Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalari
Download 133.66 Kb.
|
Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik almashinish
Filtrlash (kimyoda) — suyuklik yoki gazni oʻtkazib, qattiq jismlarni tutib qoladigan filtrlovchi toʻsiq yordamida suspenziyalar yoki aerozollartl. ajratish jarayoni. F. maxsus qurilma — filtrda amalga oshiriladi. iltrlash natijasida to’siqda ushlanib qolgan mahsulot cho’kma, to’siqdan o’tgan suv filtrat deyiladi.Filtrlash jarayonining boshlang’ich davrida suyuqlik faqat g’ovak to’siqdan o’tadi, keyinchalik to’siq, yuzasiga cho’kma o’tirgandan so’ng u cho’kma qatlamidan ham sizib o’tishi kerak.Jarayon davomida cho’kma qatlami qalinlashib boradi: shunga mutanosib suyuqlikning sizib o’tishiga qarshiligi ortib boradi.Cho’kma qalinligi ma’lum darajaga etganda filtr yuzasiga bo’tana berish to’xtatiladi. Hosil bo’lgan cho’kma qatlami orqali havo o’tkazilib, u quritiladi. So’ngra filtr yuzasidan cho’kma olib tashlanadi va jarayon qaytariladi, hozirda filtr dastgohlarda filtr yuzasiga bo’tana berish, cho’kmani to’plash, uni quritish, ajratib olish kabi ishlar tartib bilan avtomatik bajariladi.
6. Sentrafugalash. Emulsiyadagi suyuqlik tomchilarni va suspenziyadagi qattiq modda zarrachalarini markazdan qochma kuchlar maydonida ajratib olish jarayoni sentrifugalash deyiladi. Sentrifugalash jarayoni sentrifugalarda amalga oshiriladi.Sentrifugalarning asosiy qismi gorizontal yoki vertikal o‘qqa joylashgan katta tezlikda aylanuvchi baraban bo‘lib, u elektr dvigatelp yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suspenziyadagi qattiq modda zarrachalari cho‘kmaga tushib, suyuq fazadan ajraladi. Suyuq faza fugat deyiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma baraban ichida qolib, suyuq faza esa ajratib olinadi.Turli jinsli aralashmalarni ajratish prinsipiga ko‘ra sentrafugalar ikki turga bo‘linadi:1. Filtrlovchi sentrifugalar2. CHo‘ktiruvchi sentrifugalar 7. Issiqlik almashinish jarayonlari Issiqlik almashinish, issiqlik uzatish—issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi kaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan boglik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. I. a. issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. I. a. da suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. I. a. nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasishtt na-zariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ Kozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda I. a. hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz I. a. yuz berib turadi. I. a. ning nazariy va amaliy masa-lalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi. 8. Modda almashinish jarayonlari. Molekulyar va turbulent diffuziyalar Download 133.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling