Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Ma’ruza № 11. Mavzu: Distillyatsiya bo’limining texnologik sxemasi. Reja: 1. Distilyasiya bo‘limining texnologik sxemesi. 2. Distillyasiya yoki regenerasiya Tayanch so’z va iboralar: Filtrli suyuqlik, gidrokarbonat va karbonat, ammiak, uglerod dioksidi, gipsli cho‘kma, natriy sulfat, distillyasiya minorasi, issiqlik almashinish apparati 52 Distillyasiya bo‘limining texnologik sxemasi Quyida (9 rasm) ojiz suyuqliklar va filtrli suyuqliklarning distillyasiya jarayonlari texnologik sxemasi keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, filtirli suyuqlik distillyasiya gazlarining kondensator-sovutgichiga (KKDS) kelib tushadi. Kondensator bir birining ustiga joylashgan korpus sarglardan iborat topgan. Xar bir korpusda plastina paketlardan montaj qilingan seksiyalar mavjud. Filtrli suyuqlik xar bir sargning tepa qismga beriladi va uning pastgi qismidan chiqib, keyingi sargiga o‘tadi. Suyuqlikdan chiqayotgan dioksid uglerod maxsus kommunikasiyalar orqali xar bir sarganing tepa qismidan tortilgan trubalar orqali absorbsiyaga yuborilayotgan gazning umumiy kollektoriga beriladi. Xosil bo‘layotgan kondensat ojiz suyuqliklar distillyasiya minoralariga yuboriladi. Variant sifatida kondensat distillyasiya issiqlik almashish yo‘nalishi mumkin (sxemada ko‘rsatilgan). KXDSdan o‘tgan filtrli suyuqlik 70-75 0 C gacha qizdiriladi va distillyasiya issiqlik almashishish apparatini tepa sargasiga (2) kelib tushadi. Bu yerda filtrli suyuqlik tepaga ko‘tarilayotgan bug‘gazli aralashma bilan tutashib, tepadan pastga qarab yuboriladi. TDS bir birining ustida joylashgan aloxida sarglardan iborat va ularning orasida kontakt elementlar o‘rnatilgan bo‘ladi. TDSda suyuqlikning tarkibidagi ammoniy karbonatlar parchalanadi va Xosil bo‘layotgan dioksid uglerod eritmalaridan deyarli to‘liq chiqib ketadi. 95-98 0 C gacha qizdirilgan suyuqlik oqimi TDSdan aralashtiruvchi (4) yo‘llaniladi. Bu yerga 90-96 0 C xaroratda oxakli suspenziya xam beriladi va uning tarkibida 200-240 n.d. miqdorda faolli CaO mavjud. Distillyasiya jarayonini intensifikasiyalash maqsadida xozirgi vaqtda ikkita aralshtiruvchi o‘rnatiladi, chunki bu aralashayotgan oqimlarning reaktordagi bo‘lish vaqtini oshiradi va reaksiyani to‘liq o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Gipsning reaktorlarda kristallanishi suspenziyalarning aralashtiruvchilarda 40-60 min bo‘lishini yetarli deb xisoblash mumkin va distiller tozalashga to‘xtatilish qadar ko‘proq vaqt ishlashiga imkoniyat yaratadi. Aralashtiruvchining (4) pastgi qismiga beriladi va uning ichida pastdan yuqoriga kiradi. Buning natijasida bug‘gazli aralashma bilan kontaktlashib, yuqoriga ko‘tarilgan sayin suspenziyada ammiak chiqib ketishi kuzatiladi. Distiller xam orasida kontakt elementlar o‘rnatilgan aloxida sarglardan tuzilgan bo‘ladi. Distillerdan 108-155 0 C da chiqqan suspenziya birinchi bug‘latuvchiga (5) keladi va undan keyin ikkinchi bug‘latuvchiga (6) o‘tadi. Yirik zarrachalarni ajratish uchun bug‘latuvchilardan keyin suspenziya qumajratgichga beriladi (sxemada ko‘rsatimagan). Bundan keyin nasoslarning ishini yaxshilash uchun suspenziyaga 53 sovuq suv qo‘shiladi (buning natijasida suyuqlikning xarorati va yopishqoqligi kamayadi xamda bug‘ ajralib chiqaishiga yo‘l qo‘yilmaydi) va shlam yig‘uvchiga («oq dengiz») yuboriladi. Kalsiy xlorid olinishi sxemalarida distiller suspenziyasi karbonizasiya qilinadi va buning natijasida 23-28 g/l tarkibli qattiq faza xosil bo‘ladi. Distillyasiya minoradagi bug‘ va bug‘gazli aralashmalar suyuqlikga nisbatan qarama-qarshi oqim bo‘lib yuradilar. Distillerning pastgi sargasiga bug‘ beriladi. Tarkibida ammiaki bor bug‘gazli aralashma distillerdan aralshtiruvchining gazli xajmiga kelib tushadi. Bu yerda aralshtiruvchi tomchiajratgich apparati sifatida xizmat qiladi. Ayrim sxemalarda bug‘gazli aralashma maxsus tamchiajratgich orqali distillerdan distillyasiya issiqlik almashinish apparatiga beriladi. Aralashtiruvchidan bug‘gazliaralashma distillyasiya issiqlik almashinish apparatining pastgi sargasiga yuboriladi va filrtli suyuqlik bilan 68-75 0 S gacha sovutilishi uchun distillyasiya gazining kondensator-sovutgichiga yuboriladi. Bundan keyin bug‘gazli aralashma KXDSning sovutgich qismida suv bilan 58-60 0 C gacha sovutiladi va absorbsiya bo‘limiga jo‘natiladi. KXDSning sovutgich qismda. Xosil bo‘lgan flegma ojiz suyuqlikning yig‘indisida yig‘iladi. Oxirgi yillarda distillyasiya gazining kondensator va sovutgichlar sifatida plenkali aparatlar qo‘llanilishi boshlangan. Distillyasion kolonna plenkali distillyasion kondensatori bilan komplektasiya qilinadi. Distillyasiya gazining plenkali sovutgichi absorbsion minoraning tepasi yoki yoniga o‘rnatiladi. Bu apparatlarda gazsuyuqli oqimlarning yurishi qaramaqarshi bo‘ladi. Distillyasiya bo‘limi texnologik sxemasida distiller suspenziyaning issiqligini maksimal utilizasiya qilinishiga imkoniyat yaratilgan. Bosim pasayishi xisobiga suyuqlikning uzi bug‘lanish natijasida bug‘latuvchilarda ikkilamchi bug‘ ajralib chiqadi va u ojiz suyuqlik distillerga (DSJ) yuboriladi. Ko‘p xollarda DSJga bug‘ ikkinchi bug‘latuvchidan beriladi. Birinchi bug‘latuvchidan esa bug‘ aralashtiruvchining gaz xajmiga berilishi mumkin (termokompressor qo‘llanilmasidan) yoki distillerning past qismiga (termokompressor qO‘llaniladi). Yuqori samarali distiller qo‘llanilganda birinchi variant amalga oshiriladi, bu xolda apparatga bug‘ni kamroq sarflanishi mumkin va buning natijasida TDSga yetarli emas darajda bug‘ keladi. Ikkinchi variantda bug‘ni sarflanishi yanada kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Distiller suspenziya issiqligining keyinchali utilizasiyasi tez kaynash apparatlar qo‘llanilishi natijasida amalga oshadi va undan keyin sovutilgan suspenziya «oq dengiz»ga yuboriladi. Kichik distillyasiya apparaturasi ( 10- rasm) ammiaksiz suyuqliklarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Bu suyuqliklarni oxakli 54 suspenziya ishlatmasida distillyasiya qilish mumkin. Soda ishlab chiqarish ojiz suyuqliklari yig‘indi (5) orqali ojiz suyuqliklar distillyasiya gazining kondensator- sovutgichiga (1) jo‘natiladi. KXDSJ va KXDS apparatlari konstruksiya va ishlash prinsiplari bo‘yicha bir biriga O‘xshash bo‘ladi. Farqi shundan iboratki, apparatning kondensator va sovutgich qismlar flegmalar aralashgan xolda ojiz suyuqliklar distillerning tepa sargasiga (2) kelib tushadi. 73-77 0 C xaroratda KXDSjdan o‘tgan ojiz suyuqliklar taqsimlash tarelka yordamida DSJga beriladi. DSJda qaramaqarshi oqimli teshikli (inskrustasiya xosil bo‘lishi bor bo‘lganda) va perekrit-nuqtali teshikli kontaktli elementlar qo‘llaniladi. Ayrim paytda, TDS dagiga o‘xshagan kontaktli elementlar va maxsus nasadkalar qo‘llaniladi. Massauzatish jarayonini intensifikasiyalash uchun mina shakldagi nasadka qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Suyuqlikga nisbatan qarama qarshi yurayotgan bug‘ va bug‘gaz aralashmasi yordamida DSJda ammiak va dioksid uglerodlarning desorbsiyasi o‘tkaziladi. DSJ va undan keyin KXDSJlardan 58-60 0 C o‘tgan bug‘gazli aralashma absorbsiya jarayoniga yuboriladi. Ojiz suyuqliklar distillyasiya gazining kondensator va sovutgichlari sifatida distillyasiya minorasida qo‘llaniladigan plenkali apparatlar qO‘llaniladi. DSJdan chiqayotgan suyuqlik degazasiya qilingan suyuqlik yig‘indisidan yig‘iladi va nasoslar (4) yordamida soda o‘choq gazlari yuvitgichiga (PGSP) yoki vakkum-filtrlarga beriladi. Dastlab sovutilgandan keyin degazasiya qilingan suyuqlik natriy gidrokarbonatni yuvish uchun ishlatiladi. Xlorli suyuqlikni aloxida kayta ishlash xolda (masalan, KXDSning kondensator qismi flegmasini) sxemasida KXDSJ ojiz suyuqlikning ikkinchi distilleri o‘rnatiladi, chunki birinchi DSJda o‘rnatilgan ojiz suyuqliklarning distillyasiya gazining kondensator sovitgichida barcha bug‘gazli oqim qayta ishlanadi, DSJ-2 ning ishlashi DSJ-1 ishlshiga o‘xshash bo‘ladi. DSJ-2 dan chiqayotgan issiq suyuqlik kalsiy gidrooksid olish jarayoniga beriladi. Disstillyasiya bo‘limi quyidagi texnologik rejimida ishlaydi: Gaz xarorati, 0 C: KXD dan keyin………………………………..58-60 KXDSJdan keyin…………………………….58-60 DDSdan keyin suyuqlikdagi CO 2 miqdori, n.d. ……………………………1dan oshiq emas Pastgi sargadagi bosim (mm.rt.st.): DS……………………………………….……0,168(1260) dan oshiq emas DSJ………………………………………….0,115(860) dan oshiq emas Tarkib, n.d. DSdan keyingi suspenziyadagi 55 Xlorid-ionlar………………………………61 dan oshiq emas DSdan keyingi suspenziyadagi ammiak ……0,1 dan oshik emas Suyuqlikning to‘g‘ri titri, n.d.: DSJ-2 dan keyin……………………………0,1 dan oshiq emas DSJ-1dan keyin……………………………..1-3 Tarkib, n.d.: DS dan keyingi suspenziyadagi faollli CaO………………………………….1,5-2,5 KXDS kondensator qismidagi flegmadagi xlor yoki DSJ minorasiga berishda…………………………1 dan ortiq emas Rasm – 9. Distillyasiya bo‘limi texnolgik sxemasi: 1 – distillyar; 2 – distillyasiya issiqlik almashinishi; 3 – Suyuqlikning tashqi quyish; 4 – distillyasiya kondensati; 5,8 – yoriqlik o‘lchagich; 6 – siquvchi bak; 7- oxakli sut aralashtirgichi; 9 – aralashtiruvchi; 10 – birinchi bug‘latgich; 11- ikkinchi bug‘latgich; 12 – qumushlovgich. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling