Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Prinsipial texnologik sxema
Ca va Mg ionlari nisbatiga qarab soda zavodlarida ikki xil texnologik sxema qo‘llaniladi. Kalsiy ionlarining miqdori ko‘p bo‘lsa bir pog‘onalik texnologik sxema qo‘llaniladi. Bu sxema bo‘yicha rassol bir vaqtda xam kalsiy xam magniy ionlaridan tazolanadi. Magniy ionlarning miqdori ko‘p bo‘lganida tozalash jarayoni ikki ta pog‘onali usulda amalga oshiriladi. Birinchi pog‘onada Ca(OH) 2 yordamida Mg(OH) 2 cho‘ktiriladi. Ikkinchi pog‘onada Na 2 CO 3 yordamida kalsiy ionlari CaSO 3 shaklida cho‘ktiriladi. Ikkinchi rasmda soda eritmasini dastlabki kaustifikasiya o‘tkazishi bilan bir pog‘onali rassolning tozalashni texnologik sxemasi ko‘rsatilgan. Soda olishning asosiy bosqichlari. Namokobni tozalash bulimi. Texnologik tizimi, mashina va qurilmalari. Ammiakli usul bilan kalsinasiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik bosqichlari qo‘yidagilardan iborat. NaCl+NH 3 +CO 2 +H 2 O NaHCO 3 +NH 4 Cl Ushbu reaksiya 2 ta pog‘onada o‘tkaziladi. Birinchi pog‘onada absorbsiya va ikkinchi pog‘onada karbonizasiya jarayonlari o‘tkaziladi. Karbonizasiya jarayonida cho‘kmaga tushgan NaHCO 3 filtrasiya usuli bilan ammoniy xlorid tuzidan ajratib olinadi va kalsinasiyalangan soda olish uchun kalsinasiya bo‘limiga yuboriladi. 2NaHCO 3 → Na 2 CO 3 +CO 2 +H 2 O Parchalash temperaturasi 160-180 0 C tashkil qiladi. Hosil bulgan uglerod oksid gazi karbonizasiya bo‘limiga yuboriladi va bu yerde asosiy jarayonlardan tashqari bir nechta yordamchi jarayonlar o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan NH 4 Cl dan esa ammiak regenerasiya etilib, absorbsiya bo‘limiga yuboriladi: 2NH 4 Cl +Ca (OH) 2 2NH 3 +2H 2 O+CaCl 2 ) CaCl 2 chiqindi sifatida maxsus yig‘indilarda saqlanadi. 39 Kalsiy gidrooksid olish uchun zarur bo‘lgan CaO karbonat xomashyosidan olinadi.(bo‘r, ohak toshi va boshqalar). CaCO 3 CaO+CO 2 CO 2 gazi karbonizasiya bo‘limiga yuboriladi, CaO dan esa kalsiy gidrooksidi olinadi. CaO+H 2 O Ca(OH) 2 Barcha soda zavodlarida NaCl suv eritmasi Na 2 CO 3 va Ca(OH) 2 yordamlarida Ca va Mg ionlaridan tozalanadi. MgCl 2 +Ca(OH) 2 Mg (OH) 2 + CaCl 2 CaCl 2 +Na 2 CO 3 CaCO 3 +2NaCl CaCO 3 va Mg(OH) 2 chiqindi sifatida saqlangichlarga tashlanadi, tozalangan NaCl eritmasi absorbsiya bo‘limiga yuboriladi. Namakobni tozalash. Birlamchi namakobning tarkibida kalsiy va magniy tuzlari mmvjud. Agarda ulardan rassol tozalanmasa, cho‘kmaga kuyidagi yaxshi erimaydigan birikmalar tushishi mumkin: CaCO 3 , Mg(OH) 2 , NaCl · Na 2 CO 3 · MgCO 3 , (NH 4 ) 2 CO 3 · MgCO 3 . Bu birkmalar apparatura, trubalarda tiqilishi mumkin va tayyor maxsulotning sifatini pasaytiradi. Namokobni kalsiy tuzlaridan tozalash uchun soda qo‘llaniladi, magniy tuzlari uchun kalsiy gidrooksid ishlatiladi. Tozalashning yuqori darajasini ta’minlash uchun berilayotgan reagetlarning miqdori juda ham oz ortiqchalikda bo‘lishi kerak. Shuning uchun reagentlarning dozirovkasi aniq bo‘lishi lozim. SO 4 2 ionlari rassolda natriy sulfat tuzi holda qoladi. CaSO 4 +Na 2 CO 3 →Na 2 SO 4 +CaCO 3 Sulfat ionlari distillyasiya jarayonida jarayonlar normal o‘tish uchun xaloqit beradi, chunki kalsiy sulfat tuzi cho‘kma hosil qilish mumkin. Hozirgi kunda sulfat ionlaridan tozalashning samarodarli usullari topilmagan. Namokob tozalash jarayonida cho‘kishning yuqori tezligiga erishish uchun kalsiy ionlarning miqdori magniy ionlariga nisbatan 3-9 marta kup bo‘lishi kerak. Buning natijasida cho‘kmaning zichligi oshgan hisobiga cho‘kayotgan shlamning yo‘qolishlari ham kamayadi. Tozalash jarayonida temperatura oshirilsa, ionalmashish va degidratasiya jarayonlari tezlashadi, induksiya davrining vaqtini kamaytiradi. Temperatura oshishi bilan rassolning yopishqoqligi kamayadi, suspenziyaning cho‘kish jarayoni normal holatda ketmasligi mumkin. Bundan tashqari keyingi ammiak absorbsiya jarayoni uchun temperatura yuqori bo‘lish kerak emas. Shuning uchun tozalash jarayonida 12-20 0 C temperatura qo‘llaniladi. Namokobda magniy ionlari qancha ko‘p bo‘lsa 40 20 0 C temperatura qo‘llaniladi, magniy ionlar kamligida 12 0 C temperatura qo‘llaniladi. Yuqorida aytib o‘tkanimizdek namakobni tozalashga unda qo‘shimchalarni yo‘qotish kiradi. Qayta ishlashga keladigan tuzli namakobda oz miqdordagi mexanik aralashmalar (qum), kalsiy va magniy tuzlari bo‘ladi. Namakob tarkibidagi kalsiy va magniy tuzlari ammiak va karbonat angdrid ta’sirida erimaydigan birikmalar: kalsiy karbonat va magniy gidroksidga aylantirilishi mumkin. Sodaning bunday qo‘shimchalar bilan ifloslanishining oldini olish va soda ishlab chiqarish jihozlanishini murakkablashtirmaslik maqsadida namakob oldindan qo‘shimchalardan tozalanishi lozim. Namakob mexanik qo‘shimchalar hamda kalsiy va magniy tuzlaridan yaxshilab tozalanadi. Mexanik qo‘shimchalar tindirish yo‘li bilan ajratiladi. Magniy ionlaridan tozalashni Ca(OH) 2 yoki NaOH bilan qayta ishlash orqali amalga oshiriladi: MgCl 2 + Ca(OH) 2 = Mg(OH) 2 ↓+ CaCl 2 Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling