Kimyo va kimyoviy texnologiya


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana10.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1348908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)

 
 



Ma’ruza № 1. 
Mavzu: Kirish Kal’sinasiyalangan soda ishlab chiqarish tarixi va ahamiyati. 
 
Reja: 
1. Soda ishlab chiqarish tarixi va axamiyati. 
2. Sodaning xalq xo‘jaligidagi qo‘llanilishi. 
 
Tayanch so’z va iboralar: soda, Lebl an usuli, Sol’ve usuli natriy karbonat, 
nefelin, shisha, rangli metallurgiya, neft kimyo, tibbiyot, oziq-ovqat, syellyuloza, 
qog‘oz sanoati, karbonizasiya. 
Kal’sinasiyalangan soda - Na
2
CO
3
, molekulyar massasi-106, natriy karbonat 
kristall kukun, zichligi 2,53 g/sm
3
, suyuqlanish temperaturasi 853
0
C, suvda yaxshi 
eriydi. Soda (natriy karbonat) qadimgi davrlardan ma’lum bo‘lgan. Soda dengiz 
o‘simliklar ko‘llari va tabiy sodaviy ko‘llardan olingan. 
1775 yilda fransuz olimi Leblan sanoatda quyidagi usul bo‘yicha soda ishlab 
chiqarishni taklif etgan: 
2NaCl

H
2
SO
4

Na
2
SO
4

2HCl 
Na
2
SO
4
+ CuCO
3

2C 

Na
2
CO
3

CuS

CO
2
Xosil bo‘lgan qattiq moddadan suv yuvish usuli bilan soda eritmasi olingan. 
Eritmani bug‘latish natijasida qattiq soda ishlab chiqarilgan. 
1865 yilda Belgiyali muxandis Solve soda ishlab chiqarishning ammiakli 
usulini amalga oshirgan: 
NaCl 

NH


CO


H
2


NaHCO


NH
4
Cl 
2NaHCO
3

Na
2
CO
3
+ CO
2
Leblan usuliga nisbatan Solve usuli quyidagi ijobiy tomonlaridan iborat: 
1. Maxsulotning sifati yukori, toza soda xosil bo‘ladi; 
2. Ishlab chiqarish jarayoninging uzliksizligi; 
3. Mexnat sharoitlari yaxshilanishi va ish kuchi kam sarflanishi; 
4. Elektroenergiya va yoqilg‘ilarning kamroq sarflanishi; 
O‘zbekiston Respublikasini xalq xo‘jaligi uchun sodaga talab katta 
bo‘lmoqda. Xozirgi kunda soda xorijiy davlatlardan katta miqdordagi valyuta bilan 
inport qilinadi. Shuning uchun Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot shaxrida 
soda zavodi qurilgan. Bu zavod xam soddani Solve usulida ishlab chiqaradi. 
Yuqoridagi usullardan tashqari sodani natriy gidrooksididan olish mumkin: 
2NaOH 

CO


Na
2
CO


H
2




Rossiyada soda nefelin tabiiy rudasidan xam olish usuli mavjud. Bu ruda 
tarkibida asosan nefelin bo‘lib (3Na
2
O

K
2
O

4Al
2
O
3

9SiO
2
), undan alyuminiy oksid, 
potash va syement maxsulotlari xam ishlab chiqariladi. 
Sodaning xalq xo‘jaligidagi qo‘llanilishi. Soda xalq xo‘jaligida ko‘p 
saxolarda qo‘llaniladi va shuning uchun bu maxsulot ko‘p miqdorda ishlab 
chiqariladi. Xozirgi kunda jaxon bo‘yicha 30 mln. t dan ortiq soda ishlab 
chiqarilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida bir yilda 120000 tonna miqdorida sodaga talab 
bor. 
Soda xalq xo‘jaligigining quyidagi soxalarida qo‘llaniladi: 
1. Kimyo sanoatida (fenol, bo‘yoq moddalar ishlab chiqarish uchun); 
2. Shisha ishlab chiqarish sanoatida;
3. Rangli metallurgiyada
4. Oziq-ovqat, syellyuloza, qog‘oz sanoatida; 
5. Neft kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida
6. Tibbiyot sanoatida; 
7. Elektrotexnika sanoatida
8. Boshqa soxalarda. 
Rasm-1. Soda ishlatiladigan soxalar. 
Nazorat savolari 



1. 
Soda ishlab chiqarish qanday usullari bor? 
2. 
Sodaning xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi? 
3. 
Sodaning asosiy xom ashyolari? 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling