Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Ma’ruza № 7.
Mavzu: Natriy xlorid eritmasining (rassol) tazolash jarayoni asoslari. Reja: 1. Natriy xlorid eritmasining tozalash jarayoni. 2. Prinsipial texnologik sxemasi. 3. Namakobni tozalash. Tayanch so’z va iboralar: Rassol, natriy xlorid, namakob, cho‘ktirish, temperatura, eritma, cho‘kma, Ca va Mg ionlari, ammiak regenerasiyasi, distillyasiya jarayoni, suspenziya. Birlamchi rassolning tarkibida kalsiy va magniy tuzlari mavjud. Agarda ulardan rassol tozalanmasa, cho‘kmaga kuyidagi yaxshi erimaydigan birikmalar tushishi mumkin: CaCO 3 , Mg(OH) 2 , NaCl Na 2 CO 3 MgCO 3 , (NH 4 ) 2 CO 3 MgCO 3 . Bu birikmalar apparatura, trubalarda tiqilishi mumkin va tayyor maxsulotning sifatini pasaytiradi. Rassolni kalsiy tuzlaridan tazolash uchun soda qo‘llaniladi, magniy tuzlari uchun kalsiy gidrooksid ishlatiladi. Tozalashning yuqori darajasini berilayotgan reagentlarning miqdori juda xam oz ortiqchaligi bo‘lishi kerak. Shuning uchun reagentlarning dozirovkasi aniq bo‘lishi lozim. SO 4 2- ionlari rassolda natriy sulfat tuzi xolida qoladi. CaSO 4 + Na 2 CO 3 Na 2 SO 4 + CaCO 3 Sulfat ionlari distillyasiya jarayonida jarayonlar normal o‘tish uchun xalaqit beradi, chunki kalsiy sulfat tuzi cho‘kma xosil qilish mumkin. Xozirgi kunda sulfat ionlaridan samarali usullari topilmagan. Rassol tazolash jarayonida cho‘kmaning yuqori tezligiga erishish uchun kalsiy ionlarining miqdori magniy ionlariga nisbatan 3-9 marta bo‘lishi kerak. 37 Buning natijasida cho‘kmaning zichligi oshgan xisobiga cho‘kayotgan shlamning yo‘qolishlari xam kamayadi. Tozalash jarayonida temperatura oshirilsa, ionalmashish va digidratasiya jarayonlari tezlashadi, induksiya davrining vaqtini kamaytiradi. Temperatura oshishi bilan rassolning yopishqoqligi kamayadi, suspenziyaning cho‘kish va zichlanish tezligi oshadi. Lekin, temperatura juda xam oshirilib yuborilsa cho‘kish jarayoni normal xolatda ketmasligi mumkin. Bundan tashqari keyingi ammiak absorbsiya jarayoni uchun temperatura yuqori bo‘lish kerak emas. Shuning uchun tozalash jarayonida 12-20 0 C temperatura qo‘llaniladi. Rassolda qancha ko‘p bo‘lsa magniy ionlari cho‘kish shuncha xam sekin o‘tadi. Shuning uchun magniy ionlar ko‘pligida 20 0 C temperatura qo‘llaniladi, magniy ionlar kamligida 12 0 C temperatura qo‘llaniladi. Aralashtirish intensivligi cho‘kish kinetikasiga ta’sir qiladi. Aralashtirish tezligi oshishi bilan qattiq moddaning yuzasidagi suyuq fazaning adgezion qatlamning qalinligi kamayadi. Buning natijasida qattiq va suyuq fazalar orasida ionalmashish tezligi oshadi va induksiya davri kamayadi. Cho‘ktiruvchi reagentlar bilan rassolning aralashtirish vaqti ularning tozalanayotgan rassolning xajmida bir tekis taqsimlanishini ta’minlash kerak. Ko‘piklar xosil bo‘lishi boshlanishiga aralashtirish jarayoni tugallanishi kerak, chunki ko‘pik xosil bo‘lishi va birgalikdagi cho‘kish jarayonlari normal xolatda o‘tmaydi tuzlar cho‘kish kinetikasiga va shlam zichlanishiga cho‘ktiruvchi reagentlarni rassolga berish tartibi xam ta’siri bor. Mg(OH) 2 va CaCO 3 lar birgalikda cho‘kishi zarur, ya’ni koagulyantning xosil bo‘lish tezligi Ca(OH) 2 xosil bo‘lish tezligidan xam bo‘lishi kerak emas. Mg(OH) 2 tez xosil bo‘lishi uchun magniy kam miqdorli rassollarni tozalashda reagentlarni qizdirib aralashtirish kerak. Na 2 CO 3 + Ca(OH) 2 2NaOH + CaCO 3 Eritmada OH- ionlarining konsentrasiyasi oshadi xamda Mg(ON) 2 ning cho‘kish darajasi va tezligi oshadi, rassolda kalsiy ionlarining miqdori ko‘p bo‘lganda, rassolga oldin Ca(OH) 2 va keyin soda berilgani maqul. Rassol tozalashda cho‘ktiruvchi reagentlarning yuqori konsentrasiyalangan eritmalarini qo‘llash lozim, chunki shlamning cho‘kish va zichlanish tezligi oshadi, va induksiya davri kamayadi. Yuqori konsentrlangan Ca(OH) 2 va Na 2 CO 3 larning qo‘llanishi dozirovkani aniq qilishga qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun bu reagentlarning eritmalari rassolga qo‘shib tayyorlanadi. Ishlab chiqarishda 22-25 n.d. Na 2 CO 3 ning va 60-75 n.d. aktiv CaO ning eritmalari qo‘llaniladi. Yangi cho‘ktirilgan kristallar (zatravka) suspenziyaga kiritilgan xolda shlam cho‘kishining tezligi oshadi va induksiya davri qisqaradi. Kiritilgan qattiq fazaning 38 yuzali energiyasi CaCO 3 va Mg(OH) 2 larning yangi miqdorlarining cho‘kishiga yordam beradi. Ma’lum miqdordagi kiritilgan zatravka cho‘kish tezligini oshiradi. Shu miqdordan oshib ketsa, normal cho‘kish bo‘lmaydi. Amalda zatravka sifatida cho‘ktirgichdagi cho‘kma qo‘llanilishi mumkin. Shu maqsadda cho‘ktirgichga suspenziyani tozalagan rassol va cho‘kayotgan shlamlarning chegarasidan past qismiga beriladi. Uzluksiz jarayon sharoitida shlam cho‘ktirgichning tubidan chiqariladi, tozalangan rassol esa cho‘ktirgichning tepa qismidan olinadi. Shunday qilib, kiritilayotgan suspenziya cho‘kma qatlamidan (filtirlanmaydigan qatlam) o‘tadi. Cho‘kma qatlami zatravka rolini bajaradi. Cho‘kma qatlamining qalinligi tempyeraturadagi bog‘liq va tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling