B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a


Download 37.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana12.02.2017
Hajmi37.86 Kb.
#220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

O   Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I  
O L I Y   V A   O   R T A   M A X S U S   T A ’L I M   V A Z I R L I G I
B U X O R O   O Z I Q - O V Q A T   V A   Y E N G I L   S A N O A T  
T E X N O L O G I Y A S I   I N S T I T U T I
R .  A .  X A I T O V ,  V .E .  R A D J A B O V A ,
Z .Z .  S H U K U R O V
D
O
N
N
I   Q A Y T A   I S H
L
A
S H
 
K
O
R
X
O
N
A
L A
R
I N
I N
G
 
T E X
N
O
L O
G
I K
  J I H
O
Z L A
R
I
0  ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  о ‘rta  tnaxsus  la ’lim  vazirligi  (omonidan 
(5 1 4 0 9 0 0   -  «Kasb  ta'limi.  O ziq-ovqat  texnologiyasi  (mahsulot  turlari 
bo'yicha)»,  5541100-  «O ziq-ovqat  texnologiyasi  (mahsulot  turlari 
bo'yicha)»  bakalavriyat  talim  yo'nalishi  talabalari  uchun  «Donni  qayta 
ishlash  korxonalarining  texnologik jihozlari» fanidan 
darslik  sifatida  tavsiya  etiladi
0 ‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi  Adabiyot  jamg'armasi  nashriyoti 
Toshkent  -  2005

R.  A.  XAITOV,  V.E.  RADJABOVA,  Z.Z.  SHUKUROV. 
donni
 
qayta
 
ishlash
KORXONALARINING TEXNOLOGIK JIHOZLARI. DAKSLIK. T:. 352 b.
Darslikda  donni  qayta  ishJash  korxonalarida  ishlab  chiqarish jarayonlarining  umumiy 
tavfsiloti,  turli  xil  aralashmalardan  lozalash  mashinalari,  donga  suv-issiqlik  bilan  ishlov 
beradigan  mashina apparatlar hamda  don, yorma va omuxta yem  mahsulotlarini  maydalash 
va ulami yirikligi bo'yicha saralash, shuningdek qoplash qadoqlash uskunalarining vazifalari, 
ishlash  prinsipi  va  konstruksiyalari  to'liq  ochib  berilgan.
Kitob oliy o‘quv yurtlarining “ Don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” 
sohasi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavr va magjstrlar uchun darslik  hamda ishlab chiqarishda 
faoliyat  ko'rsatayotgan  muhandis  texnolog  xodimlar  uchun  esa  o'quv-ishchi  qo'Ilanma 
sifatida  foydalanish  uchun  mo'ljallangan.
В  учебнике  полностью  раскрывается  общая  характеристика  производственных 
процессов на заводах по переработки зерна, задачи, принципы работы и конструкции 
машин  по  очистке  различных  смесей,  аппаратов  по  обработки  зерна  с  помощью 
воды  и  тепла,  а  также  оборудования  по  рассортировки  и  рассфосовки  зерна, 
комбикормов  и  смесей.
Книга  предназначена  в  качестве  учебника  для  бакалавров  и  магистров, 
обучающихся  по  отрасли  «Технология  переработки  зерна  и  зерновых  продуктов»  в 
высших  учебных  заведений  и  учебно-производственного  пособия  для  инженеров- 
технологов,  занятых  на  производстве.
In  the  textbook the  general  deskripnion  of production  processes  in  grain  handling 
componies,  machies  to clean  grain  froom  different  emperities,  machines  and apparatus  to 
process grain  with water and  heat,  sorting  and  grinding grain,  milled  grain  and  composed 
feed,  tasks  of filling and  packaging  egnipuint,  working  principles  and  Heir  strukfure  has 
been  given.
The  textbook  is  considered  for  the  use  in  higher  education  in  stitution  in  specially 
storage  and  initial  Processing  of Grain  and  a  thet  plant  products.
This is can be used as a textbook by students in masters progremmes in above specialty
and  as  a  manual  by  engineer  technological  spesiolists  in  in  industry.
Taqrizchilar: 
t .f .d .,  p r o f. 
Safarov  O.F.
t.f.n .,  d o s. 
Rahmatov I.
©
  0 ‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi 
Adabiyot jamg'armasi  nashriyoti.  2005.

Mamlakatimiz  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotida  tegirmon-yorma  va 
omuxta  yem  sanoati  oldida  yuqori  samarali  uskunalartii qo'llash  va  ilg‘or 
texnologiyadan  foydalanib,  korxonalarning  texnik  darajasini  oshirishdek 
mas’uliyatli  vazifa  qo'yilgan.
Yuqori  samarali  uskunalar bilan jihozlangan  yangi  un  tortish,  yorma 
va  omuxta  yem  zavodlari  qurishning  keng  ko‘lamli  dasto‘rini  amalga 
oshirish,  amalda  qo‘llanilayotgan korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan 
jihozlash  va  murakkab  texnika  va  texnologiyani  ishlab  chiqarishga  tadbiq 
qilish  uchun  zamonaviy  korxonalarni  ishlata  biladigan  yuqori  malakali 
mutaxassislar  kerak.  Bunday  mutaxassislarni  yetishtirishda  davlat  ta’lim 
tizimi salmoqli  ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatning  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  belgilangan  eng 
asosiy  talablaridan  biri  o ‘sib  borayotgan  yosh,  barkamol  avlodni  tegishli 
yo'nalishdagi  ixtisosliklari  bo'yicha  darslik  va  o ‘quv  adabiyotlari  bilan 
ta’minlashdan  iboratdir.  Iqtisodiy  muammolarga  boy  bo‘lgan  hozirgi 
murakkab  sharoitda  xalq  ehtiyoji  uchun  zarur  bo‘lgan  yuqori  sifatli  un, 
yorma  va  om uxta  yem   m ahsulotlarini  ishlab  chiqarishda  yangi 
texnologiyalar  asosida  ishlaydigan  mashina  va  uskunalarning  vazifalari, 
tuzilishi,  hamda  ishlash  prinsipi  to‘la  aks  eltirilgan  darslik va  o‘quv 
qo‘llanmalarni  yaratish  dolzarb  masaladir.
Ushbu  kitobda  aksariyat  Shveytsariya  litsenziyasi  asosida  Rossiya  va- 
Ukrainada  ishlab  chiqarilgan  don  va  don  mahsulotlarini  tozalash,  ularga 
suv-issiqlik bilan ishlov berish,  maydalash, saralash va boshqa jarayonlarni 
yuqori  samarada  bajara  oladigan  texnologik jihozlarning  prinsiplari 
to‘g‘risida  batafsil  yozilgan.
Muhtaram  o'quvchi!  Mazkur  darslikda  yoritilgan  materiallar 
xalqimizni  sifatli  don  mahsulotlari  bilan  ta’minlash  yo'lida  qilayotgan 
izlanishlarimiz va mehnatlarimizni ozgina bo‘lsa ham yengillashtiradi degan 
umiddamiz.

ISHLAB  CHIQARISH  JARAYONINI  TASHKIL  QILISIINING 
ZAMONAVIY  SHAKLLARI  VA ASOSIY  BOSQICHLARI
l-§ .  ISHLAB  CHIQARISHDA  OQIM  SXEMASI
Sanoat  ishlab chiqarishining ancha  mukammallashgan shakli uzluksiz 
oqim  asosida  ishlab  chiqarishdir.  Bunday  usul  parallel  yoki  ketma-ket 
ishlayotgan  mashina  va  apparatlar  unumdorligi  va  ish  ritmi  bir-biriga 
mos  kelishini  talab  qiladi.
Ishlab  chiqarish  oqimi  bir  yo‘lli  va  ko‘p  yo'lli  bo‘lishi  mumkin.  Bir 
yo‘lli  oqimlar  ma’lum  bir  xom  ashyo  turidan  bir  turkumli  mahsulot 
ishlab  chiqariladigan  korxonalarda qo'llaniladi.  Bunda mahsulot ketma- 
ket  ishlab  chiqarish  jarayonining  barcha  bosqichlaridan  o‘tadi.  Bunday 
jarayon  bir  navli  un  tortish  zavodlari  uchun  xarakterlidir.
Ko‘p  yo‘lli  oqimlar  esa  shunday  korxonalarda  qo‘llaniladiki, 
bunda  tayyor  mahsulot  olish  uchun  mo'ljallangan  xom  ashyo  (yoki 
yarim  tayyor  mahsulotlar)ga  ishlov  beradigan  bir  necha  oqimlarni 
sanab  o‘tish  mumkin.  Bu  oqimlar  yordamchi  oqimlar  bo‘lib,  oxirida 
bitta asosiy -  tayyor  mahsulot ishlab chiqarishga tutashib ketadi.  Bunday 
ko‘rinishdagi  ko‘p  yo‘lli  oqim lar  omuxta  yem  ishlab  chiqarish 
zavodlarida  qo'llanilishi  bilan  xarakterlidir.  Bundan  tashqari  ko‘p  yo‘lli 
oqimlar  nafaqat  asosiy  yo‘lga  borib  birlashuvchi,  balki  asosiy  yo'ldan 
cliiqib  tarmoqlanib  ketuvchi  yordamchi  yo‘llar ko'rinishida  ham bo‘lishi 
mumkin.  Bunday  holda  ma’lum  bir  xom  ashyo  turidan  bir  necha  turli 
oxirgi  mahsulotlar  ham  olinishi  mumkin.  Ishlab  chiqarishning  shunday 
tashkil qilinishi ko‘p navli un tortish yoki yorma ishlab chiqarish zavodlari 
uchun  taaluqlidir.
Ko‘p  yo‘lli  oqimlarda  yordamchi  yo'llarning  unumdorligi  va  ritmi 
asosiy yo‘l  unumdorligi  va  ritmiga  mos  bo‘lishi  kerak.
Bog‘lanish tabiatiga  bog'liq holda oqim yo‘llari quyidagicha bo‘ladi (1.1- 
rasm):  qattiq bogli oqim shunday  oqimki,bunda  qayta ishlanadigan  ob’ekt 
bir holatdan  ikkinchi  holatga  bevosita  oqim  elementlari  o‘rtasida yuboiiladi.
Oqimdagi barcha  elementlar orasidagi  egiluvchan  bog‘l i .  Yo‘lda  har 
qaysi  zveno  unumdorlik  va  ritm  bo'yicha  mustaqil  mashinani  namoyon 
qiladi,  ammo  jarayon  uzluksiz  ijro  etilishi  uchun  bu  zvenolar  orasiga 
qo‘shimcha  sig'imlar  o‘rnatiladi.

Yarimegiluvchan  -
 bog'li  oqimda  ayiim  hududlardagi  zvenolar bir- 
biri  bilan  qattiq  bog‘langan  bo‘lishi  va  boshqa  hududlardagi  zvenolar  esa 
bir-biri  bilan  qo'shimcha  sig'imlar,  konveyerlar  yordamida  bog‘langan 
bo'lishi  mumkin.
hom ashyo 
qabuli
layyor  mahsulot 
chiqimi
hom ashyo
qabuli
К
tayyor  mahsulot
si
chiqimi
hom ashvo
qabuli
- R
tayyor  mahsulot
chiqimi
1 .1   —  ra sm .  O qim   y o  ‘H arm ing  sxem a si.
a  -  qattiq  bog'li;  b  -  egiluvchart  bog Hi;  v  -  yarim  egiluvchan  bog'li;
1  -  bog'langan  mashina;  2  -  erkin  mashina;  3  -  sig'im.
2-§.  ELEVATORLARDA  ISHLAB  CHIQARISH  JARAYONI
Elevatorlarda ishlab chiqarish jarayoni quyidagi amallami o‘z ichiga oladi:
-  donni  qabul  qilish  va  uni  navi,  yetishtirilgan jug‘rofiy  hududi  va 
asosiy texnologik xususiyatlari  (tip  bo'yicha  tarkibi,  namligi,  ifloslanganligi 
va  umumiy  shaffofligi)  bo'yicha  silosli  korpuslarga  joylashtirish;
-  donning  fizikaviy,  fiziologik  va  biologik-kimyoviy  xossalarini 
o ‘zgartirib,  uning  uzoq  saqlanishiga  imkon  beradigan  chora-issiqlik 
yordamida  quritish;
- don massasini asosiy tur dondan chiziqli o ‘lchamlari va  aerodinamik 
xossalari  bilan  farq  qiluvchi  begona  aralashmalardan dastlabki  tozalash;
-  m a’lum  fizikaviy  va  kimyo-biologik  belgilari  bo'yicha  don 
turkumlarini  shakllantirish.  Bu  narsa  davlat  standartlari  talablariga javob 
beradigan un va yorma ishlab chiqarishni ta’minlashda ishlatiladigan yuqori 
texnologik xususiyatli  don  aralashmalarini olish uchun zarurdir.

Don qabul qilish korxonalarida oqimiy-texnologik yo'llar  yordamida 
iste ’molga  va  yem -xashakka  m o ‘ljallangan  m akkajo‘xori  donini 
mexanizatsiyalashtiigan holda qabul qilish va unga ishlov  berish texnologik 
amallari  o ‘tkaziladi  va  u  quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
-  keltirilgan  makkajo'xori  donini  qabul  qilish,  tozalash  va  quritish;
-  oldindan  quritilgan  so‘tali  makkajo‘xorini  qabul  qilish  va  unga 
ishlov  berish.
3 -§ .  UN  TORTISH  ZAVODLARIDA  ISHLAB  CHIQARISH  
JARAYONI
Un  tortish  zavodlarida  ishlab  chiqarish  jarayoni  ikkita  asosiy 
bosqichdan  iborat  bo'ladi.
Birinchi  bosqich  -  donni  tozalash  va  uni  tortishga  tayyorlash.  Bu 
bosqich  quyidagi  amallarni  o ‘z  ichiga  oladi:
-  elevatorda  tayyorlangan  don  turkumlarini  don  tozalash  bo‘limiga 
qabul  qilish  va joylashtirish;
- donni chiziqli o'lchamlari (uzunligi,  eni va yo‘g‘onligi)  va morfologik 
belgilari (shakli, yuzasining makrorelefi va fizikaviy xossalari - aerodinamik, 
gidrodinam ik, 
friksion  va  boshqa  xossalari)  bilan  farq  qiluvchi 
aralashmalardan  tozalash;
-  don  yuzasiga  quruq  ishlov  berish,  birinchi  navbatda  uni  qattiq 
chang  yopishmalaridan  tozalash;
-  donni  chang  yopishmalari,  zamburug'lar  va  mikroorganizmlar, 
shuningdek  og‘ir  va  yengil  aralashmalardan  tozalash  maqsadida  yuvish;
-  endosperm  va  qobiqlarning  fizik-texnologik  va  biologik- 
kimyoviy  xususiyatlarini  maqsadli  o'zgartirish  uchun  sovuq  suv bilan 
namlash  yoki  donga  tezkor ishlov berishda  issiq  bug1'  yordamida  tasir 
ko'rsatish;
-  turli  fizik-mexanikaviy  xususiyatga  ega  bo'lgan  donlami  ancha 
yuqori  texnologik  va  oziq-ovqatbop  sifatli  aralashma  olish  uchun 
m e’yorlash  va  aralashtirish;
-  maydalashdan  oldin  donda  namlikning  endosperm  va  qobiqlar 
orasida difierensirlangan  tarzda  tarqalishini  ta’minlash uchun uni so'nggi 
namlash  va  qisqa  muddatga  namiqtirish.
Ikkinchi  bosqich  -  donni  yanchib,  un  olish  bosqichi.  U  quyidagi 
amallarni  o‘z  ichiga  oladi:
-  don  va  oraliq  mahsulotlarni  maydalash;

-  maydalangan  don  mahsulotlarini  yirikligi,  aerodinamik va  friksion 
xossalari  bo'yicha  saralash;
-  qobiqda  qolgan  endosperm  qismlarini  ajratish  uchun  kepak 
mahsulotlarini  sidirish;
-  un,  manna  yormasi  va  kepak  yirikligini  nazorat  qilish.
Ko'pgina  un  tortish  zavodlarida  unni  vitaminlash,  ya’ni  unga
maydalangan  B1  O(tiamin),  B2  O(riboflavin)  va  PP  (nikotin  kislotasi) 
vitaminlarini qo'shish ishlari tashkil etilgan.  Bu bosqich quyidagi amallardan 
taslikil  topgan:
-  vitaminlar  aralashmasini  tayyorlash;
- vitaminlar aralashmasini mikrotozalash va uni un bilan aralashtirish.
4-§.  YORMA ZAVODLARIDA  ISHLAB  CHIQARISH JARAYONI
Birinchi  bosqich 
-  yormabop  donni  tozalash  va  uni  qobig'idan 
ajratishga  tayyorlash.  Bu  bosqich  quyidagi jarayonlarni  o‘z  ichiga  oladi:
-  donni  aralashmalardan  tozalash;
-  donga  suv  va  issiqlik  yordamida  ishlov  berish  (bu jarayon  oliy 
navli  yorma  chiqimini  oshiradi,  shuningdek  yormaning  fizik-mexanikaviy 
xususiyatini yaxshilaydi va jumladan uning qaynovchanligini tezlashtiradi);
-  don  aralashmasini yirikligi bo'yicha  saralash,  bu  narsa alohida  don 
fraksiyasini qobig'idan ajratish jarayoni texnologik  samaradorligini oshiradi 
va  oliy  navli  yorma  chiqimi  ortadi.
Ikkinchi  bosqich 
-  domii  qobig'idan  ajratish.  Bu  bosqich  quyidagi 
texnologik jarayonlardan  tashkil  topadi:
- qobiqni mag'izdan zarb kuchi ta’sirida yoki donga  beriladigan normal 
va  urinma  kuchlar  ta’siri  ostida  mexanik  usul  bilan  ajratish;
-  maydalangan  qismlar,  pustloq  va  unni,  shuningdek  archilgan  va 
archilmagan  donlarni  bir-biridan  ajratish  uchun  mahsulotlarni  saralash;
-  qirqilgan  yoki  maydalangan  (perlovka,  qirqilgan  arpa  yormasi, 
bug'doy,  makkajo'xori,  suli)  yormalarining  ayrim  turlarini  hosil  qilish 
uchun  qobig'idan  tozalangan  yormani  yanchish;
-  butun  yormalarni  ishlab  chiqishda  don  yuzasida  qolgan  qobiq  va 
mo‘rtak qoldiqlarini tozalash va yormaga  xaridorgirlik  sifatini berish uchun 
uni  silliqlash  va  yaltiratish;
-  davlat  standarti  talablaridan  kehb  chiqqan  holda  hosil  qilingan 
mag'izlarni  saralash.

5-§.  OMUXTA  YEM   ZAVODLARIDA  ISHLAB  CHIQARISH 
JARAYONI
Omuxta yem  zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni quyidagi amallarni 
o‘z  ichiga  oladi:
-  boshlang‘ich  va  maydalangan  xom  ashyoni  kesak  bo'laklari  va 
metallmagnit  aralashmalardan  tozalash;
-  ozuqabop  donni  qobig'idan  tozalash;
-  yirik  bo‘lakli,  sertola  va  donli xom  ashyoni  maydalash;
- omuxta  yemning  zootexnikaviy tayinlanishidan kelib chiqqan holda 
uning  tarkibiga  qo'shiladigan  sepiluvchi  va  suyuq  komponentlarni 
me’yorlash  va  aralashtirish;
-  omuxta  yemni  mikroelementlar,  antibiotiklar  va  vitaminlar  bilan 
boyitish;
-  saqlashda  omuxta  yemning  uzoq  muddatga  chidamliligini  oshirish 
va  tashish  sharoitini  yaxshilash  uchun  presslash  va  qumaloqlash.
6-§.  URUGLARGA  ISHLOV BERISH ZAVODLARIDA ISHLAB 
CHIQARISH  JARAYONI
Makkajo‘xorining  navli  urug'iga  ishlov  berish  zavodida  ishlab 
chiqarish jarayoni  quyidagi  texnologik  amallarni  o‘z  ichiga  oladi:
- so‘tali urug'lik makkajo‘xorini qabul qilish va uni  vaqtincha saqlash;
-  so'tani  ko‘ylakchasidan  tozalash;
-  buzilgan  so'talarni  ajratish;
-  sifatli so‘talarni  quritish;
-  tozalangan  va  quritilgan  so‘talarni  donidan  ajratish;
- makkajo‘xorini geometrik belgilari va aerodinamik  xususiyatlari bilan 
farq  qiladigan  aralashmalardan  tozalash;
-  ekish  apparatlari  gardishidagi  teshik  diametrlariga  mos  qilib 
makkajo‘xori  donini  shakli  va  o‘lchamlari  bo'yicha  kalibrlash;
- urug'larni zararkunanda  va  kasallik  keltirib  chiqaruvchi mikroblarga 
qarshi  dorilash.
Ishlab  chiqarish  jarayonining  asosiy  bosqichlaridan  tashqari  ko‘zda 
to‘tilgan korxonalarda yordamchi bosqichlar ham mavjud, binobarin bular 
quyidagilar:
- ishlab  chiqarish  jarayonida tovar-moddiy hisob-kitoblarning miqdor 
sifat bo'yicha boshqarihshini ta’minlash uchun  don  va  uni qayta  ishlash 
mahsulotlarini  oqimiy  o‘lchash;

-  oraliq  m ahsulotlarni  yo‘l-yo‘lakay  tozalash,  tayyor  m ah sulo t  va 
chiq in d ilarn i  ishchi  yuzalarning  qirindisi  sifatida  yoki  ch e td a n   kelib 
qo'shilgan  m etallm agnit  aralashm alardan  oxirgi  tozalash;
-  o 'z a ro   b o g ‘llq  m ash in alar  tizim i  va  alohida  m ash in alarn in g   ish 
sam aradorligini  texnologik  nazorat  qilish;
- m ashinalam i  texnologik  va sanitar-gigienik maqsadlarda, shuningdek 
yong‘in  va  portlashga  xavfsizligini  ta ’m inlash  u chun  aspiratsiya  qilish;
-  xom   ashyoning  am allararo  va  sexlararo  gravitatsion,  m exanikaviy 
va  pnevm atik  usullarda  harakatlanishini  m exanizatsiyalash;
-  m ahsulotni m ato,  qog‘oz va k arto n idishlarga qoplash va qadoqlash;
-  m ahsulotni joylashtirish,  saqlash  va  un i  iste’m olchilarga yuborish.
Quyida xom   ashyo,  yarim fabrikatlar va  tayyor  m ahsulotning  fizikaviy
va  biologik-kim yoviy  xossalarini  m aqsadga  m uvofiq  ravishda  o ‘zgarishini 
ta ’m inlab beradigan asosiy texnologik uskunalar qurib chiqiladi.  Shuningdek, 
asosiy uskunalar yoki alohida texnologik jarayonlar u ch u n  xizm at qiladigan 
yordam chi  uskunalar h am   o ‘rganiladi.  Tayyor  m ahsulotni  qabul  qilish va 
yuborilishi  bilan  b o g ‘liq  b o 'lg a n   am allarni  bajarishga 
m o 'ljallan g an  
ta sh u v c h i-k o ‘c h irish   u sk u n a la ri,  sh a m o lla tish  
va  s a n ita r-te x n ik a v iy  
uskunalar  maxsus  kurslarda  o ‘rganiladi.
TA KRORLASH  U C H U N   SAVOLLAR
1. Ishlab  chiqarishda  oqim   sxemasi  nim a?
2.Q anday  oqim   yo'llarini  bilasiz?
3.Elevatorda  qanday  ishlab  chiqarish jarayonlari  mavjud?
4.  U n   tortish  zavodlarida  kechadigan  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 
aytib  bering?
5.Y orm a  zavodlarida  kechadigan  ishlab  chiqarish jarayonlarini  sanab 
o'ting?
6 .0 m u x ta yem  zavodlarida qanday ishlab chiqarish jarayonlari kechadi?
7 .U rug‘larga  ishlov  berish  zavodlarida  kechadigan  ishlab  chiqarish 
jarayonlariga  izoh  bering?

D O N N I  QAYTA  IS H L A S H D A   ISHLA TILA D IG A N
M A SH IN A LA R N IN G   T U Z IL M A S I  VA  T U R K U M L A N IS H I 
l- § . M A SH IN A -A PPA RA TLA R N IN G   T U Z IL M A S I VA A L O H ID A  
E L E M E N T L A R IN IN G   VAZIFALARI
Turli  m ashinalarni  o ‘rganish  u ch u n   ularning  tuzilm asi  va  alohida 
qism larining funksional vazifalarini bilish  zarur. Zam onaviy m ashina asosan 
t a ’m in lo v ch i  m oslam a, 
ish ch i  o rg a n li 
ijro 
etu v ch i  m ex an iz m lar, 
harakatlantiruvchi (dvigatelli)  m exanizm ,  shuningdek boshqarish,  sozlash 
va ximoya  qurilm alaridan  tashkil  topgan.
T a ’m in lo v c h i  m o slam a 
d a stla b k i  m a h su lo t  yoki  x o m   ash y o n i 
m ashinaga  uzluksiz  yoki  davriy  ravishda  b erish n i  t a ’m in lash  
u chu n 
m o ‘ljallangan.  Bir  vaqtning 
o ‘zida  shu  qurilm aning  o ‘zi  texnologik 
talablarga  bog'liq  holda  dastlabki  m ahsulot  yoki  xom   ashyo  hajm i  yoki 
massasi  (og‘irligi)  b o ‘yicha m iqdoriy tozalashni ham  ta ’m inlashi m um kin.
Ijro  etuvchi 
m exanizm   harakatni  m ashinaning  ishchi  organlariga 
yetkazib  berish  uchun  xizm at  qiladi.  U  ishchi  organlar bilan  bog'langan 
yetaklanuvchi,  ham da  harakatlantirish  m exanizm i  bilan  b og ‘liq  b o ‘lgan 
yetaklovchi  zvenolarni  o ‘z  ichiga  oladi.
M ashinaning  ishchi  organlari  bevosita  ishlov  beriladigan  (dastlabki, 
oraliq  va  oxirgi)  m ahsulotlarga belgilangan  texnologik jarayonga  m uvofiq 
ta ’sir  k o ‘rsatadi.  K o ‘p holatlarda bu jaray on m ashinada har qaysi  m a ’lum 
am alni bajaradigan  bir  nechta  ishchi organlari tom onidan amalga oshiriladi. 
B unaqa  m ashinalar  bir  ishchi  organli  oddiy  m ashinalardan  farqli  o ‘laroq 
m urakkab  m ashinalar  deb  yuritiladi.  Ijro  etuvchi  m exan izm lar  ishchi 
o rg a n la rn in g   ish  sh a ro itla ri  bilan   b ah o la n a d i.  U zlu ksiz  ishlayd igan  
m exanizm lar  organlari  b u tu n   ishlash  davri  m obaynida  qayta  ishlanadigan 
m ahsulot  bilan  bevosita  aloqa  (kontakt)da  bo ‘ladi.  Shuningdek,  davriy 
(uzlukli)  ravishda  ishlaydigan  m exanizm lar  ham   mavjud  b o ‘lib,  ularning 
ishchi  organlari  ishlov  beriladigan  m ahsulot  bilan  faqat  m exanizm ning 
h a ra k a t  d av ri  d a v o m id ag in a  a lo q a d a   b o ‘lib,  q o lg an   v a q td a   b u n d ay  
m exanizm ning  ishchi  organlari  ishsiz  holatda  b o ‘ladi.
Oziq-ovqat ishlab  chiqarish  sanoatining zamonaviy m ashinalari asosan 
y a k k a -in d iv id u a l  ish lay d ig an   e le k tro d v ig a te lla r  v o sitasid a  h arak atg a 
keltirilad ilar.  S anab  o ‘tilg a n   m ex a n iz m la rd a n  
tash q ari 
zam on av iy

m ashinalar  boshqaruv,  ishga  tushirish,  to'x tatish ,  nazorat,  him oya  va 
m ashina  ishini  sozlash  va  tartibga  solish  u c h u n   m o ‘ljallangan  b ir  q ato r 
qo ‘shim cha  m oslam alar  bilan  ham   ta ’m inlanadilar.
Him oya  va  oldini  olish  choralarini  amalga  oshiradigan  m oslam alar 
mashinaning  alohida  qismlarini  n o to ‘g‘ri  yoki  m ud datdan  tashqari  ishga 
tushirilishi yoki to‘xtatilishiga yo‘l qo'ymasligi va bir-biriga tegib  tuigan  mexanizm 
yoki  mashinalaming  shikastlanganda  ishdan  chiqishining  oldini  olish  kerak.
Наг qaysi  m ashina  tuzilmasining tahlili uning texnologik va  kinem atik 
sxemasini yaratishga,  shuningdek mashinalarni  hisoblash va konstruksiyalash 
uchun  zarur  b o ‘ladigan  uning  barcha  m exanizm lari,  qismlari  va  detallari 
ishining  dinamikaviy  sharoitini  aniqlashga  im kon  beradi.
2 -§ .  M A SH IN A LA R N IN G   T U R K U M L A N IS H I
K o 'p q irrali  zam onaviy  o ziq -ovq at  ishlab 
chiqarish 
san o a tid a 
qo‘llaniladigan texnologik uskunalar turli-tum andir.  Bu uskunalam i quyidagi 
um um iy  belgilari  b o 'y ich a  turkum lash  m um kin:
-  ishlov  beriladigan  m ahsulotga  ko‘rsatiladigan  ta ’sir  tabiatiga  qarab;
-  ish  davri  tuzilmasiga  qarab;
-  m exanizatsiya  va  avtom atlashtirish  bosqichiga  qarab;
-  ishlab  chiqarish  oqim iga  muvofiqlik prinsipiga  qarab;
-  funksional  belgilariga  qarab.
U m um iy belgilaridan tashqari h ar qaysi  uskuna turi o'ziga xos  maxsus 
xossa  va  xususiyatlariga ega bo'lib,  ular turkum lanishning xususiy belgilari 
sifatida o'rganiladi.  Bu xossa va xususiyatlar darslikning maxsus b o ‘lim larida 
к о ‘rib  cliiqiladi.
Ishlov  beriladigan  m ahsulotga  ko 'rsatadigan  ta ’sir  tabiati  b o 'y ich a 
m ashina  va  ap paratlar  quyidagi  tartib da  bir-b irid an   farqlanadilar: 
m ashinalarda  m ahsulot  mexanikaviy  ta ’sirga  d u ch o r  bo'ladi;  b u   yerda 
m ahsulotning  xossasi  em as,  balki  faqat  shakli,  o 'lch am lari  yoki  m exanik 
ta ’sir  ostida  bo'lgan boshqa shunga o'xshash  ko'rsatkichlarigina o'zgaradi 
xolos;  a p p a ratlar  ish ch i  m ash in alam in g   alo h id a   toifasi  b o 'lib ,  ularda 
m ahsulotga  uning  fizikaviy yoki  kimyoviy xossalarini  yoki  agregat  holatini 
o'zgartirishga  olib  keladigan  ta ’sirlar  o'tkaziladi.
Ayrim holatlarda texnologik uskunalar - b u  m ashina va  apparatlarning 
birga 
q o 'sh ilib  
uyg'un lash u v id an  
ib o rat  b o 'lib , 
u n d a  m ahsulotga 
ko'rsatiladigan  m exanikaviy,  fizik-kim yoviy,  issiqlik  va  boshqa  turdagi 
ta ’sirlar  qo'shilib  ketadi.

Barcha m ashinalarning xarakterli tom oni shundan  iboratki,  bu ishlov 
b e r ila d ig a n  
m a h s u lo tg a   b e v o s ita   m e x a n ik   t a ’sir  k o 'r s a t a d i g a n  
harakatlanuvchi ishchi organlarining  mavjudligidir.  A pparatlarning o'ziga 
xosligi - ularda m a ’lum  reaksion fazo (ishchi kam era)ning mavjudligi bo'lib, 
unda  m ahsulotga  uning  sifatini  o'zgartirish  m aqsadida  ko'rsatiladigan 
ta ’sir am alga oshiriladi.  R eaksion fazoning sig'im i jarayonning davomiyligi 
va  apparatning  talab  qilinadigan  unum dorligi  bilan   aniqlanadi.
Ishchi  davrining  tuzilm asi  bo'yicha  m ashinalar  uzlukli  va  uzluksiz 
ishlaydigan  m ashinalarga  bo'linadilar.  Uzlukli  ishlaydigan  m ashinalarda 
m ahsulotga  m a ’lu m   b ir  vaqt  ichida  t a ’sir  ko'rsatilib,  so 'n g ra   tayyor 
m ahsulot  m ashinadan  chiqariladi.  S hundan  keyin  jarayon  yangilanib,  u 
davriy  ravishda  takrorlanaveradi.  B unday m ashinalar ishchi  organlarining 
ish  rejimi  davr  m obaynida  to'xtovsiz  o'zgaradi.
Uzluksiz  ishlaydigan  mashinalarda  m a’lum  bir  vaqtda  barqarorlashgan 
ish jarayoni mavjud bo'lib,  bunda dastlabki  mahsulotningyuklatilishiva  tayyor 
mahsulotning chiqarilishi bir vaqtda amalga oshiriladi.  Bunday mashinalaming 
ishchi organlari barqaror  sharoitda ishlaydi.  Shunday qilib,  davriy ishlaydigan 
mashinalaming  vazifalari bo'yicha bir turli organ va elementlari ulami hisoblash 
va  konstruksiyalashda  o'ziga  xos  ravishda  yondashishni  talab  qiladi.
B ajaradigan  am allarining 
m exanizatsiyalash  va  av tom atlashtirish  
d a r a ja l a r i   b o 'y i c h a   m a s h i n a l a r   a v t o m a t l a s h t i r i l m a g a n , 
y a r im  
avtom atlashtirilgan va to'Uq avtom atlashtirilgan  m ashinalarga bo'linadilar. 
A vtom atlashtirilm agan  m ashin alard a 
yo rd am ch i  ja ra y o n la r  (yuklash, 
bo'shatish,  ko'chirish,  nazorat)  va ayrim  texnologik jarayonlar  insonning 
m eh n at  predm etiga  n isbatan  bevosita  aralashuvi  yordam ida  bajariladi. 
B unday  m ash in alard a  m exanizm lar  va  m eh n at  qurollari  faqat  inson 
m ehnatini  yengillashtiradi,  am m o  uni  bartaraf qila  olmaydi.
Yarim   avtom atlashtirilgan  m ashinalarda  ham m a  asosiy  texnologik 
jarayonlar  va  am allar  m ashinalar bilan  bajariladi,  faqat  ayrim   transport, 
nazorat va boshqa yordam chi am allargina q o 'l kuchi yordam ida bajariladi. 
Avtomatlashtirilgan m ashinalarda  texnologik  jarayonlar,  shuningdek barcha 
y o rd a m c h i  a m a lla r,  ju m la d a n   tra n sp o rt  va 
n a z o ra t  am a lla ri  h am  
m ashinalar  yordam ida bajariladi.  Yarim   avtom at  va  avtom atlam ing  o'ziga 
xos xususiyati -  oddiy m exanizm  va  m oslam alardan  tashqari m ashinaning 
avtom atik ishini ta ’m inlaydigan m exanizm  va qurilm alarning mavjudligidir.
Ishlab  chiqarish 
oqim iga  m osligiga  qarab  m ash in alar  alo hid a 
(xususiy),  agregat  yoki  kom pleks, 
birga  q o 'sh ilg a n   va 
sh u n in g d ek  
m ashinalam ing avtom atlashtirilgan tizimlariga b o'linadi. Agar m ashinaning

ishchi  organlari  m a ’lum   ketm a-ketlikda  b og'lan g an   tu rli  jara y o n   va 
am allarni  bajarsa,  bunday  m ashinaga  agregat  yoki  kom pleks  m ashina 
deyiladi.  B unday  m ashinalar  jarayonlarni  tezlatishni,  m ehn at  va  ishlab 
chiqarish  m aydonini  tejashni,  nobudgarchilik  ham da  talab  qilinadigan 
energiya  sarfmi  kam aytirishni  ta ’m inlab  beradi.
Agregat (kompleks) m ashinalardan  farqli  o'laroq  jarayon  va am allam ing 
m a’lum   bir  tugallangan  davrini  bajaruvchi  birga  qo'shilgan  (kombinatsiya 
qilingan)  mashinalar  ancha  takomillashgan  mashinalar  b o ‘lib  hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning bosqichli taraqqiyoti aloliida amallarni bajaradigan, agregat 
va birga qo'shilgan m ashinalardan mashinalaming avtomatlashtirilgan tizimiga 
va  uzluksiz  ishlab  chiqarish  oqim iga  o‘tishni  taqazo  etadi.
Va  nihoyat,  funksional  belgilari  bo'yicha  oziq-ovqat  ishlab  chiqarish 
sa n o a tid a   ish la tila d ig a n   b a rc h a   tex n o lo g ik   u s k u n a la m i  m a h su lo tg a  
ko‘rsatadigan ta ’siri va konstruktiv  ijrosiga  qarab prinsipial b ir  xil  m ashina 
(apparatlar)  va  avtom atlarni  birlashtiruvchi  guruhlarga  b o ‘lish  m um kin. 
Xususan, donni turli m aqsadlarda qayta  ishlaydigan texnologik uskunalam i 
quyidagi  m ashina  va  ap paratlar  guruhlariga  birlashtirish  m um kin:
1)  aso siy   tu r  d o n d a n  
e n i  va  y u g ‘o n lig i  b ila n   fa rq   q ilu v c h i 
aralashm alarni  ajratadigan  m ashinalar;
2)  asosiy  tur  d o n d an   aerodinam ik  xususiyatlari  b ilan   farq  qiluvchi 
aralashm alarni  ajratadigan  m ashinalar;
3)  asosiy  tu r  d o n d an   eni, 
yug‘onligi  va  aerodinam ik  xususiyatlari 
bilan  farq  qiluvchi  aralashm alarni  ajratadigan  m ashinalar;
4)  asosiy  tu r  d o n d a n   uzunligi  bilan  farq  qiluvchi  aralashm alarni 
ajratadigan  m ashinalar;
5)  asosiy  tu r  d o n d a n   turli  fizikaviy  xossalari  m ajm uasi  bilan  farq 
qiluvchi  aralashm alarni  ajratadigan  m ashinalar;
6)  don  yuzasiga  quruq  ishlov  beradigan  m ashinalar;
7)  donga  suv  bilan  ishlov  beradigan  m ashinalar;
8)  donga  issiqlik  bilan  ishlov  beradigan  m ashinalar;
9)  donli  va  suyuq  m ahsulotlarni  m e’yorlash  va  aralashtirish  uch un  
ishlatiladigan  m ashina  va  agregatlar;
10)  dondan m etallm agnitli aralashm alarni ajratish u ch u n   ishlatiladigan 
m ashinalar;
11)  donni  m aydalash  m ashinalari;
12)  m aydalangan  d o n   m ahsulotlarini  saralash  m ashinalari;
13)  m ay d ala n g an   o ra liq   d o n   m a h su lo tla rin i  saralash   (b o y itish ) 
m ashinalari;

14)  qobiqda  qolgan  endosperm   qism larini  ajratish  m ashinalari;
15)  yorm abop  donlarni  qobig‘idan  tozalash,  m ag‘izni  silliqlash  va 
yaltiratishda  ishlatiladigan  m ashinalar;
16)  qobig‘idan  tozalangan  yorm a  donlarini  saralashda  ishlatila  digan 
m ashina  va  apparatlar;
17)  om uxta  yem ni  presslaydigan  va  qum aloqlaydigan  m ashinalar;
18)  m ahsulot  og‘irligini  o'lchaydigan  m ashinalar.
2.1-jadvalda yuqorida  sanab  o ‘tilgan m ashina guruhlari ishlatiladigan 
sanoat  tarm oqlari  k o ‘rsatilgan.
2 .1-jadval.
D o n n i   s a q l a s h   va  u n i   q a y t a   is h la s h   k o r x o n a l a r i d a   is h la t il a d ig a n  
m a s h i n a l a r  g u r u h l a r i
Sanoatlar
Donni qayta ishlash mashina va apparatlarming turlari
1 2
3 4
5
6
7
8
9
10 11
12 13 14 15 16 17 18
Elevator
+ + + +
+
Tegirmon
+ + + + + + +
+ + +
+
+
+
+
-
-
-
+
Yorma
ishlab
chiqarish
+ + + + + + +
+ + +
+
+
+
+
+
+
Omuxta 
yem  ishlab 
chiqarish
+ + + + + + +
+ +
+
+
+
+
+
Umg'larga
ishlov
berish
+
+ + + + + + +
+
Eslatm alar:
1)  1,  2,  3,  ...,  18  raqam lar  bilan  m atnda  keltirilgan  turkum lanish 
raqam lari  ostida  belgilangan  m ashina  guruhlari  ifodalangan.
2)  «Q o‘shuv»  belgisi  bilan  d on n i  saqlash  va  qayta  ishlash  sanoat 
tarmoqlarining turli korxonalarida  ishlatiladigan mashina guruhlari belgilangan.
3 -§ .  M ASHIN ALARGA  Q O   YILADIGAN  A SO SIY   TALABLAR
Oziq-ovqat ishlab  chiqarish mashinalari ulam i loyihalash,  layyorlash va 
foydalanishda qo‘yiladigan asosiy talablar (mustahkamlik, qattiqlik va  titrashga 
chidamlilik)dan  tashqari  yana  quyidagi  talablaiga javob  berishlari  lozim:
1. 
M or texnoloeiva iaravo nlarini baiarish  im konivati.
  Boshqacha so‘z bilan 
aytganda,  mashina  va  apparatlar  to‘liq  unumdorlik  bilan  ishlagarida  ishlov

berilayotgan  mahsulotga  texnologik  optimal  ta’sir  ko‘isatishlari  kerak  va  bunda 
mahsulot  minimal  yuqotish darajasida  bo‘lmog‘i  lozim.  Shu  nuqtai nazardan 
yangi  m ash in alarn i  konstruksiyalashda  yoki  ishlayotgan  m ash in alarn i 
zamonaviylashtirishda texnologikjarayonning  optimal rejimida ishchi oiganlaming 
tezlik va harakat tiaektoriyasining dastlabki,  oraliq  va  oxiigi mahsulotning fimk- 
kimyoviy,  kimyoviy  va  biologik xossalariga mosligmi ta’minlash zarur.
2. 
Yuqori texnik-iqtisodiv sam aradorlik.
  Uning oshirilishi pirovard natijada 
jam oa  m ehnat  unum dorligining  o ‘sishi  bilan,  ya’ni  berilgan  m ashina  va 
avtom atlarda  ishlab  chiqarilgan  m ahsulot  birligiga  ketayotgan  harajatning 
pasayishi  bilan  ifodalanadi.  T exnik-iqtisodiy  sam aradorlikning  oshishini 
m ashinalar unum dorligiga tegishli b o ig a n  quyidagi parametrlar: uskunaning 
egallagan  m a y d o n i,  energiya, 
suv, 
bug*  sarfi,  tay y o rlash   m o n ta j, 
ta ’mirlash va foydalanish qiym atlari belgilab beradi.  M ashinaning egallagan 
m aydoni  deg anda  nafaqat  uning  joylashtirilgan  m aydoni,  balki  texnik 
ekspluatatsiya  qilish  u ch u n   erkin  saqlangan  m aydon  ham   tushuniladi.
3. 
M ash in a  va  ap p aratlar ishchi  o rean tarin in s vevilishea  ch id am lilig i
  - 
uskuna  u c h u n   tab iatli  b o 'lg an   m u h im   talabdir.  C h u n o n ch i,  m ash in a 
tayyorlangan  m ateriallarning  kichik  bir  b o ‘lagining  yeyilib  m ahsulotga 
tushishi  ham   uni  iste’m ol  uchun  yaroqsiz  qilib  q o ‘yadi.
4. 
M ash in asa h a rak atn i bevosita xususiv vo ki b ireu ru h  elektro d vieatellar 
to Ъ  la  m i dan  u ?atish  im kon ivati.
 
Bu  narsa  k o ‘p  holatlarda  m ashinaning 
tuzilishini  yaxshilab,  undan  foydalanish  ko'rsatkichlarini  oshiradi.
5. 
Ishlab   chiqarish b in o lari ichiga chans chiqm aslm  uchun m ashinalam ine 
ishonchli g erm etikliei va asp iratsiva q ilin ish i.
  Bu talab asosan,  don,  krahm al, 
shakar,  un  changlarining  m a’lum  konsentratsiyada portlashga xavfliligi  va 
yetarli  jadallikdagi  issiqlik m anbalarining mavjudligi tufayli ham  m uhim dir.
6. 
M ash in a  va  ap p aratlarn in e  m ehnatni  m uhofaza  q ilish  va 
ishlab  
chiqarish  san ita riva si  q o id alarid a bavon q ilin ean   (alab larg a m uvofiq ishlashi. 
Xususan,  tashqi to m o n d an  m ashinalar silliq  va ixcham  shaklni  nam oyon 
qilm og‘i kerak,  bu holat ishlab chiqarish sanitariyasi va m elinatni m uhofaza 
qilish  qoidalariga  rioya  qilishni  yengillashtiradi.
7. 
Ish   ia ra v o n in i nazorat q ilish   va  sozlashni avtom atlashtirish.
8. 
M ashin alam ing   avlanuvchan  va ilearilanm a-qavtm a h arak at q ilu vch i 
q ism larin ine sta tik   va  d inam ik  m uvoranatda  bo ‘lish i.
M ashina  detal  va  yig‘m a  qism larini  tayyorlashda  yo‘l  q o ‘yiladigan 
noaniqliklar  yoki  boshqa  nuqsonlar  oqibatida,  asosan  shu  detal  yoki 
qism lar  tayyorlashda  ishlatiladigan  m aterialning  n o to ‘g‘ri  taqsim lanishi 
natijasida  ularning  nom uvozanat  holati  yuzaga  keladi.

N om uvozanatlangan holatning  statik va dinam ik k o ‘rinishlari mavjud. 
Statik nom uvozanatlanganlik  aylanuvchan  jism   og‘irlik m arkazining uning 
aylanish  o 'q ig a  nisbatan  siljigan  holda joylashuvi  natijasida yuzaga  keladi. 
D inam ik nom uvozanatlanganlik esa jism  markaziy  enersiya o'qining aylanish 
geom etrik  o ‘qi  bilan  m os  kelmasligi  oqibatida  paydo  b o ‘ladi.
N om u vozanatlangan  detallarning  aylanish  paytida  b a ’zan ju d a  katta 
qiym atga  yetuvchi  m arkazdan  qochm a  ku ch lar  hosil  b o ‘ladi.  M ashina 
elem entlarining  nom uvozanatlanganligi bino poli va uning tayanchlarining 
titrashiga,  m ashinaning  podshipniklari  va  boshqa qism larining yeyilishiga, 
energiya  sarfm ing  oshishiga, 
m ashina  unum dorligining  pasayishiga, 
yeyilgan  d e ta lla r n i  a lm a sh tiris h g a   va  x u su siy   t a ’m irla s h  
ish larig a 
sarflanadigan  m ablag'ning  oshishiga,  m ajburiy  tebranish  va  titrashlarning 
paydo  b o ‘lishiga, 
m ashina  ish  sifatining  yom onlashuviga  va  rezbali 
birlashm alarning  o ‘z -o ‘zidan  yechilib  ketishiga  olib  keladi.
Shuning  u ch u n   ham   m ashinaning  aylanuvchan  qism lari  statik  yoki 
dinam ik  m uvozanatlangan  holatda b o ‘lm og‘i  kerak.
4 -§ .  M A S H IN A  VA APPARATLARNING TEXN OLOGIYAVIY LIGI
M ashina va apparatlarning texnologiyaviyligi  deganda  u lam i berilgan 
m asshtabda  ishlab  chiqarish  va  tayyorlashga  sarflanadigan  m ateriallarni 
tejagan holda  ular konstruksiyasining optim al texnologik jarayon  talablariga 
m os  kelishi  tushuniladi.  Shunday  qilib  texnologiyaviylik  -  m ashinalarni 
tayyorlashning  texnik-iqtisodiy  ko'rsatkichlarini  oshirish  bilan  bog‘liq 
bo'lg an   m u am m olarni  hal  qilish  u ch u n   zarur  bo'lg an   m u h im   texnikaviy 
asosdir.  M ashina  konstruksiyasining  texnologiyaviyligi  alohida  tayyorlov 
detallarini  tayyorlashdan boslilab,  toki ulam i  yig‘ish  va  tayyor  m ashinani 
sinovdan o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish jarayonining barcha 
b o s q ic h la r ig a   t a a l u q li d ir .  O z iq - o v q a t  is h la b   c h iq a r is h   m a s h in a  
(apparat)larining  u m um iy  m eh n at  sig‘im i,  m aterial  sig'im i  va  massasi 
ularning  texnologiyaviylik  ko'rsatkichlari  bo 'lib   hisoblanadi.
M ashinaning um um iy m ehnat sig‘imi  tayyorlov jarayonlarining sig‘imi, 
ishlov berishning mexanikaviy,  termik va boshqa turlarini,  m ashinani yig‘ish 
va  sinov dan  o 'tk a z is h   kabi  ishlarni  o ‘z  ichiga 
oladi.  M ash in alarn i 
konstruksiyalashda m ehnat sig'imining pasayishiga ularning detal va qismlarini 
unifikatsiyalash  va  norm allashtirish  ishlari  ta ’sir  ko ‘rsatishini  hisobga  olish 
kerak.  Bu  narsa  m ashinadan  foydalanganda  uning  zarur  ehtiyoj  qismlarini 
qisqartirishga  va  ta ’m irlash  ishlarini  osonlashtirishga  im kon  beradi.

M ashinaning  material  sig'im i  va  massasi  materialning  um um iy  sarfi 
haqida fikr yuritishga im kon beradi.  M ashina va apparatlam i yasashda ulaiga 
sarfbo'ladigan m etall m iqdorini tejashni doim o esda tutm oq kerak.  M ashina 
va  apparatlarni  konstruksiyalashda  detallar  massasini  kamaytirish  u ch u n  
yuqori m exanik xususiyatli materiallami tanlash maqsadga muvofiqdir. B unda 
alohida  qism larni  shtamplab  va  pishirib  ish  tutish  maqsadga  muvofiqdir.
M ash in a  d etal  va  qism larini  unifikatsiyalash  va  n o rm allash tirish , 
standartlashtirilgan detal va buyumning maksimal  keng miqyosida q o ‘llanilishi 
mashinalaming seriya va texnologiyaviyligini oshiradi, binobarin,  unumdorlikni 
ham   oshirib  ishlab  chiqarish  tannarxini  pasaytiradi,  lo y ih alash tirishn i 
soddalashtiradi  va  tezlashtiradi,  m ashinaning  ta ’mirlash  m urakkabligini 
pasaytiradi  va  ehtiyot  qism lar  nom enklaturasini  qisqartiradi.  M etallarni 
mustahkamlashning zamonaviy progressiv usullaridan  keng  foydalanish  lozim. 
Bu  usullaiga  roliklar  bilan  to'sinlash,  termomexanikaviy  ishlov  berish,  yuza 
qismini chiniqtirish, ssementlash, azotlash, xromlash, sulfidlash,  mashina ishchi 
organlarining  yuzasiga  maxsus  materiallami  sepib  yopishtirish  islilari  kiradi.
M asliinalami yasashda va ta’mirlashda sintetik materiallar (plastmassa)dan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu materiallaming zichligi k ichikbo‘lishiga 
qaramasdan,  ular yetarlicha mexanik m ustahkamlik,  egiluvchanlik,  elastiklik 
va  yuqori  yeyilishga  chidamlilik  darajasi  bilan  ajralib  turadi.
K o‘p holatlarda  sintetik  materiallardan foydalanish nafaqat m ashinaning 
massasini  pasaytiribgina qolmasdan, balki uning ishonchliligi va chidamliligini 
ham   oshiradi  va  shu  bilan  birga  tayyorlash  tannarxi  va  m ehnat  sig‘im ini 
kamaytiradi.  M etallning  o ‘rniga  plastm assaning  ishlatilishi  katta  iqtisodiy 
sam aradorlikka  olib  keladi,  biroq  detallarni  loyihalashda  ularning  fizik- 
mexanikaviy  xossalarini  sinchiklab  o'rganish  va  hisobga  olish  zarur.
M ashina  va  apparatlar  alohida  murakkab  b o ‘lmagan  birlashm alardan 
tashkil topgan bo‘lmog‘i kerak.  Bu talabning bajarilishi ulami bo‘laklash,  tashish 
va  montaj  qilish  va  ta ’mirlash  paytida  bajariladigan  ishlami  osonlashtiradi.
M aterial va  detallarning  davlat  standartlari  talablariga  mos  kelishi  - 
ularni  o ‘zaro  alm ashtirishning  zaruriy  shartidir.
TA KRORLASH  U C H U N   SAVOLLAR
1.M ashina  va  apparatlar  qanday  um um iy  qism lardan  tuzilgan?
2.M ashinalar  qaysi  um um iy  belgilariga  qarab  turkum lanadi?
3.M ashinalarga  qo'yiladigan  asosiy  talablarni  aytib  bering.
4 .M a sh in a   va  a p p a ra tla rn in g   texnologiyaviyligi  d egand a  n im a n i 
tushunasiz?

A SO SIY  T U R   D O N D A N   E N I  YA Y O 'G O N L IG I  BILAN  FARQ 
Q IL U V C H I  ARALASHM ALARNI AJRATADIGAN  M A SH IN A LA R
l - § .   VAZIFALARI  VA  IS H L A T IL IS H   O 'R N I
Bir-biridan geom etrik belgilari va fizikaviy xossalari  bilan farq  qiladigan 
sochiluvchi  m ateriallam i  guruhlarga  b o 'lish   jarayoniga  ajratish  jarayoni 
deyiladi.  B ujarayonni am alga oshirishda ishlatiladigan m ashinalarga g'alvirli 
ajratgichlar  deb  ataladi.
G 'alvirli ajratgichlar donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida asosiy 
tu r  donni  chiziqli  o ‘lcham lari  (eni  va  yug'onligi)  bilan  farq  qiladigan 
begona aralashm alardan tozalash maqsadida; iste’molga m o'ljallangan  donni 
qobig‘idan  ajratishga tayyorlashda uni yirikligi bo'yicha alohida guruhlarga 
b o 'lish   m aqsadida,  shuningdek  m aydalangan  don 
m ahsulotlarini 
va 
qobig'idan  ajratilgan  donni  saralash  paytida  ishlatiladi.
O m uxta  yem   zavodlarida  tuz,  bur,  baliq,  suyak  va  gusht  unidan, 
s h u n in g d e k   m a y d a la n g a n   siq m a  va  k u n jara  m a h s u lo tla rin i  b e g o n a  
aralashm alardan ajratish  m aqsadida ulam i g'alvirli ajratgichlarda  elashadi. 
U rug'larga  ishlov  berish  zavodlarida  g'alvirlar  yordam ida  m akkajo'xori 
urug'lari  shakli  va  o'lcham lari  bo 'y ich a  saralanadi.
Elash  natijasida  tarkibi  h ar  xil  qism lardan  iborat  bo 'lgan   dastlabki 
m ahsulot ikki qismga bo'linadi (3.1-rasm).  A ralashm aning elak  yoki g’alvir 
teshiklaridan  o 'tg a n   qism iga  elanm a,  m ahsuloti,  uning  g'alvir  yuzasidan 
sirpanib  tush gan  qism iga  esa  qoldiq  m ahsuloti  deyiladi  *
3 .1 -r a s m .  G ‘a lv ird a   d o n   a ra la sh m a sin in g   i k k i  g u ru h g a   b o 'lin ish i.
* Bundan so‘ng shaitli ravishda donni begona aralashmalardan tozalash yoki butun 
donlami guruhlarga ajratishda  ishlatiladigan ajratish vositalarini g'alvirlar,  maydalangan 
yoki  yormalangan  don  mahsulotlarini  geometrik  o'lchamlari  bo'yicha  saralashda 
ishlatiladigan  ajratish vositalarini  esa  elaklar deb yuritamiz.
Yirik fraksiya (qoldiq)
Mayda fraksiya 
(clanma)

A ylana teshikli  g 'a lv irla r  eni  teshik  d ia m e trid a n  k a tta ro q  b o 'lg a n  
n arsalarni  ushlab qoladi.  S h u n in g   u ch u n  b u n d a y   g 'a lv irla rd a  m ah su lo t 
alo h id a  za rra la rin in g   eni  b o 'y ic h a   b o 'lin a d i  yoki  d o n   aralash m asid an  
asosiy tu r  d o n d a n   en i  b ilan   farq   qiluvchi a ra la sh m a la r ajratib o lin adi.
U z u n c h o q  teshik li  g 'a lv irla r y ug'onligi  shu  te sh ik   e n id a n   k a tta ro q  
b o 'lg a n  
narsalarni  u shlab  qoladi. 
B unday  g 'a lv irla rd a n   dastlabki 
m ahsulo tn i ayrim  zarralarin in g  yug'onligi b o 'y ic h a   g u ru hlarg a b o 'lish d a  
yoki  asosiy  tu r d o n n i y ug'onligi b o 'y ich a farq  qiluvchi aralash m alard an  
to z a la sh d a   foydalanish  m um kin .
G 'a lv ir li  a jr a tg ic h la r n in g  
ish in i 
b a h o la s h   u c h u n   q u y id a g i 
k o 'rsa tk ic h la r  qabul  qilingan:
un u m d o rlik  Q  - vaqt birligi  ichida  m ashinaga tu sh g an  d o n   m iqdori,
d o n n i  a ralash m alard an   to zala sh   sam arado rlig i  E ,  %;  ch iq in d id ag i 
to 'la q o n   d o n n in g   m iqdori  a,  y a’ni  ajratish  ja ra y o n in i  sifati  jih a td a n  
bah o lash ,  %.
G 'a lv irli  ajratg ich larn in g   unum d o rlig i  m a h su lo t  b alan s  natijalari 
b o 'y ic h a   an iq lan ad i  va  q u y id ag ich a  ifodalanadi:
bu  yerda: 
G
  -  m ash in ag a  tu sh ay o tg an   d astlab k i  d o n n in g   m assasi,
t
  -  balans  olish  vaqti, 
s.
D o n n i  a ralash m alard an   to z a la sh   sam aradorlig i  quyidagi  fo rm u la 
b o 'y ic h a   an iq lan ad i  (% ):
bu  yerda: 
A
  -  dastlabki  don d ag i  ajralishi  k erak   b o 'lg a n   b ego na 
a ra lash m alar  m iq d o ri,  %;
В  -
  to zalash d an   s o 'n g  d o n d a  qolgan b e g o n a  aralash m alar m iqdori,
a
  -  ajratilgan  a ra la sh m a la r  m assasiga  n isb atan   c h iq in d id a   qolgan 
to 'la q o n   d o n la r  m iq d o ri,  %.
B u n d a n   ta sh q a ri  y a n a   q u y id ag i  fo rm u la   y o rd a m id a   h a m   d o n  
to z a la sh   m ash in alam in g   sam arad o rlig in i  an iq lash   m u m kin :
kg/s;
Q  =  G / f,
  (3.1)
E
 =  —— — (1 0 0 - a )   ;
A
(3.2)
%;

Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling