Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari
Qattiq xom ashyoni boyitish
Download 103 Kb.
|
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org
3.3 Qattiq xom ashyoni boyitish.
Har qanday tabiiy xom ashyo qazib olingach tarkibida foydali mineraldan tashqari ma’lum miqdorda foydasiz yoki u qadar ahamiyatga ega bo`lmagan hatto zararli bo`lgan begona aralashmalar – “bekorchi jinslar” ham uchraydi. Masalan: qattiq xom ashyolarda: kremnizyom, ohaktosh, tuproq, turli sulfidlar, temir, suyuqliklarda qattiq zarrachalar, suv, suvda erigan tuzlar: gazlarda – vodorod sulfidi va boshqalar bo`ladi. Kimyoviy ishlab chiqarishlarda, mahsuldorlikni oshirish, tayyor mahsulot sifatini yaxshilash, energetik va boshqa sarfiyotlarni kamaytirish jarayonini intensivlash maqsadida kontsentrlangan xom ashyo ishlatishga harakat qilinadi. Buning uchun xom ashyo boyitiladi, ya’ni uning tarkibidagi foydali tarkibiy qismining miqdori oshiriladi. Xom ashyo u qazib olingan joyda, maxsus boyitish korxonalarida boyitiladi. Bu holat ortiqcha transport harakatlarini (tashish, ortish, tushirish) tejaydi. Xom ashyolarni agregat holatlariga qarab ularni boyitishning turli usullari qo`llaniladi. Tog` jinslari (rudalar) boyitishdan ilgari zarrachalari (kristallari) orasidagi bog`larni buzish uchun maydaladi, zarur bo`lsa suvsizlantiriladi. Maydalashni shartli ravishda: dag`al maydlash yoki tuyish va unday maydalash yoki kuknlashtirishga bo`lish mumkin. Tuyish maxsus tuyuvchi mashinalarda olib boriladi. Tuyilgan jins bo`laklarining kattaligi bir millimetrdan katta bo`ladi. Kukunlashtirish esa, tegirmonlarda amalga oshiriladi va bo`lakchalarining kattaligi to 0,1 mikrongacha bo`ladi. Tuyish har doim quruq holda olib boriladi. Kuknlashtirish esa, yo quruq yo ho`l usulda amalga oshiriladi. Barcha maydalovchi mashinalarni (2-rasm) maydalash usuliga qarab 6 tipga bo`lish mumkin: 1) Jag`li maydalagich mashinaning asosiy ish organlari vazifasini qo`zg`almas va qo`zg`aluvchan yassi qismlar bajaradi. Xom ashyo qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas yassi qismlar oralig`ining yuqori tomonidagi bo`shliqqa beriladi, bunda xom ashyo qo`zg`aluvchan yassi qismning tebranma harakati ta’sirida tuyiladi. Maydalangan zarrachalar pastki tor tirqish orqali tashqariga chiqariladi. 2) Konusli tuyish mashinalari bir – biriga nisbatan ekstsentrik (umumiy markazga ega bo`lmagan) holatda aylanadigan ikkita konuslar oralig`ida xom ashyoni sikish, ezish printsiplari yordamida maydalashga asoslangan. 3) Valkli maydlagich, bunda ikkita tsilindrsimon aylana valklar bo`lib, ulardan biri qo`zg`almas ikkinchisi esa, harakatlanuvchi valkdir, ashyo valklar orasida qisilib maydalanadi. 4) To`qmoqli maydalagich, urib maydalashga asoslangan. 5) Sharli maydalagich (tegirmon) maydalovchi jismlar (metall yoki kvartsdan tayyorlangan sharlar) bilan qisman to`ldirilgan barabandan iborat. Barabanning aylanishi paytida ishqalanish kuchi ta’sirida sharlar baraban bilan birga harakat qilib ma’lum balandlikka ko`tarilgandan so`ng erkin tushib ashyoni zarba kuchi va yeyilish natijasida maydalaydi. Yirik va o`rtacha kattalikda maydalash uchun yassi yuzali va konusli maydalagich hamda valkli tegirmondan foydalaniladi. Maydalangan tog` jinslari fraktsiyalarga ajratiladi va ruda tarkibidagi foydali komponentlardan birining miqdori turli usullar yordamida ko`paytiriladi. Shunday yo`llar bilan boyitilgan ruda – kontsentrat deb ataladi, qolgan foydalanilmaydigan, “bekorcha jinslar” esa, qoldiq yoki chiqindi deb ataladi. Qattiq xom ashyoni boyitish uchga: mexanik, kimyoviy va termik usullarga bo`linadi. Mexanik boyitish usulii xom ashyo tarkibiga kirgan liniyalarning turli fizikaviy va fizik kimyoviy xossalariga asoslanadi. Mexanik boyitish usuligaiga: navlarga ajratish, gravitatsion ajratish, elektromagnitli va elektrostatikli separatsiya hamda flotatsiya usullari kiradi. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling