Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Ma’ruza № 9. Mavzu: Filtrasiya bo‘limi texnologik sxemasi Reja: 1. Filtrasiya bo‘limi texnologik sxemasi bayoni 3. Filtrlash jarayoni Soda ishlab chikarishning filtrasiya bo‘limi texnologik sxemasi 11 -rasmda keltirilgan. Trubalar orqali karbonizasion kolonnalardan suspenziya katta diametrli trubaga (1) yuboriladi. Undan keyin suspenziya umumiy truba orkali filtrning saqlangichiga (2) beriladi. Suspenziyaning miqdori drossel to‘sgichlari (3) bilan regulirovka qilinadi. Suspenziyaning ajaratilishi barabanli vakkum-filtrlardan amalga oshiriladi. Filtr barabanidan olingan cho‘kma transporter bilan natriy gidrokarbonatni kalsinasiya etish bo‘limiga yuboriladi. Filtr to‘sgichdan o‘tgan xavo va filtr suyuq faza aralashmasi separatorga (4) kelib tushadi va bu yerda bir biridan ajratiladi. Seperatordan (4) filtr suyuq fazasi yigindi kollektordan o‘tib, filtr suyuq faza yig‘indisiga (6) beriladi va undan nasos (5) yordamida distillyasiya bo‘limiga yuboriladi. Separatorlardan (4) xavo umumiy vakkum-kollektor orqali vakkum- nasos (10) bilan atmosferaga chikarib yuboriladi. Xavo tarkibidagi ammiak va doksid uglerodni ushlab qolish uchun vakkum- filtr separatorlari va vakkum-nasoslar orasida filtrlar xavosi yuvitgichi (11) o‘rnatilgan bo‘ladi. Filtrdagi natriy gidrokarbonat cho‘kmasini yuvish uchun yig‘indi (9) suyuq fazasi ishlatiladi. Filtr gazmollarini regenerasiya qilish uchun vozduxoduvkalar bilan filtrlarga siqilgan xavo beriladi. Filtrga ortiqcha miqdorda suspenziya beriladi, chunki trubksida doyimiy uroven saqlab turish uchun ortiqcha suspenziya trubadan 47 truboprovod orqali buferli yig‘indiga (7) kelib tushadi. Buferli yig‘indining ichida aralashtirgich joylashgan bo‘ladi. Suspenziya yig‘indidan (7) nasos orkali dastlabki yig‘indiga (1) beriladi. Yig‘indi (7) minimal miqdorda suspenziya kelib tushishi uchun ma’lum sharoitlarda jarayonni olib borishi zarur. qisman yuvitish suvlari eriganini va uning mayda kristallari filtrlovchi o‘tganligi sababli gidrokarbonat natriyning yo‘qolishlar kuzatiladi. Bundan tashqari qisman qaytar reaksiya 11 -rasm filtrasiya bo‘limi texnologik sxemasi Yuvish suvning xarorati 45 0 C va miqdori oshgani xolda xamda filtrlovchi to‘sgichning butunligi buzulganda filtrlash jarayonida yo‘qolishlar miqdori ko‘payib ketishi kuzatiladi. Kalsinasiya stadiyasida gidrokarbonat natriy tarkibidagi namlikning issiqlik sarflanish va bug‘lanayotgan namlikning miqdorlariga bog‘liqligi quyidagi jadvalda keltirilgan. Namlik miqdori, % 100 kg tayyor sodaga chikarilayotgan namlikning miqdor, kg Kalsinasiya stadiyasida suvni bug‘latish uchun issiqlikning nisbiy sarflanishi, % 100 kg namli* gidrokarbonat natriyga soddaning chiqishi, kg 48 22,23 45 139,7 49 20,75 41,3 126,1 50 19,16 37,5 114,7 51 17,58 33,8 100 52 15,99 30,2 91,7 53 14,31 26,5 80,3 54 100 kg namli natriy gidrokarbonatga sodaning maksimal nazariy chiqishi-63 kg. Filtrasiya va kalsinasiya bo‘limi. Filtrasiya va kalsinasiya jarayonining fizik- kimyoviy asoslari, texnologik sxemasi. Asosiy mashina va qurilmalari Karbonizasion kolonnalardan suspenziya tarkibidagi gidrokarbonat natriyni ajratish uchun filtrlash jarayoni qo‘llaniladi. Hosil bo‘lgan kristallar kalsinasiyalash- bulimiga beriladi, filtrdan chiqayotgan suyuq faza esa distillyasiya bo‘limiga ammiakni regenerasiya qilish uchun beriladi. Nazorat savollari 5. Filtrlash bo‘limining vazifasi? 6. Filtrlash jarayonining texnologik sxemasi? 7. Filtrlash jarayonidagi yo‘qolishlarning sabablari? 8. Barabanli vakkum-filtr yacheykalarning vazifalari? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling