Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalari


Download 133.66 Kb.
bet10/32
Sana24.03.2023
Hajmi133.66 Kb.
#1290842
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalar

Temir-bug‘ usuli yog‘ metod temirlash suv bug‘i bilan oksidlanish 
reaksiyasiga asoslangan: 3Fe + 4H2O =Fe3O4+4H2 
 Hosil bo‘lgan temir oksidi suv gazi bilan temir metaligacha qaytariladi: 
Fe3O4+2(H2+CO) =3Fe + 2H2O + 2CO2 
 Temir metalli suv bug‘i bilan yana oksidlanadi va xokazo. Suv gazini olib 
bug‘ni 1000°S da ko‘mir bilan birikishiga asoslangan: C + 2H2O = CO + H2 
 Bu metod 1903 yilda sanoat ishlab chiqarish usuliga aylangan. Bu metod 
kamquvvatli qiyin metod hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda 
ishlatilmaydi.


27. Nitrat kislota ishlab chiqarish.
Xozirgi vaktda sanoatda HNO3 asosan ammiakni katalizator ishtirokida oksidlash yuli bilan olinadi. Ammiak bilan xavo aralashmasi 600-800°S da platinada yasalgan tur (katalizator) orkali utkazilganda NO xosil buladi va bu gaz xavo kislorodi bilan darxol birikib NO2 ga aylanadi. Azot (IV) - oksid esa suv va xavo kislorodi bilan uzaro ta`sirlanib HNO3 ni xosil kiladi:
4HN3 + 5O2 = 6H2O + 4NO +216 kkal 2NO + O2 = 2 NO 3 NO2 + H2O =2HNO3 + NO
HNO3 ishlab chikarishda NO ni mumkin kadar kuprok darajaga HNO3 ga aylantirish nixoyatda muxim masala xisoblanadi. 2NO +O2  2NO2 reaktsiyasining sust borishi va HNO3 kontsentratsiyasi ortgan sayin NO2 ruvchanligining kamayishi bu problemani xal kilishni ancha kiyinlashtiradi. HNO3 zavodlarida NO2 dan kuprok foydalanish maksadida ketma-ket joylashtirilgan katta xajmli bir necha yutuvchi ustanovkalardan foydalaniladi.


28. Konsentrlangan nitrat kislotani olish usullari. Azotli o‘g‘itlar.
Bu usul «nitrat kislotaning bevosita sintezi» nomi bilan yuritiladi. Xosil kilingan HNO3 alyuminiydan yasalgan tsisternalarda saklanadi.
Nitrat kislotaning sanoatda ishlatilishi uning oksidlash va nitrolash xossalarigaasoslanadi. Bundan tashkari HNO3 nitratlar, mineral ugitlar, ayniksa ammiakli selitra olishda juda kup ishlatiladi. HNO3 tuzlari sanoat va xalk xujaligining turli soxalari uchun nixoyatda katta axamiyatga ega. Masalan kaliy nitrat ugit sifatida ixlatilishidash tashkari kora porox tayyorlash uchun ketadi. Kora porox tarkibida 68% KNO3 , 15%S va 17% S buladi. Kora porox yonganda:
2KNO3 + 3C + S = K2S + 3CO2 + N2
reaktsiyasi sodir bulib, kup mikdorda gazlar ajralib chikadi. Ammoniy nitrat NH4NO3 parchalanganda katta xajmli gazlar (O2 va N2 ) ajralib chikadi, shu sababli bu tuz xam ammonal nomli portlovchi aralashma tarkibiga kiradi. Ammonal tarkibida 72% ammoniy nitrat, 25% alyuminiy kukuni va 3% kumir buladi. Xozirgi vaktda «Ammoniyli selitra» deb ataluvchi ammoniy nitrat muxim azotli ugit xisoblanadi. Uning tarkibida 34% N bor.
Azotli ugit sifatida kaltsiy nitrat- kaltsiyli selitra Ca2(NO3)2 xam ishlatiladi. Uning tarkibida 17% N bor. Bu ugitga 5% NH4OH kushish yuli bilan uning sifati ancha yaxshilanadi.


29. Karbamid sintezi, fizik-kimyoviy shartlari va ishlab chiqarish sxemasi.
Karbamid, mochevina, (NH2)2SO - karbamid kislota amidi, sintetik usulda olinadigan, suv, spirt, suyuq ammiak, sulfit angidridda yaxshi eriydigan modda. Suyuqlanish harorati 132,7°. Tarkibida 46% azot boʻlgan eng konsentrlangan fiziologik nordon, qattiq azotli oʻgʻit. Uncha nam tortmaydi. Azotli oʻgʻit tarzida ishlatish uchun donador holida ishlab chikariladi. Donador K. saqlash vaqtida mushtlanib qolmaydi. K.tuprokda mikroorganizmlar taʼsirida oʻsimliklar oʻzlashtiradigan ammoniy karbonatga aylanadi. Samaradorligi jihatidan ammoniy nitratga teng , baʼzan undan samaraliroq.K.ni hamma xil tuproqlarda va barcha q.x. ekinlariga ishlatish mumkin. Sugʻorma dehqonchilikda ekishdan oldin (azot yillik meʼyorining 20—25% hisobida) va dastlabki oziqlantirishda ammiakli selitraga qaraganda sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagi hosildorligiga yaxshi taʼsir etadi.


30. Ma’danli tuzlar va o‘g‘itlar ishlab chiqarish.
To'g'ri rivojlanishi uchun o'simlik ozuqa moddalarini o'z vaqtida olishi kerak. Ulardan eng muhimi kaliydir. Tuproq qatlamlarida uning etishmasligi kaliyli o'g'itlarni to'ldirishga yordam beradi. Element tarkibini uning oksidi (K 2 O) shaklida hisoblash odat tusiga kiradi. O'simlik hujayralarida kaliy ion shaklida sitoplazma va hujayra sharbatida bo'ladi. Bu o'simliklarning eski qismlarida, shuningdek ildizlarda, urug 'va ildiz mevalarida kamroq bo'ladi. Kaliy yosh barg va poyalarga boy. Don tarkibida kaliy donga qaraganda ko'proq. Go'ng bilan birga element tuproqqa qaytadi (somon hayvonlar uchun to'shak sifatida ishlatiladi) va shu bilan uning unumdorligini tiklaydi. Azotli o'g'itlar ishlab chiqarish ammiak bo'lgan xom ashyoga asoslangan. Yaqin vaqtgacha ammiak koksdan (koks gazidan) olingan, shuning uchun o'g'itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko'plab korxonalar metallurgiya zavodlari yaqinida joylashgan edi. Bundan tashqari, yirik metallurgiya zavodlari yon mahsulot sifatida azotli o'g'itlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
31. Kompleks va konsentrlangan o‘g‘itlarni ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari.
Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish ikkita asosiy omilga bog'liq. Bu, bir tomondan, dunyo aholisining tez o'sishi, boshqa tomondan, qishloq xo'jaligi ekinlarini etishtirish uchun yaroqli er resurslarining cheklanishi. Qolaversa, qishloq xo'jaligiga yaroqli tuproq quriy boshladi va ularni tiklashning tabiiy usuli juda uzoq vaqtni oladi. Vaqtni qisqartirish va erning unumdorligini tiklash jarayonini tezlashtirish masalasi noorganik kimyo sohasidagi kashfiyotlar tufayli hal qilindi. Va javob mineral qo'shimchalar ishlab chiqarish edi. Buning uchun 1842 yilda Buyuk Britaniyada, 1868 yilda Rossiyada sanoat ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilgan. Birinchi fosforli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Tarkibiga ko'ra, bu birikmalar oddiy va murakkabdir.Nomidan ko'rinib turibdiki, oddiy elementlar bitta elementni (azot yoki fosfor), murakkablari esa ikki yoki undan ko'pni o'z ichiga oladi. Murakkab mineral o'g'itlar ham aralash, murakkab va kompleksli bo'linadi. Noorganik o'g'itlar tarkibida asosiy bo'lgan komponent bilan ajralib turadi: azot, fosfor, kaliy, kompleks. Ammoniy sulfat O'rtacha azotli o'g'it (20%gacha), asosiy qo'llanilish uchun ideal, chunki u tuproqda yaxshi mustahkamlangan, saqlash shartlari talab qilinmaydi.Karbamid (karbamid) azot miqdori 48%ga etadi, organik o'g'itlar bilan birgalikda yuqori sifatli natijalar beradi, bargdan oziqlantirish uchun mos.- gidroksidi o'g'it, chernozem bo'lmagan tuproq uchun juda mos keladi.Organik azotli o'g'itlar (go'ng, qush axlati, hijob, kompost) juda faol ishlatiladi, ammo azot miqdori pastligi va uni mineralizatsiyalash uchun ko'p vaqt talab qilinishi bu o'g'itlarning samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Afzallik - bu past narx.
32. Kompleksli o‘g‘itlar. Mikroo‘g‘itlar.
Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma, o’simliklarda rux yetishmovchiligida va tanqisligida, ularga ishlov berish uchun qo’llaniladigan maxsus tarkibdir. U kukun holida yoki suvli eritma holida qo’llaniladi.Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma suvda eriydi va tarkibida uchta asosiy ozuqa elemenlarni: azot, fosfor va kaliyni o’z ichiga oladi. Mikroelement sifatida rux qo’shilgan bo’lib, u asosiy makroelementlarni o’zlashtirilishiga imkon beradi. To'g'ri rivojlanishi uchun o'simlik ozuqa moddalarini o'z vaqtida olishi kerak. Ulardan eng muhimi kaliydir. Tuproq qatlamlarida uning etishmasligi kaliyli o'g'itlarni to'ldirishga yordam beradi. Element tarkibini uning oksidi (K 2 O) shaklida hisoblash odat tusiga kiradi. Bor – bu rangsiz qattiq kristall modda bo‘lib, u 
tabiatda erkin holatda uchramaydi. Tuproqqa borat kislota va uning tuzlari 
tarzida beriladigan harakatchan (o‘simlikka o‘zlashadigan) bor miqdori 
nafaqat tuproq hosil qiluvchi jinslardagi bu kimyoviy elementning mavjud 
bo‘lishiga, balki tuproqning mexanik tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi. Molibden – yorqin kulrang metall, tabiatda erkin holda ham, boshqa elementlar bilan birikmasi tarzida ham uchraydi. 
U o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlovchi qator fiziologik 
jarayonlarda, ayniqsa, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
Molibden gilli va bo‘z tuproqlarda qumloq tuproqlarga nisbatan ko‘p 
uchraydi. Tuproqda harakatchan molibden yetishmaganda o‘simlik 
barglarida qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, yaproqning o‘zi sarg‘ish rangga 
kiradi va tezda so‘liydi, bundan tashqari zararlangan o‘simliklarning 
rivojlanishi keskin to‘xtaydi.
33. Yuqori haroratda boradigan kimyoviy - texnologik jarayonlar
Keramika va o’tga chidamli materiallar texnologiyasi: homashyo → kukun, plastik massa yoki shlinker tayyorlash → qoliplash → quritish → kuydirish → termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish → sortlash → qadoqlash → tayyor buyumlar ombori;
Shisha va sitallar texnologiyasi: homashyo → shixtakukuni yoki briket tayyorlash → eritish → qoliplash → termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish → saralash → qadoqlash → tayyor buyumlar ombori. Keramika va o’tga chidamli materiallar olishda gil, lyoss, dala shpati, qum va shamot, shisha va sitall mahsulotlari ishlab chiqarishda esa qum, ohaktosh, soda yoki potash kabi homashyolar ishlatiladi. Ko’rinib turibdiki turli-tuman silikat mahsulotlarini olishda ishlatiluvchi homashyo turlarida anchagina o’xshashlik bor. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xossa-hususiyatlariga qarab ularning o’zaro nisbati va turi o’zgarishi mumkin.
34. Shisha va bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish. Shishalarning turlari va tarkibi.
Shishaning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan oshmagan kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan SiO2 iborat bo‘lmish toza qumdan elektr pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar uchun kolba va probirkalar tayyorlanadi. Ammo elektr pechlarda buyum ishlab chiqarish qimmatga tushganligi sababli bu usulda uy-ro‘zg‘or idishlari ishlab chiqarilmaydi. Qumning erish harorati 1713°C bo‘lganligi tufayli uni 1580°C ga bardosh beradigan shamot va dinasdan yasalgan domna pechlarda eritib bo‘lmaydi. Shuning uchun qumga natriy sulfiti Na2SO3 qo‘shib, erish harorati 1088°C gacha pasaytiriladi, lekin natriy shishaning kimyoviy va termik xususiyatlarini pasaytiradi. Shishaning kimyoviy xususiyati yaxshilanishi uchun xomashyo tarkibiga bo‘r CaCO3 qo‘shiladi. Uning termik xususiyatini oshirish maqsadida eritmaning qotish jarayonini sekinlashtiruvchi dolomit CaCO3•MgCO3 va issiqlikda kengayish darajasini kamaytiruvchi dala shpati Al2O3•2SiO2•2H2O ishlatiladi. Qum tarkibidagi temirning ko‘kimtir ikki valentli oksidini FeO sarg‘aytirish uch valentli oksidga Fe2O3 aylantirib, shishani rangsizlantirish uchun selitra NaNO3 aralashtiriladi. Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin. Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si) atrofida kislorod atomlarining (O) tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq tartib mavjud emas. Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi. Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83), surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2Te3) asosidagi Shishalar maʼlum.
35. Kimyoviy texnologiyada ishlatiladigan elektrokimyoviy jarayonlar.
Elektrokimyoviy jarayonlar — fizik kimyoning tarkibida ionlari boʻlgan sistemalarni (eritmalar, suyukdanmalar va qattiq elektrolitlar), shuningdek, 2 faza chegarasida zaryadli zarralar (ionlar va elektronlar) ishtirokidagi jarayonlar va hodisalarni oʻrganadigan boʻlimi. Odatda, fazalardan biri metall yoki yarimoʻtkazgich, ikkinchisi esa eritma yoki elektrolit suyuqlanmasi yoxud qattiq elektrolit boʻladi. Aksari hollarda bu 2 fazaning oʻzaro taʼsirida elektr toki hosil boʻladi. Shu sababli E. elektr toki hosil boʻlishi yoki aksincha kimyoviy birikmalarga elektr tokining taʼsiri natijasida kechadigan fizikkimyoviy jarayonlarni oʻrganadigan fan deb hisoblanadi. Elektroliz (elektro... va ...liz) - qizdirib suyuqlantirilgan elektrolit yoki uning suvdagi eritmasi orqali oʻzgarmas elektr toki oʻtganida elektrodlarda sodir boʻladigan oksidlanishqaytarilish jarayonlari. E.ning mohiyati kimyoviy reaksiyani elektr energiyasi hisobiga amalga oshirishdan iborat. Elektr toki berilganda ionlarning elektron qabul qilish yoki elektron berish hodisasi birlamchi jarayonni tashkil qiladi. Bu jarayon natijasida koʻpincha E.ning dastlabki mahsulotlari hosil boʻladi. E. mahsulotlari sof holda ajralib chiqishi yoki erituvchi bilan oʻzaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Ikkinchi holda E.ning ikkilamchi mahsulotlari hosil boʻladi. Qizdirib suyuklantirilgan elektrolitlar E. qilinganida faqat birlamchi mahsulotlar chiqadi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida E. ancha murakkab boradi, chunki koʻpincha ikkilamchi jarayonlar sodir boʻladi.
36. Diafragmali va simob katodli elektrolizerlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari.
37. Organik moddalar ishlab chiqarish.
Organik moddalar sintez qilish texnologiyasi 2 xil yo‘nalishga ajraladi:
-asosiy (og‘ir) organik sintez texnologiyasi;
-nozik organik sintez texnologiyasi.
Asosiy yoki og‘ir organik sintez degan iborani ma’nosi – bu uglevodorod xomashyolari asosida ko‘p tonnada mahsulot ishlab chiqarish bo‘lib, ular boshqa organik birikmalar olish texnologiyalari uchun tayanch hisoblanadi. Nozik organik sintez esa oz miqdorda, murakkab tuzilishli organik moddalar ishlab chiqarish sanoatidir. Organik moddalar ishlab chiqarish kadim zamondan ma’lum bo‘lib, xom-ashyo sifatida o‘simlik va hayvonotdan foydalanilgan. Masalan, shakar, yog‘, sovun, spirt va h.k. ishlab chiqarilgan. Oddiy moddalar asosida murakkab organik moddalar sintez qilish XIX asr o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Toshko‘mir smolasidan aromatik uglevodorolar sintez qilina boshlandi. Keyinchalik XX asrga kelib organik birikmalar olishda, xom-ashyo manbai sifatida, neft va tabiiy gaz muhim o‘rinni egalladi. Asosiy organik sintez mahsulotlari olish uchun qo‘llaniladigan asosiy xom-ashyo moddalarni quyidagi beshta sinfga ajratish mumkin:
1) parafinlar (metan CH4-dan to C40-gacha bo‘lgan);
2) olefinlar (C2H4, C3H6, C4H8, C5H10 va h.k.);
3) aromatik uglevodorodlar (benzol; toluol; ksilol, naftalin va h.k.);
4) atsetilen (CHºCH);
5) uglerod oksid va sintez gaz (CO va H2 aralashmasi).
Asosiy organik sintez texnologiyasining maqsadi - ko‘p assortimentli monomerlar, erituvchi va ekstragentlar, sintetik yoqilg‘i, moylar, prisadkalar, sirt-faol moddalar, gerbitsid va o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalar va boshqa mahsulotlarni oddy, arzon, sodda, ekologik zararsiz usullar bilan olish texnologiyasini o‘rgatishdan iborat.

38. Termik krekingi, sharoitlari, katalizatorlar texnologiyasi.


Kreking (ing . cracking — parchalanish) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qoʻllaniladi. K.ning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori temperatura taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° temperaturada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori temperaturada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik K. bir vaqtda yuqori temperatura va katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918-yilda N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan. 1936-yilda fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgach, katalitik K. keng qoʻllanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xom ashyo boʻlib xizmat qildi. Katalitik K.lash 450—520° ga yaqin temperatura va 2—3 atm. bosimida amalga oshadi. K. suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Shuningdek, K. jarayonining borish sharoiti (temperatura, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil boʻladi. Zavonaviy K. koʻpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va boshqalar), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi.[1]
39. Toshko‘mirni kokslash.
Toshko’mirni kokslash – katta sanoat ahamiyatiga ega. Kokslash jarayoni koksokimyoviy zavodlarda amalga oshiriladi. U yerda yog’li ko’mir qayta ishlanadi (uchuvchan moddalarning chiqishi 35 – 40 %). Jarayon germetik yopiladigan kamerali (trubali) pechlarda olib boriladi va pechning sig’imi 30 – 40 tonnagacha boradi. Pechning ichki devorlari issiqqa chidamli silikatli g’ishtlar bilan qoplangan bo’ladi.Toshko’mirni kokslashda asosiy mahsulotlar :Koks gazi – undan toshko’mirni smolasi va boshqa mahsulotlari bilan birga kontaktda bo’lganidan keyin - texnik benzol (oson qaynovchi arenlar aralashmasi) olinadi.Toshko’mir smolasi – uni haydash yo’li bilan arenlarga, fenollarga, piridin hosilalariga ajratiladi. Bular qimmatbaho xomashyo bo’lib, ulardan bo’yoqlar, erituvchilar, portlovchi moddalar, dorivor va arfyumer mahsulotlar, petisidlar ishlab chiqariladi. Haydashdan keyin qoladigan qoldiqdan (smola)
40. Organik sintez sanoati, uni rivojlanishi va ahamiyati.
41. Organik moddalar ishlab chiqarish
Organik moddalar sintez qilish texnologiyasi 2 xil yo‘nalishga ajraladi:
-asosiy (og‘ir) organik sintez texnologiyasi;
-nozik organik sintez texnologiyasi.
Asosiy yoki og‘ir organik sintez degan iborani ma’nosi – bu uglevodorod xomashyolari asosida ko‘p tonnada mahsulot ishlab chiqarish bo‘lib, ular boshqa organik birikmalar olish texnologiyalari uchun tayanch hisoblanadi. Nozik organik sintez esa oz miqdorda, murakkab tuzilishli organik moddalar ishlab chiqarish sanoatidir. Organik moddalar ishlab chiqarish kadim zamondan ma’lum bo‘lib, xom-ashyo sifatida o‘simlik va hayvonotdan foydalanilgan. Masalan, shakar, yog‘, sovun, spirt va h.k. ishlab chiqarilgan. Oddiy moddalar asosida murakkab organik moddalar sintez qilish XIX asr o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Toshko‘mir smolasidan aromatik uglevodorolar sintez qilina boshlandi. Keyinchalik XX asrga kelib organik birikmalar olishda, xom-ashyo manbai sifatida, neft va tabiiy gaz muhim o‘rinni egalladi. Asosiy organik sintez mahsulotlari olish uchun qo‘llaniladigan asosiy xom-ashyo moddalarni quyidagi beshta sinfga ajratish mumkin:
1) parafinlar (metan CH4-dan to C40-gacha bo‘lgan);
2) olefinlar (C2H4, C3H6, C4H8, C5H10 va h.k.);
3) aromatik uglevodorodlar (benzol; toluol; ksilol, naftalin va h.k.);
4) atsetilen (CHºCH);
5) uglerod oksid va sintez gaz (CO va H2 aralashmasi).
Asosiy organik sintez texnologiyasining maqsadi - ko‘p assortimentli monomerlar, erituvchi va ekstragentlar, sintetik yoqilg‘i, moylar, prisadkalar, sirt-faol moddalar, gerbitsid va o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalar va boshqa mahsulotlarni oddy, arzon, sodda, ekologik zararsiz usullar bilan olish texnologiyasini o‘rgatishdan iborat.
42. Sintez-gaz. Metanol sintezi
Sintez (yunon. sintezis - biriktirish demakdir) - kimyoviy reaksiya yo’li bilan ancha oddiy moddalardan murakkab moddalarni olish. Sintez gaz - metandan olinadigan CO+2H2 aralashmasi bo’lib, u metanol, sirka kislota, sintetik kauchuk, sintetik benzin va juda ko'p qimmatbaho mahsulotlar olishda dastlabki xom ashyo hisoblanadi. Bularni olish uchun dastlab metan sintez gaz (CO+2H2) ga aylantiriladi: CH4+H2O→t, katalizatorCO+3H2; CH4+CO2→t, kat2CO+2H2[1]. Mеtanolni birinchi marta R. Boyl 1661 yilda yog’ochni quruq хaydash (havosiz muhitda) mahsulotlari tarkibida borligini aniqladi, uni toza хolda 1834 yilda J.Dyuma va E.Pеligolar ajratib olganlar. Uning nomi ham shundan kеlib chiqib yog’och spirti dеb atalgan. Birinchi marta u 1923 yilda Gеrmaniyada sintеz yo’li bilan chiqarila boshlandi. Mеtanol uglеrod (II) oksidini gidrogеnlash usuli bilan ya’ni sintеz-gazdan olinadi. CO+2H2 ↔️ CH3OH + 111 kJ/mol Sintеz gaz mеtanni suv bug’i bilan oksidlash konvеrsiyasidan yoki tabiiy gazni tеrmooksidlovchi krеking qilish bilan (bunda sintеz gaz bilan bir vaqtda asеtеlin ham olinadi) olinadi. Mеtanol sintеzlash uchun CO va H2 gazlarining 1:4 dan 1:8 gacha nisbatdagi aralashmasi olinadi.

43. Metanol asosida formal’degid olinishi, texnologik sxemasi.
Metanol formaldegid ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir. Erituvchi sifatida benzinga qoʻshiladi. Metilmetakrilat, metilaminlar, dimetiltereftalat, metilformiat, metilxlorid, sirka kislota, doridarmon tayyorlash va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Juda zaharli. Ichilganda, bugʻlaridan nafas olganda organizmni zaharlaydi, koʻzni koʻr qiladi. Shuning uchun Metanol olinadigan yoki ishlatiladigan joyda ishlovchi ishchilarni vaqt-vaqt bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish zarur.
44. Etil spirti. Sul’fat kislota va katalitik usulda olish.
Etil spirti (vino spirti, etanol), C2H5OH — bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Mol.m. 46,069. Rangsiz, oʻtkir taʼmli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 114,5°, qaynash temperaturasi 78,39°, zichligi 789,27° kg/m3(20°da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv boʻlgan azeotrop aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1usulda suvli spirtga ozroq benzol qoʻshiladi va hosil boʻlgan aralashma fraksiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2usulda 96% li spirtni kaltsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2— 0,3% suvni spirtga metall holdagi kaltsiy yoki magniy qoʻshib haydash yoʻli bilan ajratiladi.
46. Sintetik YUMB larni sanoatda olishning asosiy usullari.
YUqori molekulali birikmlar (YUMB) o‘z hossalari jihatidan quyi molekulali birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol yuqori molekulali birikmalar molekulalarining juda uzunligi va demak molekula massasining kattaligi bilan tushuntiriladi.Odatda molekula massasi (MM) 5000 dan bir necha milliongacha bo‘lgan birikmalar YUMB lar hisoblanadi. MM 500 dan 5000 gacha bo‘lgan, hossalari quyi molekulali birikmalarga ham, yuqori moleulali birikmalarga ham o‘xshaydigan birikmalar oligomerlar deb ataladi.YUMB ning molekulalari bir necha yuz, hatto minglab atomlardan tuzilganligi sababli - makromolekulalar deb ataladi.YUqori molekulalai birikmalar sintetik va tabiiy polimerlarga bo‘linadi.YUMB tirik tabiatning asosini tashkil etadi. O‘simliklar organizmlarining asosiy tarkibiy qismlari - sellyuloza, kraxmal, lignin, pektin va hayvon organizmidagi oqsil, garmon, ferment kabilar YUMB lardir. Muskul, teri, soch, shox, tirnoq va shu kabilar aminokislotalardan sintez qilingan oqsillar - polimerlardir.SHunday qilib o‘simlik va hayvon organizmlarining hayoti YUMB larning hosil bo‘lishi, ularning turdan-turga o‘tishi va parchalanishi jarayonlari bilan bog'liq ekan.Texnikada ko‘plab ishlatiladigan tabiiy polimerlardan yana biri tabiiy kauchukdir.Hozirgi zamon texnika taraqqiyotida kauchuk va undan olinadigan rezinasiz hech bir sohani rivojlantirib bo‘lmaydi. Faqat so‘ngi 60-70 yil ichida o‘z hossalari jihatidan tabiiy kauchukdan qolishmaydigan sintetik kauchuklar ishlab chiqarila boshlandi.YUMB texnikada keng ishlatilishi bilan bir qatorda inson hayoti va faoliyatida ham ishlatiladi. Kiyim-kechak, jun, teri, paxta, yog'och, oziq-ovqatlar - go‘sht, sut, don, sabzavotlar, sellyuloza, oqsil hamda kraxmal kabi polimerlardan tashkil topgan.Tabiiy polimerlarning xususiyatlari va strukturalarini o‘rganish sintetik polimerlar kimyosi va texnologiyasini ham tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. YUqorida aytganimizdek tabiiy polimerlarning turli turlari uzoq davrlardan ishlatilib kelsada, sintetik polimerlarni olish va ishlatish asosan 1900 yillardan, keng rivojlanishi esa 1930-1940 yillardan boshlandi.
47. Blokda, eritmada, emul’siya va suspenziyada polimerlash

Download 133.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling