67
Sutning konsentrasiyasi qancha yuqori bo‘lsa, texnologik sarf tomondan shuncha
yaxshi bo‘ladi. Distillyasiyaga qancha kam suv kelsa, regenerasiya jarayonida uni
isitish uchun shuncha kam issiqlik sarflanadi.Maksimal konsentrasiyalik suspensiya
o‘ta qovushqoq bo‘ladi.
Uni transportirovka qilish, qo‘shimchalardan ajratish va
dozirovkalash mushkul bo‘ladi.Qovushqoqlik
nafaqat konsentrasiyaga, balki
haroratga ham bog‘liqdir. Harorat oshishi bilan, qovushqoqlik kamayadi. Shuning
uchun uni 60-65 ˚S li suv yordamida 95 ˚S li qilib tayyorlashadi.
Disperslik.
Distillyasiya davomida eritmadagi erigan
ohak reaksiyaga kirishib, zarra
qo‘rinishidagisi eritmaga o‘tadi. Eruvchanlik
ohak zarrachalarining katta-
kichikligiga bog‘liq.Katta-kichiklik, ya’ni disperslik esa – so‘ndirish tezligiga
bog‘liq. U qancha tez bo‘lsa, disperslik ham shuncha yuqori bo‘ladi. So‘nish tezligi
esa, o‘z navbatida kuydirishdagi harorat va so‘ndirishga berilayotgan suv haroratiga
bog‘liq bo‘ladi.Ya’ni so‘ndirishga berilayotgan suvning
harorati qancha yuqori
bo‘lsa, so‘nish tezligi shuncha tez va disperslik ham ancha yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: