Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Ma’ruza № 13. Mavzu: Kalsinasiyaning texnologik sxemasi. Reja: 1. Kalsinasiyaning texnologik sxemasi. 2. Kalsinasiyaning texnologik sxemasi bayoni. 3. Kalsinasiya jarayoni. Tayanch so’z va iboralar: kalsinator, soda o‘chog‘i, vakkum-filtr, gazlar kollektori, transporter, vibrota’minlovchi, siklon, yuvitgich, sovutgich, sentrifuga, baraban. 60 Kalsinasiyaning texnologik sxemasi Kalsinasiya jarayonlarini amalga oshirish uchun returli yoki retursiz ta’minlash bilan soda O‘choqlari va bug‘li kalsinatorlar qo‘llaniladi. Quyida 11 chi rasmda natriy gidrokarbonatning kalsinasiya jarayonida aylanma bug‘ kalsinatorlar qo‘llanilgan texnologik sxema keltirilgan. Filtrlarda yuvilgan natriy gidrokarbonat umumiy lentali transporterdan (10) plujkali tashlovchi (7) yordamida vibrota’minlovchining (5) bunkeriga (6) beriladi. Bu yerdan vibrota’minlovchi va lentali transporterlar (4) bilan yacheykali ta’minlovchi (3) orqali aralashtiruvchiga (2) beriladi. Aralshtiruvchiga retur soda va siklondagi (11) kalsinasiya gazlaridan ajratilgan sodalar kelib tushadi. texnologik sxemasi bayoni Aralashtiruvchida tayyorlanayotgan sodagidrokarbonat aralashmasi (trona) kalsinator (1) barabanining trubalararo moydaniga yuboriladi. Baraban egilishi va aylanishi xisobiga kalsinasiya qilinayotgan massa issiqlikuzatuvchi yuza bilan (kabirg‘alangan trubalar) kontakt qiladi va qabirg‘alangan trubalarni bo‘ylab maxsulot chiqish tomoniga yuradi. Issiqlik asosan natriy gidrokarbonat namligini bug‘latishga, parchalanish kimyoviy reaksiyalari va maxsulotning qizdirilishlariga sarflanadi. Trona qizdirilishi xisobiga kalsinasiyalangan soda va kalsinasiya gazlari (CO 2 +NH 3 +H 2 O) xosil bo‘ladi. Yacheykali ta’minlovchi (15) orqali kalsinasiyalangan soda kalsinatordan chiqariladi va transporterlar (8,9,16) tizimlariga kelib tushadi. Ta’minlovchi orqali egilgan transporterdan (8) aralashtiruvchiga soda olinadi. Sodaning qolgan qismi transporterlar (9,14) bilan omborga beriladi. Aralashtiruchi (2) orqali kalsinatordan kalsinasiya gazlari chikarib yuboriladi. Aralashtiruvchida kompressor yordamida vakkum xosil bo‘ladi. Kompressordan oldin gazlar siklonlarda (11) quruq xamda kalsinasiya gazi kollektorlari (12) va yuvitgichda (22) da xo‘l tozalanishadn o‘tadilar. Yuvitgichdan oldin kalsinasiya gazlari sovutgichda (20) sovutiladi. Kalsinasiya gazlarning sovitgichida suv bug‘larning kondensasiyasi natijasida xosil bo‘ladigan ojiz suyuqlik kalsinasiya gazlarining kollektorlariga beriladi. Ushbu suyuqlik gaz bilan tutushgan natijasida qisman ammiak va soda changini o‘ziga yutib oladi. Bundan keyin suyuqlik yig‘indiga (19) kelib tushadi. Sovutgichda (20) trubalar orasida gaz tepadan pastga karab utadi, trubalarning ichida esa karama qarshi sovutadigan suv yuradi. Sovutgich trubalari kristallanmaslik va gazning soda changidak yaxshi yuvilishi uchun trubalar orasiga ojiz suyuqlik sepiladi. Yuvitgichda gazga suv sepilgan xisobiga u qo‘shimcha sovutiladi xamda soda va ammiakdan to‘liq yuviladi. Kalsinatorni qizdirish uchun yuqori bosimli suv bug‘i beriladi. Kalsinatorga berishdan oldin suv bug‘i reduksion sovutgich qurilmadan (ROU) o‘tadi xamda bu 61 yerda uning xarorati 270 0 C va bosimi 3 MPa gacha pasaytiriladi. Kalsinasialanayotgan materialga issiqlikni berib, kalsinator trubkalari ichida suv bug‘i kondensosiyalanadi. Kalsinatordan kondensat yig‘uvchisiga (17) beriladi va undan keyin kengaytiruvchiga past bosimli bug‘ga aylanishi uchun. Returli soda o‘choqlarni qo‘llaydigan sxemalar ko‘rilgan texnologik sxemaga o‘xshash bo‘ladi. Retursiz soda o‘choqlari qo‘llanganda nimmli natriy gidrokarbonat o‘choq barabaniga maxsus tashlovchi orqali beriladi. Uning soda bilan aralashishi o‘choqning ichida o‘tadi va shuning uchun texnologik sxemadan aralashtiruvchi chikarib tashlanib, sodaning transportirovkachi soddalashadi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, vakkum-filtrdan keyin natriy gidrokarbonat tarkibida namlik miqdori 16-18% ni tashkil qiladi. Kalsinasiyaga sarflanadigan 40% issiqlik ushbu namlikni bug‘latishga sarflanadi va shuning uchun natriy gidrokarbonatning namligini kamaytirish kalsinasiyaga energiya sarflanishi kamaytirishining samarali yo‘li deb xisoblanadi. Sentrifugada namlikni ajratgan xolda natriy gidrokarbonatning namligini sezilarli miqdorda kamaytirish mumkin (4-8% gacha). Syentrifugalar yordamida natriy gidrokarbonatning namligini kamaytirilishini bir necha variantlari ma’lumdir. Filtrda natriy gidrokarbonatni yuvilish yoki yuvilishsiz bilan filtr-syentrifuga apparatlari qo‘llanilishi eng perspektivli xisoblanadi. Bu usullar Yaponiya va germaniya soda zavodlarida qo‘llanilyapti. Filtrli suyuqlik bilan moyda kristallik natriy gidrokarbonatning yo‘qolishlari yuqori bo‘lgani uchun syentrifuga kam qo‘llaniadi. Na 2 CO 3 va qo‘shimchalarning sodadagi miqdori boshlangich natriy gidrokarbonatning tarkibi va jarayon temperaturasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Jarayon xarorati chiqayotgan soda xarorati bilan bog‘langan bo‘ladi. Apparatlarda materialni qizdirish vaqti va jarayon o‘tkazish sharoitlar bilan soda uoqidagi xarorat rejimi belgilanadi. Barabanning to‘ldirish koeffisiyenti 0,3 bo‘lgan xolda returli soda o‘choqida material bir soatgacha va bug‘li kalsinatorda 20-25 min bo‘ladi. Namli natriy gidrokarbonat soda bilan aralashgan natijasida ko‘saklar xosil bo‘lishiga olib keladi va retursiz soda o‘choqlarida kalsinasiya xarorati oshib ketadi. Bunday xollarda yirik granullalarning barcha massasi bo‘yicha kalsinasiya jarayonini yakunlash uchun xarorat oshirilishi zarurdir. 62 Rasm - 13. Kalsinasiya bo‘limi sxemasi. 1 – bug‘ kalsinatori; 2 – ta’mirlash aralashtiruvchisi; 3,15 – yacheykali ta’mirlagich; 4,10 – lentali transporter; 5 – silkuvchi ta’mirlagich; 6 – teka bunker; 7 – plujkali tushiruvchi; 8 ,9,14,16 – transporter; 11 – siklon; 12 – kalsinasiya gazi kollektori; 13- separator; 17 – kondensat yig‘gich; 18 – markazdan qochma nasos; 19 – kuchsiz eritma yig‘gich; 20- kalsinasiya gazi sovutgichi; 21 – reduksiyali sovutgich qurilmasi (RSQ); 22 – kalsinasiya gazini yuvgich; 23 – yuvilgan eritma sig‘imi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling