Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Download 103 Kb.
bet8/12
Sana30.01.2024
Hajmi103 Kb.
#1808810
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

Ho`l usulda boyitish
, asosan, suv oqimida tindirgich sistemalari, shag`al
yuvgichlar, gidravlik saralagich, kontsentratsion stol, cho`ktiruvchi mashinalar va
gidrotsiklonlar yordamida olib boriladi. Cho`ktiruvchi mashinalarda boyitish, eski
usullardan biri bo`lib, temir rudalari, toshko`mir, qalay, volframli va boshqa
rudalarni, oltin, kumush, platina, olmos, saqlovchi qumlarni boyitishda keng
qo`llaniladi. Ho`l usulda boyituvchi cho`ktirish mashinasining sxemasi 5-rasmda
berilgan. Maydalangan material aralashgichi bo`lgan bakda suv bilan aralashtirilib
pulpa (qattiq materialning suyuqlikdagi kontsentrlangan aralashmasiga pulpa
deyiladi) hosil qilinadi. Pulpa vertikal to`siqlar bilan to`silib uch cho`ktirish
bo`lmasiga ajratilgan tindirgichga quyiladi. Eng katta va og`ir zarrachalar tez
cho`kkanligi uchun birinchi bo`lmaga cho`kadi, o`rtachasi ikkinchi va yengil
zarrachalar uchinchi bo`lmachaga cho`kadi. Nihoyat, eng yengil va mayda
zarrachalar suv bilan tindirgichdan chiqib ketadi. Bo`lmalar sonini ko`paytirish bilan
xoxlagancha fraktsiyalarga ajratib olish mumkin. Elektromagnitlik boyitish usuli
paromagnitli yoki ferromagnitli ashyolarni diamagnitli materiallardan ajratishda
qo`llaniladi. Masalan: magnit temirtosh (Fe
3
O
4
), xromitli temirtosh (Fe • Cr
2
O
3
) va
boshqa magnitga tortiluvchi minerallarni bekorchi jinslardan ajratishda.
Elektromagnitli separator 6-rasmda berilgan. Xom ashyolarni maydalashdan oldin
unga aralashib qolgan po`lat siniqlarini ajratish uchun ham foydalaniladi. Aks holda,
maydalagichlarga tushib qolsa, ularni sindirishi mumkin.
Elektrostatikli 
boyitish
usuli
materiallarni
turlicha
elektr
o`tkazuvchanligidan foydalanib ajratishga asoslangan. Masalan, temir kolchedoni
bilan mis kolchedoni (xalkopirit – CuFeS
2
), qo`rg`oshin yaltirog`i, tugma metallar
saqlovchi rudalarni dielektrik jinslardan, masalan ohaktosh, gips, qum, silikat va
boshqalardan ajratishda foydalaniladi. Uning ishlash printsipi ham elektromagnitli
separatorga o`xshaydi. Ammo elektrostatik separatorlarga magnit o`rniga elektrod
o`rnatilgan bo`ladi va elektrod manfiy qutbi bilan toq to`g`rilagichga ulangan
bo`ladi. Elektrni yaxshi o`tkazuvchi zarrachalar manfiy zaryadlanib bunkerdan
itariladi va boshqa yig`gichga tushadi. Dielektriklar esa bunkerga tushadi.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling