Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


O`simlik va hayvon ashyolari ishlatish sohasiga qarab ikkiga: oziq-ovqat


Download 103 Kb.
bet4/12
Sana30.01.2024
Hajmi103 Kb.
#1808810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

O`simlik va hayvon ashyolari ishlatish sohasiga qarab ikkiga: oziq-ovqat 
va texnik ashyolariga
bo`linadi.
Oziq-ovqat ashyolariga
, asosan, ozuqa sifatida
iste’mol qilinadigan (kartoshka, lavlagi, sut, g`alla, o`simlik, hayvon va baliq
yog`lari va boshqalar) mahsulotlar kiradi.
Texnik ashyolar
ga esa, oziq-ovqat sifatida ishlatishga yaroqsiz bo`lgan,
ammo kimyoviy va mexanik ishlov berilgach, turmush va sanoatda, texnik
maqsadlarda ishlatish mumkin bo`lgan ashyolar kiradi. Masalan: paxta, yog`och,
yog`och smolasi, somon, zig`ir poyasi, nasha poyasi (kanop), hind kanopi, charm,
jun, mo`yna, ba’zi o`simlik va hayvon yog`lari (hind kanopi moyi, tung moyi – tung
daraxti mevasidan olinadigan moy, kit, treska baliqlari yog`i turli kunjara, hayvon
suyaklari va boshqalar). Ammo bunday texnik va oziq-ovqat ashyolariga bo`lish bu
nisbiydir. Chunki ba’zan oziq-ovqat ashyolari texnik maqsadlarda va aksincha,
taxnik ashyolar, oziq-ovqat maqsadida ishlatilishi mumkin. Masalan: ba’zi oziq-
ovqat yog`lari qayta ishlanib ulardan sovun, olif va kosmetika vositalari olinadi.
Texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuq-ovqatli xom ashyolarni 
noozuq-ovqat xom ashyosi bilan almashtirish.
Hozirgi zamonning asosiy maqsadi texnika maqsadlar uchun ishlatiladigan
ozuq-ovqatli xom ashyolar miqdorini keskin kamaytirish masalasini qo`yib
kelmoqda.
Kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari muhim texnika xo`jalik
mahsulotlarini noozuq-ovqatsiz xom ashyolardan olishga imkon beradi.
Bunday xom ashyolar sifatida toshko`mir, torf, slanes, neft, tabiiy gazlar,
yog`och, o`simlik va qishloq ho`jalik mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda.
Masalan, sovun, sintetik yuvish mahsulotlari, to`qimachilik sanoati
mahsulotlari, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, charm sanoatida, korroziyaga
qarshi kurashishda, metallarni silliqlashda, metallarni qirqishda sovitgichlar sifatida
har yili bir necha yuz ming tonnalab qimmatbaho ozuqali moylar ishlatiladi.
Sanoatning 150 dan ortiq tarmog`ida keng miqyosda foydalaniladigan etil
spirtini ishlab chiqarish uchun ham juda ko`p yuqori sifatli don va kartoshkalar
ishlatiladi. Xuddi shu singari sanoatda un, kraxmal, sut kabi mahsulotlar texnika
maqsadlari uchun ishlatiladi.
Masalan,yog`sizlangan sut tarkibida 3-4 % kazein bor. Bundan sanoat
miqyosida kazein kleyi olinadi va holanki bulardan yaxshi pishloq olish mumkin
edi.
Kraxmal to`qimachilik sanoatida, rezina va kimyo sanoatida, quduqlar
qazishda, loyli eritmalarga ishlov berishda, gugurt sanoatida, elektrodlar olishda
keng qo`llaniladi.
Hozir sanoatda kraxmal, poliakrilamid, hamda sellyulozaning suvda eriydigan
efirlari karboksilmetilsellyuloza (KMS) bilan muvaffaqiyatli almashtirilgan. SHu
bilan birga KMS, ko`p miqdorda kraxmal o`rnida, to`qimachilik, qog`oz va gugurt
sanoatida ozuqli un o`rnida ishlatilmokda.


Hozir etilendan va yog`ochdan olinayotgan (har yili 800 million tonna) sintetik


etil spirti tarkibi va sifati jihatidan ozuqli xom ashyolardan olinadigan etil spirtidan
farq qilmaydi va shu bilan birga ancha arzonga tushadi.
Shuning kabi gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlaridan sirka kislota, gliserin
va yog`lar ishlab chiqarilmoqda.
Mahsulotlarni bu yo`l bilan ishlab chiqarishda ko`p miqdorda ozuqli xom
ashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi
birmuncha arzonlashadi.
Umuman texnikaning nihoyatda tezlik bilan rivojlanishi yangidan yangi
materiallarni, shuningdek yangi xom ashyo materiallarini qidirib topish masalasini
qo`yadi, bu masala asosan olti yo`l bilan amalga oshiriladi:
1. Iloji boricha arzon xom ashyolarni qidirib topish va ishlatish (gaz va neft).
2. Xom ashyodan kompleks foydalanish (xom ashyodan chiqindi
chiqarmaslik).
3. Konsentrlangan xom ashyo va mahsulotlar ishlatish.
4. Juda toza xom ashyolar ishlatish.
5. Texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuqli xom ashyolarni ozuqsiz xom
ashyo bilan almashtirish.
6. Imkon darajasida mahalliy xom ashyolardan foydalanish.
Ishlab chiqarishning texnologiyasi, uning iqtisodi, mahsulotning sifati ko`p
jihatdan xom-ashyoga bog`liq. Ma`lumki, qo`llanilayotgan xom ashyoni narxi
umumiy harajatlarning 70-80% ni tashkil qiladi. Ko`pgina birikmalar va materiallar
ishlab chiqarish uchun sarflangan xom ashyo miqdori ancha yuqoridir.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling