Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Xom ashyoni kompleks foydalanish va chiqindisiz texnologiya


Download 103 Kb.
bet12/12
Sana30.01.2024
Hajmi103 Kb.
#1808810
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

Xom ashyoni kompleks foydalanish va chiqindisiz texnologiya. 
Xom ashyoni kompleks foydalanish xalq xo`jaligining eng muhim
vazifalaridan biridir. XX asrdagi ilmiy-texnika revolyutsiyasi insoniyatning kam
mablag` sarflab juda ko`p miqdor tabiiy resurslarni olish imkoniyatini tug`dirdi.
Hozirgi davrda dunyo sanoati 25 mlrd.t. tog` jinslarini qayta ishlamoqda. Ammo,
uning atigi 2 % i tyyor mahsulotga aylantirilib qolgan 98 % dan ko`prog`i bekorchi
jins sifatida tashlab yuborilmoqda. Bu holat insoniyat oldiga global muammolarni
qo`ydi. Birinchi navbatda, tabiiy resurslarning tugab qolish xavfini va sanoat
chiqindilarining atrof-muhitga xavfli ekologik ta’siri muammosi ko`ndalang bo`lib
qoldi. Bu muammo ishlab chiqarishga chiqindisiz texnologiyani qo`llash bilan hal
qilinishi mumkin. Qaysikim, u tabiiy resurslardan va energiyadan ratsional
foydalanish, hamda atrof-muhitni himoya qilish imkoniyatini beradi. Chiqindisiz
texnologiyani amalga oshirishning asosiy yo`li bu xom ashyoni kompleks qayta
ishlash hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi u yoki bu
sabablarga ko`ra to`liq yoki umuman foydalanilmayotgan, ammo foydalansa
bo`ladigan moddalardir.
Bunga apatit – nefelini kompleks foydalanish sxemasini misol qilib ko`rsatish
mumkin (10-rasm).
Xibin koni apatit-nafelinli mineral tarkibida 13 % apatit, 30-40 % nafelin, 9,4
% egirin, 2,2 % titanomagnetit, 2,5 % sfen va boshqa qo`shimchalari bor. Bu xom
ashyo maydalanadi, flotatsiya usulida apatitli kontsentrat va nafelinga ajratiladi.
Apatitni sulfat kislotali usul bilan qayta ishlanganda 90 % fosfor 50 % ftor va


fosfogipening bir qismi foydalaniladi. Nitrat kislotali usulda siyrak yern elementlari


va strontsiy ajratib olinadi. Nefelinli kontsentrat alyuminiy zavodlarida qayta
ishlanadi. U faqat alyuminiy korxonasi emas, balki bir vaqtning o`zida ham
metallurgiya ham kimyo ham tsement korxonasining xom ashyosi hisoblanadi.
Chunki 1 t glinazyom (Al
2
O
3
) olganda qo`shimcha sifatida 0,6 - 0,8 t.soda, 0,2 – 0,3
t. potash va 9 – 11 t. tsement olinadi.
Rangli metallurgiyada polimetall rudalarni kompleks qayta ishlash sohasida
katta yutuqlarga erishildi. Masalan: qo`rg`oshin-ruxli ruda qayta ishlanib 18 element
ajratib olinmoqda va 40 xil tovar mahsuloti tayyorlab chiqarilmoqda. Mis rudalarida
tarkibidagi 25 elementdan 21 tasi ajratib olinmoqda. Mis kolchedanini kompleks
foydalanish sxemasi 11-rasmda berilgan.
Bunda mis kontsentratini kuydirishda hosil bo`ladigan gazi (4-8 %) ushlab
olinib (ilgari atmosferaga chiqarilib yuborilar edi) sulfat kislota olish uchun
foydalanilmoqda. 1 t.mis olganda ajralib chiqqan SO
2
dan 10 t.gacha sulfat kislota
ishlab chiqarish mumkin.
Organik xom ashyolarni kompleks foydalanishga ham ko`pgina misollar
keltirish mumkin. Masalan, koksa kimyo ishlab chiqarish korxonasini olaylik, u
toshko`mirdan koks, aromatik uglevodlar, fenollar, naftalin, ammiak, piridinli
asoslar, vodorod va yuzlab boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil qilishda bir xom ashyodan
foydalanuvchi bir necha ishlab chiqarish korxonalarini quramalash (kombinirlash)
katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, rangli metallurgiya sanoati bilan kimyo sanoati
korxonalarini quramalash va kimyo – metallurgiya kobinetlari tashkil etish
hisoblanadi.
Chiqindisiz
ishlab
chiqarishda,
ayniqsa,
qurilish
korxonalarini
kooperatsiyalash muhimdir. Chunki kimyo zavodlari yoki metallurgiya zavodi
chiqindilari qurilish korxonalari uchun beton to`ldiruvchisi, g`isht xom ashyosi,
tsement xom ashyosi va avtomobil yo`llari uchun mustahkam qoplamalar qilishda
ishlatiladi.
8-§. Xom ashyo tanlash muammosi.


Kimyo fanining rivojlanishi bilan xom ashyo tanlash muammosi ilgari suriladi.


U insoniyatga har xil xom ashyo turlaridan kerakli mahsulotlar hosil qilish
imkoninn berdi. Siz kimyoning sanoatda qo`llanilishi bilan tanishar ekansiz,
hamma vaqt bu tanlash muammosiga duch kelasiz. Xom ashyo tanlashda asosiy
mezon iqtisodiy unumdorlikdir. Bunga bitta misol keltiramiz. 1932 yilda
Yaroslavl shahrida birinchi sintetik kauchuk zavodi ishga tushirildi. Bu va tez orada
ishga tushirilgan boshqa zavodlarda xom ashyo sifatida kartoshkani qayta ishlashda
hosil bo`ladigap mahsulot - etil spirt ishlatilardi. Undan katalitik parchalash
yo`li bilan monomer - 1, 3-butadiyen olinar edi. Tez orada bu spirt o`rniga gidroliz
va sintetik spirtlar qo`llanila boshladi, so`ngra esa spirt ishlatishdan umuman voz
kechildi.
Butadiyen va boshqa monomerlar yo`ldosh gaz va neft zavod gazlari
komponentlari — butan, butilen va boshqalardan olina boshlandi. Kauchuk ishlab
chiqarishning rivojlanishida to`rt yo`nalishda muvaffaqiyatlarga erishildi:
1) kauchuk ishlab chiqarishni amaliy jihatdan qulay bo`lgan katta xom ashyo
resurslari bilan ta’minlash;
2) zavodlarni ko`p sonli neft va quvrlar qurish bilan iste’molchilarning
talablariga muvofiq joylashtirish imkoniyati;
3) turli tarkibga, shu jumladan, xususan qimmatli xossa larga ham ega
kauchuklar ishlab chiqarish imkoniyati;
4) kauchuklar va ular asosidagi mahsulotlarning keskin arzonlashuvi.
Keltirilgan misollar kimyoviy ishlab chiqarishning umumiy qonuniyatini — eng
oddiy va shu bilan birga, eng qulay xom-ashyo turlaridan: tabiiy yonuvchi
gazlar, neft, suv va havodan kimyoviy har xil va juda murakkab mahsulotlar
olish mumkinligini ko`rsatadi.
9-§. Havo — eng muhim kimyoviy xom ashyo
Qanday mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida havo yoki undan
ajratib olinadigai kislorod va azotdan fondalaniladi?
Havo va suvdan foydalanishga oid masalalar kitobning oldingi bo`limida bayon
etilgan; chunki, birinchidan xom ashyoning bu turlari juda ko`p kimyoviy
ishlab chiqarishlarda ishlatilishi aniq. Ikkinchidan biz yer yuzida havo va suv
qoldiqlari cheksiz, u bizning deyarli ishtirokimizsiz tabiat tomonidan
berilaveradi va shuning uchun uni tejamasdan ishlatish mumkin deb noto`g`ri
o`ylashga o`rganib qolganmiz. Keyinroq bu fikrning xato ekanligiga ishonch hosil
qilamiz. Yer atmosferasida kislorod miqdori cheksiz bo`lmasada, ko`p. U yoqilg`i
qazilmalari kabi fotosintez mahsulotidir. Atmosferada kislorodning miqdori
kamayib ketishi ehtimoldan uzoq bor narsa. Lekin havoning, yoqilg`ilarning
yonish mahsulotlari va kimyoviy chiqindilar bilan zaharlanishi — hozirgi kunda
insoniyatga muqarrar xavf solmoqda. Havoning ifloslanishi undan kimyoviy
xom ashyo sifatida foydalanishda katta qiyinchiliklar tug`dirmoqda. Havo
umuman olganda, tekin xom ashyo emas. Uni yaxshilab tozalash va tashish uchun
energiya sarflash kerak. Sulfat, nitrat va fosfat kislotalar ishlab chiqarishda


oksidlovchi reaktsiyalar o`tkazishda havo keng qo`llaniladi. n - butanni oksidlab


sirka kislota, n-parafinlardan (S 10 — S 20 ) — spirtlar - yuvuvchi moddalar
ishlab chiqariladigan xom ashyo, etilendan — etilen oksidi va atsetaldegid,
alkilbenzollardan — osongina fenol va atseton olish mumkin. Bu reaktsiyalarning
deyarli hammasi katalitikdir.Demak, jarayonda qo`llaniladigan havo
katalizatorlarni zaharlovchi moddalardan, jumladan changdan, namdan
tozalangan bo`lishi kerak. Havo—kislorod, azot, neon, argon va boshqa gazlar
olinadigan xom ashyo bo`lib, bo`lardan kislorod bilan azot hozirgi vaqtda kimyo
sanoatida juda muhim rol o`ynaydi. Havo o`rniga kisloroddan foydalanish
ishlab chiqarish jarayonlarini ancha tezlashtiradi. Havodan kislorod ajratib olish
jarayonining nazariyasi juda puxta ishlab chiqilgan va saioatda kislorod hosil
qilishning barcha usullarini qiyosiy baholashga yordam beradi.
Takomillashgan apparatlar yaratilgan, katta quvvatga ega agregatlar qurilmoqda.
Kislorod bilan bir vaqtda azot va boshqa moddalar ham olinmokda, bu iqtisodiy
jihatdan foydalidir. Shunga qaramasdan havoni ajratish uchun energiya ancha ko`p
sarf bo`lgani uchun sanoatda kislorod ko`p ishlatilmaydi. Biroq, energiya sarfini
kamaytirish hisobiga kislorodning tannarxini sekin-asta arzonlashtirish va
kisloroddan keng foydalanish mumkin.

http://hozir.org




Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling