Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalari


Download 133.66 Kb.
bet8/32
Sana24.03.2023
Hajmi133.66 Kb.
#1290842
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalar

Qora metallurgiya — metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. Domna, poʻlat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritish tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya mahsu-lotlarining muhim turlari hisoblanadi. Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi.
21. Kimyoviy texnologik ishlab chiqarishning asosiy sohalari
Respublikamiz kimyo sanoatida noorganik moddalar-mineral o'g'itlar, tuzlar, kislotalar, bog'langan azot birikmlari va sulfat kislotasi ishlab chiqarish sgu davrgacha salmoqli o'rinlarni egallab keldi va kelajakda ham shunday bo'lib qolishiga shubha yo'qdir, chunki qishloq xo'jaligini uning asosiy ozuqasi mineral o'g'itlarsiz, kimyo sanoatining rivojini esa butun dunyoda bo'lgani kabi sulfat kislota rivojisiz va bog'langan azot birikmalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ishlab chiqarish usullari. Sulfat kislota X asrdan boshlab olinib kelinmoqda. U temir kuporosini yoki achchiqtoshni qattiq qizdirish natijasida olingan. Hosil bo'lgan og'ir moysimon suyuqlik sulfat kislota kuporos moyi deb atalgan. 2FeSO 4 + 2H 2 O→ 2FeO+ 2H 2 SO 4 XV asrda kimyogarlar oltingugurt va selitra aralashmasini yoqib, sulfat kislota olish mumkinligmi aniqlaganlar. Shu usulda 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida sulfat kislota oz miqdorda shisha qolbalar va retortalarda faqat laboratoriyalardagina olingan. XVIII asr o'rtalarida sulfat kislotaga chidamli material-qo'rg'oshin topilgach sulfat kislota qo'rg'oshin idishlar-kameralarda sanoat miqyosida olina boshlangan. Bunday usul kamerali usul deb ataldi. Bu kameralarda oltingugurt va selitra aralashmasi yoqilgan. Bunda hosil bo'lgan sulfat angidrid kameraga qo'yilgan suv yoki kislota eritmasida yutiladi


22. Sulfat kislotani kontakt usulida olish
Kontaktli usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda 
sulfit angidridni oksidlash: 
SO2+1/2O2⇄ SO3
reaksiyasi bo‘yicha katalizator ishtirokida amalga oshiriladi. Bu jarayon 
kontaktlanish deb ataladi. Tinch holatdagi kontakt massa qatlami yoki 
qaynovchi qatlamdagi katalizator orqali gaz o‘tkazilganda gaz 
katalizator bilan bevosita to‘qnashadi.
Turli xil metallar, ularning qotishmalari va oksidlari, ayrim tuzlar, 
shisha, chinni, tuproqlar, tog‘ billuri kristallari hamda boshqa modda va 
materiallar sulfit angidrid oksidlanishini tezlashtirish xususiyatini 
namoyon etadi. Har bir katalizator ma’lum darajadagi, uning uchun 
xarakterli kontaktlanish foyzini ta’minlaydi. Sanoat sharoitida nisbatan 
yuqori kontaktlanish foyziga erishishni ta’minlaydigan katalizatorlardan 
foydalanish qulaydir, chunki oksidlanmagan SO2 qoldiqlari absorbsiya
bo‘linmasida ushlab qolinmaydi va u chiqindi gazlari bilan birgalikda 
atmosferaga chiqib ketadi. Uzoq vaqt ushbu jarayon uchun platina eng yaxshi katalizator hisoblab kelingan, u juda mayda maydalangan holatda tolali asbestga, 
silikagelga yoki magniy sulfatga aralashtirib ishlatilgan. Lekin platina 
juda qimmatbahodir, bundan tashqari, gaz tarkibida juda oz miqdordagi 
mishyak, selen, xlor va boshqa qo‘shimchalarning bo‘lishi uning 
katalitik aktivligini juda kuchli darajada pasaytiradi. Shuning uchun 
platinali katalizator ishlatilganda kontakt zavodining murakkab asbob-
uskunalar bilan jihozlanishi talab etiladi, tayyor mahsulot tannarxi esa 
katta bo‘ladi. 
23. Sulfat kislota ishlab chiqarishning nitroza usuli
Nitroza usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish 2 bo‘limdan iborat: 1.O‘choq bo‘limi. 2.Nitroza bo‘limi. Xom-ashyo sifatida tarkibida oltingugurt yoki uning birikmalari bor bo‘lgan barcha moddalar ishlatiladi. Bu bilan kontakt usulida farq qiladi. Nitroza usulida oksidlanish, asosan, suyuq muhitda va to`ldirgichli minerallarda olib boriladi. SHuning uchun ko`pincha bu usul minorali usul deb yuritiladi. Bunday usul bilan suyultirilgan 70-77%.li, hamda turli qo`shimchalar aralashgan sulfat kislota olinadi, u asosan mineral o`g`itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Nitrozali usulda katalizator rolini azot oksidlari o‟ynaydi. Oksidlanishi suyuq fazada nasadkali minorallarda olib boriladi. XIX asrning boshlarida SO2 ni platina katalizatori ishtirokida SO3 ga oksidlash mumkinligi aniqlandi. XIX asrning oхirlari ХХ asrning boshlarida bu usul kontakt (gazning katalizator bilan to‟qnashuviga asoslanganligi uchun) usuli dеb atalib, sanoatda qo‟llanila boshlandi. Nitrozali usulida olinadigan sul‟fat kislotaning sifati pastligi, 75% dan yuqori konsеntrasiyali kislota olib bo‟lmasligi, NO2, SO2, SO3 kabi gazlarning atmosfеraga chaqirib yuborilishi tufayli atmosfеraning zaharlanishi kabi kamchiliklarni bu usulni kantakt usuli tomonidan siqib chiqarishiga sabab bo‟lidi. Sobiq SSSR da 1975 yillardan boshlab faqat kontakt usuli bilan sul‟fat kislota ishlab chiqarish bo‟lmalari qurila boshlangan edi. Hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan sul‟fat kislotaning 95% ga yaqini kontakt usulida ishlab chaqirilmoqda.
24. Maksimal foydali ish. Le shatele prinsipi

Download 133.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling