Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari
Xom ashyo, sanoatda qayta
Download 103 Kb.
|
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org
Xom ashyo, sanoatda qayta
ishlovdan o`tmagan tabiiy moddalardir. Biror – bir ishlab chiqarish uchun xom ashyo, yarim fabrikat, oraliq mahsulot, yarim mahsulot (asosiy material) qo`shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar, dastlabki ashyo bo`lishi mumkin . Yarim fabrikat bu tabiiy xom ashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida olingan materialdir. Oraliq mahsulot deb, xom ashyo yoki yarim fabrikatdan olingan individual moddalarga aytiladi. Qaysiki, u ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo bo`lib xizmat qilishi mumkin. Qo`shimcha mahsulot deb korxonada ishlab chiqarish jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo`shimcha reaksiyalar natijasida hosil bo`lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xom ashyo deb, o`z xizmat muddatini o`tab bo`lgan narsalarga va materiallarni – sanoatda ishlov berganda hosil bo`ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u chiqindilarni sanoatda qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy foydalidir. Tayyor mahsulot deb xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan jo`natiladigan moddalar yoki materiallarga aytiladi. Chiqindi deb, texnologik taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini topmagan tashlandiq moddalar yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo`lishlar, albatta, nisbiydir. Masalan, nitrat kislota, shu kislotani ishlab chiqarish korxonasining tayyor mahsuloti bo`lsa, o`g`it ishlab chiqarish korxonasining esa dastlabki ashyosi hisoblanadi. Xom ashyo turlari va sinflanishi. Kimyo sanoatining xom ashyosi turli belgilariga ko‘ra sinflarga: - kelib chiqishiga ko‘ra: tabiiy (minerallar, o‘simliklar va hayvonlar) va sun’iy (koks, sanoat gazlari, sun’iy tolalar va hokazo); - agregat holatiga ko‘ra: qattiq (minerallar,rudalar, ko‘mir, yog‘och); suyuq (suv, neft, tuz eritmalari); gazsimon(havo va gazlar); - kimyoviy tarkibiga ko‘ra: organik va noorganik; - ishlatilishiga ko‘ra: ozuqali va texnikaviy turlarga bo‘linadi. - Manbasiga ko’ra: tiklanadigan va tiklanmaydigan Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling