Kimyo va kimyoviy texnologiya


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/28
Sana10.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1348908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)

KTS texnologik sxemasi. 
Diagrammaning ARP

bo‘yicha kesimi:
i
*
LBN
– muvozanatdagi eritmadagi suv miqdori; i
R.pr
– texnologik eritma tarkibidagi 
suv miqdori; i
p1
– R1 eritmadagi suv miqdori; R – reaksion aralashmaning figurativ 
nuqtasi. 


12 
Diagramma asosida osh tuzining ammoniy bikarbonat bilan ta’sirlashuvi natijasida 
natriy bikarbonat va ammoniy xlorid xosil bo‘lishi aniqlangan. Ushbu sistemada 
natriy bikarbonatining eruvchanligi nihoyatda kam, chunki muvozanatdagi eritmada 
1 mol bikarbonat 4240 mol suvda eriydi, ya’ni amalda qattiq fazaga tushadi. 
Jarayonning mohiyati shundan iboratki, dastlab ammiak bilan to‘yingan namakopni 
uglerod dioksidi bilan qayta ishlanganda eritmani neytralizasiyasi kuzatiladi va 
natijada issiqlik ajraladi. Keyinchalik eritmada ugleammoniyli tuz miqdori ortishi 
bilan uning osh tuzi bilan ta’sirlashuvi boshlanib, natijada soda xosil bo‘ladi, ya’ni 
tarkibida uglerod dioksidining ko‘payishi bilan kam eruvchan birikma natriy 
bikarbonati hosil bo‘ladi. Amaliy nuqtai nazardan nafaqat bikarbonat unumini 
oshirish qiziqish uyg‘otadi, balki olinadigan bikarbonat cho‘kmasining sifati (fizik 
xossalari, strukturasi) katta ahamiyatga ega. Kristallarning o‘lchamlari sovitish 
jarayeniga bog‘liq bo‘ladi. Strukturasi esa filtrasiya jarayenini oson va tez borishiga 
ta’sir ko‘rsatadi. O‘ta tez sovitish natijasida juda mayda dispers zarralar hosil 
bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida filtrlash tezligiga ta’sir etib normal jarayenni 
qimmatlashishiga olib keladi. Optimal harorat korxonalarda 28-30°S ga teng.
Asosiy bosqichlar tavsifi. 
-Karbonatli xom asheni olish: qazish, portlatish ishlari, maydalash, sortirovka va 
transportirovka; 
-Karbonatli xom asheni qayta ishlash: kuydirish, sovitish va uglerod dioksidini 
tozalash, oxakni so‘ndirish va oxakli sut olish; 
-namakopni tozalash: xom namakopni reagentlar bilan reaktorda ta’sirlashuvi va uni 
tindirish; 
-absorbsiya: gazlarni ammiakdan tozalash, natriy xlorid eritmasini ikki bosqichli 
ammiak va qisman uglerod dioksidi bilan to‘yintirish, ammonizasiyalangan eritmani 
sovitish; 
-Karbonizasiya: karbonizasiya jarayenidagi gazni ammiakdan tozalash (uglerod 
dioksidini ushlab qolish bilan boradi), dastlabki karbonizasiya, cho‘ktiruvchi 
minoralarda natriy gidrokarbonat ajralishi bilan boradigan karbonizasiya, ajralgan 


13 
uglerod dioksidini siqish (xom ashyoni qayta ishlash va kalsinasiya bo‘limidan 
ajralgan); 
-filrlash: filtrlarda natriy gidrokarbonatni ajratish va xavoni vakuum-nasoslar 
yerdamida so‘rish; 
-kalsinasiya: soda pechlarida natriy gidrokarbonatini parchalash va suvsizlantirish, 
soda pechlaridan chiqqan uglerod dioksidini sovitish va tozalash
-ammiak regenerasiyasi (distillyasiya): filr suyuqligini isitish va uni aralashtirgichda 
oxakli suspenziya bilan aralashtirish va ta’sirlashtirish, ammakni distillerda 
xaydash. 
Nazorat savolari 
1. Soda ishlab chikarish qanday usullari bor? 
2.Sodaning xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi? 
3.Solve usulida sodani olish? 
 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling