakligiga e`tibor berilgan.
Kalit so`zlar: kimyoviy eksperiment, laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, ko’rgazmali vositasi.
Rеspublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon ko’plab sohalarda katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ta'lim sohasini islox qilishga doir Rеspublikamiz Prеzidеntining qator asarlarida, farmonlari bizga daturi amal bo’lmoqda [1].
Har bir o’quvchining bilimi eshitgani bilan kifoyalanmay, uni amalda bajarganda ko’proq esda saqlaydi. Shuning uchun o’rta maktablarda kimyo fanini o’qitishda kimyoviy tajribalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kimyoviy tajriba moddalar va reaksiyalar haqidagi bilim manbai bo’lib, o’quvchilarning bilimini, darsga bo’lgan qiziqishini oshirish shuningdek, kimyoviy bilimini amalda qo’llay olish tasavvurini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda kimyo fani katta yutuqlarga erishayotgan davrda Respublikamizda yoshlarining bilimga, yangilikka intiluvchanliklari juda yuqoridir. Shuning uchun maktabda kimyo o’qitishning nazariy saviyasini oshirish, uning amaliy mazmunini kuchaytirishdan iboratdir. Kimyoviy tajribalarining ro’li esa har qachongidan ortgan tajribalarning bajarilishi va namoyish etilishi kimyo fanini o’qitishning muvaffaqiyatini ta’minlashning asosiy omillaridan biriga aylangan [1,2].
Ta’lim jarayonida har xil tajribalar, laboratoriya ishlari, texnik vositalar va asbob-uskunalar bilan mashg’ulotlar o’tkaziladi. Bular o’quvchilarni atrofni o’rab olgan ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o’zgarishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash hamda tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilish muhim ahamiyatga ega.
O’rta maktabda kimyo asoslarini bilish vositasi bo’lgan eksperimentdan to’g’ri foydalanish kimyo o’qituvchiga birmuncha eng muhim ta’lim–tarbiyaviy vazifalarni muvaffiqiyatli xal qilish ya’ni:
a) o’quvchilarni moddalarning o’zi bilan va ularda bo’ladigan o’zgarishlar bilan tanishtirish - o’quvchilarga aniq va tushinarli bilim berish;
b) butun olamdagi moddalar bilan hodisalar orasidagi bog’lanishni ochib berish-o’quvchilarda ko’nikma va malaka hosil qilish;
v) hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlarning kimyoviy asoslarini tushintirib berish-o’quvchilarni politexnika saviyasini kengaytirish;
g) o’quvchilarda turmushda, kimyoviy laboratoriyalarda va kimyoviy ishlab chiqarishda bo’ladigan o’quv hamda malakalar hosil qilish, o’quvchilarni kelajakdagi kasblarini tanlab olishga bir qadar tayyorlashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar va eksperiment maktab kimyo kursida o’quvchilarga asosiy tushunchalarni uch asosiy yo’nalishda – kimyoviy tarkib ta’limoti, kimyoviy tuzilish va kimyoviy jarayonlarda tushinish va ko’rish imkonini beradi.
Kimyodan eksperimental ishlar - bu o’rta maktablarda ilmiy dunyoqarash elementini shakllantirishda asosiy bo’g’in hisoblanadi [2].
Kimyoviy eksperimentning o’ziga xosligi shundaki, o’quvchilar bir tomondan muayyan, boshqa tomondan esa abstrakt tadqiqot ob’ektlarining to’qnashishidir. Laboratoriya ishlarida o’quvchi nafaqat fizik o’zgarishlarni tashqi sabablarini, balki, kimyoviy ob’ektini o’ziga xos tuzilishi va xossalarini o’rganadi. Laboratoriya va amaliy ishlar o’quvchilarda kimyoviy moddalar, jihozlar, kimyoviy reaksiyalarni olib borish kabi asosiy eksperimental ko’nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Eksperiment dasturining yaxlit tuzilishi eslab qolishgina emas, balki o’rganish ob’ektining prinsial masalalarini tushintirishga yo’naltirish kerak. Faqat shundagina o’quvchilar modda tuzilishi va xossalari orasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Kimyoviy eksperiment – kimyoviy o’qitishning muhim vositasi va metodidir. Eksperiment o’quvchilarni yangi bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki, o’z bilimlarini haqqoniyligini tekshirib ko’rish, o’quv materialini chuqurroq tushinish imkonini beradi. U hayot bilan bog’liqlikni amalga oshirish, o’quvchilarni kelajakda amaliy faoliyatga tayyorlashi imkonini beradi. Kimyoviy eksperimentlardan kimyo darslarida foydalanish masalalari metodik olimlar tomonidan yaxshi o’rganilgan. Bugungi kunda masalaga qiziqish yanada ortmoqda. Bu birinchi navbatda o’quv predmeti mazmuni keskin o’zgarishi bilan bog’liq. Maktab kimyo eksperimenti- namoyishli va o’quvchilar tomonidan bajariladigan ishlarga bo’linadi.
O’quvchilar eksperimentni tashkil etish maqsadi va uslubiga ko’ra laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar va uy tajribalariga bo’linadi [2,3].
Namoyishli tajribalar dasrning asosiy ko’rgazmali vositasidir. Bu kimyo fanining eksperimental fan ekanligini bildiradi. Shuning uchun eksperiment asosiy o’rinlardan birini egallaydi. U nafaqat dalillarni aniqlash, balki kimyo fani metodlari bilan tanishish imkoniyatini beradi. Namoyishli tajribani o’qituvchi yoki laborant olib boradi. Ayrim hollarda murakkab bo’lmagan eksperiment o’quvchilar tomonidan ham ko’rsatilishi mumkin.
O’quvchilar eksperimenti laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlarga bo’linib, ular didaktik maqsadlariga ko’ra farqlanadi.
Kimyodan laboratoriya ishlari o’quvchilarni emotsional irodaviy, aqliy, ichki bilimlarini faol qo’llay olish usulidir. Bunda o’qituvchi yana bir masalaga e’tibor berishi lozim. O’quvchi emotsional imkoniyatlari darajasidagi topshiriqlarnigina namoyish qila oladi.
Laboratoriya maqsadi - yangi bilimlarni o’zlashtirishdir. Amaliy mashg’ulotlar odatda o’rganilayotgan mavzu bob oxirida olib borilib, ularning maqsadi - o’quvchilarning nazariy va amaliy faoliyat ko’nikma va malakalarni takomillashtish, umumlashtirishdan iborat. O’quvchilar tomonidan eksperiment olib borish o’qitish nuqtai nazardan quyidagi bosqichlarda borishi kerak:

  1. Tajriba maqsadini anglash.

  2. Moddalarni o’rganish.

  3. Tayyor jihozdan foydalanish yoki uni yig’ish.

  4. Tajribani bajarish.

  5. Natijalar analizi.

  6. Olingan natijalarni tushintirish, reaksiya tenglamalarini tuzish.

  7. Hulosalar keltirib chiqarish va hisobot tuzish.

Laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar yoki o’quvchi eksperimenti kimyo o’qitishida muhim rol o’ynaydi.
Laboratoriya ishlari - o’qitish metodi bo’lib, unda o’quvchilar o’qituvchi boshchiligida va oldindan belgilangan reja asosida ma’lum amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Tashkiliy shakliga ko’ra laboratoriya ishlari individual guruhli va jamoaviy bo’ladi. Laboratoriya ishlari yangi o’quv material o’rganishda o’tkaziladi. Ishni bajarish uchun boshlangan vaaqt etishi uchun laboratoriya ishini puxta tashkillashtirish, reaktiv va jihozlar tayyor bo’lishi kerak.
Laboratoriya ishlarining kamchiligi – yangi materialni o’rganishda olib borilib, u yordamida amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish qiyin kechadi. Bu masalani amaliy mashg’ulotlar echishga yordam beradi.
Ko’nikma va malakalarni rivojlantirishda amaliy mashg’ulotlarga katta e’tibor berishi kerak. Ular 7-sinfdanoq olib borilib, amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Amaliy mashg’ulotlar yo’riqnomasi o’quvchi uchun tahminiy ishni bajarishga asos bo’lib hizmat qiladi. Kimyo o’qitishning dastlabki bosqichida batafsil yozilgan yo’riqnomaladan foydalanadi.
Amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirgan sari yo’riqnomar qisqaroq tuziladi. Eksperimental masalalarda yo’riqnomalar yo’q, ularda faqat shartlar bor xolos. Masalani yechish rejasi va uni amalga oshirishni o’quvchi o’zi mustaqil bajaradi. Har qanday amaliy mashg’ulotlar boshlanishida o’qituvchi o’quvchilarni kimyo kabinetida ishlash, texnika havfsizlik qoidalari bilan tanishtiradi, murakkab mashg’ulotlar bajarishga e’tiborini qaratadi. Birinchi amaliy mashg’ulot o’tkazishda o’qituvchi hisobotni taxminiy shaklini ko’rsatadi, o’quvchilarga taxminiy hulosa chiqarishga yordam beradi. Eksperimental masala yechishga tayyorligi bosqichli boradi. Dastlab masalalar sinf bilan nazariy yechiladi. Buning uchun masala sharti analiz qilinadi, savollar javoblar bilan asoslanadi, tajribalar taklif etiladi. So’ngra bir o’quvchi masalani doskada nazariy yechadi, o’zining takliflari to’g’riligini eksperimental tarzda isbotlaydi. So’ngra butun sinf shunga o’xshash masalani o’z ishi o’rinlarida bajarishga o’tadi [4,5].
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. N.Rahmatullayev, H.Omonov. Kimyo o`qitish metodikasi.2013 y.

  2. N.Azizxo`jayeva. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya.2021 yil.

  3. Asqarov I.R, To’xtaboyev H.X, G’opirov K.G’. 9- sinf. Metodik qo’llanma. – Toshkent. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2010 y.

  4. www. tdpu. uz

  5. www. pedagog. uz.

Download 19.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling