Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalari
Download 133.66 Kb.
|
Kimyo texnologiya 1 Kimyoviy texnologiya fani va uning vazifalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Adsorbsiya, absorbsiya jarayonining
- Rektifikatsiya
Molekulyar diffuziya, ko'pincha oddiygina chaqiriladi diffuziya, bu barcha (suyuq yoki gaz) zarrachalarning issiqlik harakati harorat yuqorida mutlaq nol. Ushbu harakatning tezligi haroratga bog'liq, yopishqoqlik suyuqlik va zarrachalarning kattaligi (massasi). Diffuziya to'rni tushuntiradi oqim yuqori konsentratsiyali hududdan past konsentratsiyali biriga molekulalar. Turbulent oqim (lot. turbulentus — joʻshqin, tartibsiz) — turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik (gaz) oqimi (qarang Turbulentlik). Turbulent oqimda suyuqlik (gaz) ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boʻylab tartibsiz, beqaror harakat qiladi. Bunda oqimdagi har bir nuqta tezligi vaqt utishi bilan oʻzgaradi va pulsatsiya (jadal) tusida boʻladi. Bosimda ham pulsatsion oʻzgarish roʻy beradi, siqilayotgan suyuqlikning zichligi esa oʻzgaradi. Jadal tartibsiz aralashuv tufayli Turbulent oqim yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalar (mas., yonish)ni tez tarqatish, tovush va elektromagnit toʻlqinlarni sochish, shuningdek, impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega. Bunda Turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jism (zarra, toʻlqin)lar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli kattagina energiya yoʻqotishlari sodir boʻladi. Turbulent oqim davrida harakat qilayotgan suyuqlikning ayrim massalari intensiv ravishda aralashib turadi.
9. Adsorbsiya, absorbsiya jarayonining tezligi. Adsorbsiya – qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat)larning konsentrlanishi (yutilishi). A. adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch ta’sirida sodir boʻladi. Adsor-bat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir (mono-), ikki (bi-) va hokazo koʻp (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil boʻladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi ma’lum dara-jaga yetganidan keyin desorbsiya boshla-nadi. Yutilgan modda adsorbsion qavatda oʻz xususiyatini saqlab qolsa, fizik A., oʻzgarsa, ya’ni adsorbent bilan kimyoviy bi-riksa, kimyoviy A. deyiladi. Fizik A. temperatura, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bogʻliq. A. hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan oʻgʻit, avvalo tuproqqa A. lanadi. Oʻsimlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali A. jarayoni asosida oʻzlashtiradi. A. gaz va suyuq aralash-malarni ajratish-da (qarang Xromatografiya), biologik jarayon-da, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qoʻshilmalardan holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda A. dan keng foydalaniladi. 10. Rektifikatsiya. Rektifikatsion kalonnalari. Rektifikatsiya jarayonining texnologik sxemasi Rektifikatsiya (lot. rectus — oddiy va ... Rektifikatsiya) — suyuq aralashma komponentlarini rektifikatsion kolonnalarda haydash usulida ajratish. R. muvozanatda boʻlmagan (suyuq va bugʻ) fazalar orasida issiklik va moddalarning diffuzion almashinishiga asoslangan. R. qaynash tralari yaqin boʻlgan suyukliklar aralashmalarini ajratish zaruriyati boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda suyuq aralashma bugʻlari kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan bugʻning yangi qismi koʻp marta uchrashadi. Kolonna qarshi oqim prinsipida ishlaydi. Yuqoriga koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ qaynash trasi past boʻlgan komponent bilan boyib, uning qaynash trasi pasayib boradi. Suyuqlik esa qaynash trasi yuqori boʻlgan komponentlar bilan boyib, uning kaynash trasi yuqorilashaveradi 11. Kimyoviy texnologiya.va ekologiya Download 133.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling