Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalari
Download 133.66 Kb.
|
Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy texnologiya
Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalari Texnologiya so’zi – yunoncha so’z bo’lib, ikki ildizdan, ya‘ni 1-texnos - «san‘at va kasb» degan ma‘noni bildiradi. Logiya esa – bilim, fan demakdir. Shunday qilib, texnologiya-bu kasbning sirlarini o’rgatuvchi fanlardan biridir. Texnologiya xom ashyolarni turli xalq iste‘mol buyumlariga va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jarayonlarini o’rgatuvchi fandir. Texnologiyani 2 turga bo’lish mumkin: 1-mexanik texnologiya; 2-kimyoviy texnologiya. Kimyoviy texnologiya moddaning shakligina emas, balki uning butun xossalari va tarkibi o’zgarishi mumkin. shunday qilib, kimyo texnologiyasi kimyo reaktsiyalari o’tishi bilan borgan jarayonlarni o’rganadi. Birorta xom ashyodan mahsulot olish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat. Ushbu bosqichlar (masalan: xom ashyoni boyitish, maydalash, ajratish, kuydirish va x.k.) texnologik operatsiyalar deb ataladi. Texnologiyani asosiy vazifalaridan biri ana shu optimal qulay texnologik tizimlarni yaratishdan iborat. 2. Kimyoviy texnologik jarayon va uning elementlari, texnologik jarayonlar tezligi va reaksiya tezligini oshirish usullari Kimyoviy texnologiya - tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy Kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya anorganiq moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va boshqa sanoati) va organiq moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organiq kislotalar va boshqa sanoati)ga boʻlinadi. 3. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. Kimyo sanoatida mahsulot ishlab chiqarish uchun qo'llaniladigan jarayonlar turli xil bo'lib, unda turli agregat holatli xom ashyo, turli ko'rinishli energiya, agressiv va korrozion aktiv moddalar qo'llaniladi. Bu jarayonlarni boshqarish uchun parametrlarini tanlashda yuqori darajada aniqlik, boshqarishni avtomatlashtirish talab etiladi. Kimyoviy texnologiya jarayonlari kinetik qonuniyatlarga, borish xarakteriga ko'ra 5 guruhga bo'linadi: - gidromexanik jarayonlar, tezlik gidravlika qonuniyatlari asosida aniqlanadi; - issiqlik jarayonlari, tezlik issiqlik uzatish qonuniyatlari asosida aniqlanadi; - massaalmashinish (diffuzion) jarayonlari, tezlik massauzatish qonuniyatlari asosida aniqlanadi; - mexanik jarayonlar; - kimyoviy jarayonlar, tezlik kimyoviy kinetik qonuniyatlari asosida aniqlanadi. Kimyoviy texnologiya jarayonlari tashkiliy-texnik tuzilishga ko'ra davriy va uzluksiz jarayonga bo'linadi. Davriy jarayon deb jarayonni barcha bosqichlari bir joyda olib borilishiga aytiladi, ya'ni bosqichlar xom ashyoni yuklash, jarayonni olib borilishi va tayyor mahsulotni chiqarib olish bitta qurilmada, lekin turli vaqtda amalga oshiriladi. Uzluksiz jarayon uchun jarayonni barcha bosqichlari bir vaqtda turli qurilmada amalga oshiriladi. 4.Turli jinsli sistemalar ularni ajratish usullari. Samarali ajratish usullarini tanlash paytida turli jinsli sistemalarni tashqil etuvchi fazalar holati, ularning oʼlchamlari, zichliklari oʼrtasidagi farq va muhitning qovushqoqligi eʼtiborga olinadi.Turli jinsli sistemalarni ajratish uchun qoʼyidagi gidromexanik usullardan foydalaniladi:- choʼktirish;- filtrlash;- sentrifugalash;- suyuqlik yordamida ajratish.Ogʼirlik kuchi, inertsiya kuchlari, jumladan markazdan qochma kuch va elektrostatik kuchlar taʼsirida suyuq va gaz sistemalari tarkibidan suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarini ajratib olish usuli choʼktirish deb yuritiladi. Аgar choʼktirish ogʼirlik kuchi taьsirida amalga oshirilsa, bu jarayon tindirish deyiladi va undan birlamchi ajratish uslubi sifatida foydalaniladi.Suyuq va gazsimon aralashmalarni gʼovak strukturali material (filtrlovchi material) yordamida ajratish filtrlash deb ataladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish paytida suyuqlik va gaz filtrlovchi material gʼovaklari orqali oʼtadi, qattiq modda zarrachalari esa material yuzasida ushlanib qoladi. Filtrlashjarayoni asosan suspenziya va changlarni bosim ostida yoki markazdan qochma kuch taьsirida toʼla tozalash uchun qoʼllaniladi.Suspenziya va emulьsiyalarni markazdan qochma kuchlar taьsirida, yaxlit yoki gʼovakli toʼsiqlar yordamida ajratilsa, bu jarayon sentrifugalash deb ataladi. Ushbu jarayon paytida choʼkma (qattiq faza) va fugat (tiniq suyuqlik fazasi) hosil boʼladi Suyuqlik yordamida ajratish usuli asosan gazlar tarkibidagi qattiq jismning oʼta mayda zarrachalarini ushlab qolish uchun qoʼllaniladi. Jarayon ogʼirlik yoki inertsiya kuchlari taьsirida olib boriladi. 5. Filtrlash. Filtrlash jarayonining asosiy tenglamasi. Download 133.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling