Kimyo va kimyoviy texnologiya


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana10.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1348908
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)

 
Ma’ruza № 8. 
Mavzu: Gidrokarbonat suspenziyasini filtrlash 
 
Reja: 
1. Umumiy tushunchalar 
2. Filtrlash jarayoni 
3. Uzluksiz ishlaydigan barabanli vakkum-filtrlar 
 
Tayanch so’z va iboralar: Kristall, natriy gidrokarbonat, filtirlash, barabanli 
vakkum-filtr, filtrli suyuqlik, filrtlash zonalari, siqilgan xavo 
Karbonizasion kolonnalar suspenziya tarkibidagi gidrokarbonat natriy ajratish 
uchun filtrlash jarayoni qo‘llaniladi. Xosil bo‘lgan kristallar kalsinasiyalash 
bo‘limiga beriladi, filtrdan chiqayotgan suyuq faza esa distillyasiya bo‘limiga 
ammiakni regenerasiya qilish uchun beriladi. 
Filtrlash jarayoni. Tarkibida NH
4
Cl, NH
4
HCO
3
, (NH
4
)
2
CO
3
, NaCl tuzlari 
bo‘lgan eritmadan NaHCO
3
kristallarini filtrlash uzluksiz ishlaydigan vakuum-
filtrlarda amalga oshiriladi (1-rasm). Vakuum-filtr ochiq baraban ko‘rinishida 
bo‘lib, uning yon sirt yuzasi metall to‘rdan yasalgan va filtrlovchi material tortilgan 
bo‘ladi. Baraban tegana idish shaklida aylanadi, u eritmadagi natriy gidrokarbonat 
susperziyasini aralashtirgich 10 ga yetkazib beradi. 
Vakuum-filtr vakuum yacheykasi 1, surib chiqarish yacheykasi 2, oraliq 
yacheykalar 3 dan iborat. Filtr barabani 1,1-3,4 ayl/min tezlikda gorizontal val 7 da 
aylanadi, u orqali havo, gazlar va suyuqlik so‘rib chiqariladi. Uning yuzasi bo‘yicha 
aylanishda taqsimlovchi golovka 8 ning so‘rish seksiyasida natriy gidrokarbonat 
qatlami 4 cho‘ktiriladi, baraban aylanganda cho‘kma qatlami yuvish seksiyasi 6 da 
eriydigan tuzlardan ajratish uchun suv bilan yuviladi. Filtrlovchi material 


43 
to‘qimalari orasiga cho‘kma tiqilib qolishini oldini olish uchun purkagich 9 
yacheykasidan beriladigan qisilgan havo bilan filtr tozalanadi. 
Uzluksiz ishlaydigan barabanli vakkum-filtrlar filьtrlash bo‘limining asosiy 
apparati bo‘lib xisoblanadi. 
Soda ishlab chiqarish texnologiyasida BS-5, 6-1, 8/1 tipli barabanli vakkum-
filtr keng qo‘llanilmoqda. 
quyida BS-5, 6-1, 8/1 barabanli vakkum-fil’trning texnik ko‘rsatgichlari 
keltirilgan: 
Filtirlash yuzasi, m
2
………………………5,6 
Baraban diametri, m ………………………..1,8 
Baraban uzunligi, m………………………….1,0 
Burchak,grad: 
Barabanning suspenziyaga cho‘kishi…………...130 
Filtirlash zonasining………………………..53
Quritish va yuvish zonasi……………………189 
Suyuqlik tortilish va gazmol
Regenerasiya zonasi…………………………...48 
1 minutda aralashtirgichning ikkilamchi
tebranishlar soni…………………………….35 
Barabanli vakkum-filtr 18 ta yacheykaga bo‘lingani va taqsimlash qurilmasi 
bilan ta’minlangani uchun, uning yuzasida bir vaqtda bir necha jarayonlar o‘tadi. 
Filtrning barabanini o‘tayotgan jarayonga ko‘ra shartli ravishda quyidagi zonalarga 
bo‘lish mumkin: 
-o‘zi filtirlash zonasi; vakkum sharoitida filtirli suyuqlik baoabanga tortilib, 
natriy gidrokarbonat kristallari filtirlash gazmol yuzsaida ushlanib qoladilar va 
cho‘kma xosil qiladilar; 
-dastlabki quritilish zonasi; bu paytda barabaning yuzasi suspenziya ustida 
joylashgan buladi va cho‘kmadan baraban ichiga filtirli suyuqlik tortiladi; 
-cho‘kma yuvilishi zonasi; baraban yuzasiga yuvish suvi beriladi; ushbu suv 
cho‘kma ichidan barabanga o‘tadi va cho‘kmaning kristallararo maydonidan filtirli 
suyuklikni siqib chikaradi; 
-asosiy quritish zonasi; bu yerga xavo beriladi va u natriy gidrokarbonatning 
cho‘kma qatlamidan o‘tib, cho‘kmaning kristallararo maydonidan yuvish suvini 
sikib chiqaradi va cho‘kmada namlik miqdorini kamaytiradi
-yopiq zona; baraban yuzasidan maxsus pichoq yordamida natriy 
gidrokarbonat cho‘kmasi olib tashlanadi, shuning bilan birgalikda barabaning 


44 
ichidagi maxsus pichok va filtr suyuqlik tortilish zonasi orasiga xavo o‘tilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi (xavo o‘tgan xolda sistemada vakkum yo‘qolishi mumkin); 
-filtr suyuqlik tortilish zonasi; filtrli gazmolning xizmat muddatini oshirish 
uchun siqilgan xavo bilan puflashdan oldin gazmolning «xo‘l» puflanishi; 
-puflanish 
zonasi; 
filtirlash 
gazmolni 
regenerasiya 
qilish 
uchun 
aralashmasining yurishiga qarshi baraban yacheykasiga sikilgan xavo boriladi. 
Gazsuyuqlik aralashma vakkum bo‘lmagan sababli barabanga kelib tushadi. 
Filtrli suyuqlikni tortib olish zonasi kelib tushgan filtrli suyuqlikni siqilgan 
xavo yacheykalarida siqib chikaradi. Gazmoldan utayotgan filtrli suyuqlik gazmol 
teshikchalaridan natriy gidrokarbonat mayda kristallarini sikib chiqarishdan tashqari 
ularni o‘zida eritib oladi. Bu o‘z navbatida regenerasiya jarayonini tezlashtiradi. 
Undan keyin filtrli gazmolning teshikchalari sikilgan xavo bilan tazolanadi: 
- o‘tish zonasi; puflanishga berilgan siqilgan xavo barabaning vakkum 
qismiga o‘tmasligi uchun mo‘ljalangan. 
Barabanning bir aylanishida filtirlash jarayonining to‘liq sikli amalga oshadi 
va xar bir yacheyka barcha zonadan o‘tadi. Baraban vakkum-filtr unumdorligini 
quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: 
Q
f.l.=
60F

g
nW

Q
f.l
– standartli maxsulotga mo‘ljallangan baraban vakkum-filtrning 
unumdorligi, t/s 
Gʻ – filtrlash yuzasi, m
2
(g‘=

dL, D-vakkum-filtrning diametri, m; L-filtrdagi 
natriy gidrokarbonat katlamining kengligi, m);

-cho‘kma qalinligi, m; 

g
-vakkum-
filtrda zichlashgan natriy gidrokarbonatning zichligi, t/m
3
; odatda 1,32 t/m
3
deb 
qabul 
qilinadi; 
n-vakkum-filtrning 
aylanish 
soni, 
yil/min; 
W-natriy 
gidrokarbonatdan sodaning chiqishi (W=0,52); 

-olinish koefisiyenti. 
Odatda filtrdagi pichoqning tagida 5-8 mm kesilmagan natriy 
gidrokarbonatning qatlami qoladi. Agar u 6 mm deb qabul qilinsa: 

q(

-6)/


Yuqoridagi tengamani quyidagicha yozish mumkin: 
Q
f.l. 
= 129,3DL(

-6)n 
Oxirgi paytda soda zavodlarida 32m
2
filtrlash yuzali barabanli vakkum-filtrlar 
qo‘llanilmoqda. 
quyidag barabanli vakkum-filtrning asosiy texnologik va teznik ma’lumotlari 
keltirilmoqda: 
Cho‘kma namligi,% ………………………….13-18 
Natriy gidrokarbonatdagi xlorid- 
ionlarining miqdori,%…………………...0,25 


45 
Filtrlashdagi yo‘qolishlar, %……………3,5 gacha 
Filtrlash yuzasi,m
2
…………………………32 
Unumdorligi, t/sut………………………..650 
Uzunligi, m………………………………..9,2 
Kengligi, m ………………………………..4,0 
Balandligi, m……………………………..4,1 
Massasi, kg ……………………………….21500 
Baraban aylanishi soni, yil/min………0,3-1,69 
Konstruksion materiali………………...Po‘lat OX17N13MZT 
Belgilangan unumdorligi, kvt……………11,4 
Rasm - 12. Uzluksiz ishlaydigan vakuum-filtr sxemasi 
Tarkibida taxminan 14% suv bo‘lgan natriy gidrokarbonat pichoq 5 bilan 
ajratib olinadi, transportyorga kelib tushadi va uni kalsinasiya uchun pechga 
yuboriladi. Shunday filtrning unumdorligi sutkasiga 160-200 t sodani tashkil etadi. 
Filtrdan so‘rib olingan havo tarkibida karbonat angidrid va ammiak bo‘ladi, 
uni absorberga (filtr havosini yuvadigan) yuboriladi va u yerda gazdan NH
3
va CO
2
tutib qolinadi. Filtrat suyuqligi disstilyasiyaga uzatiladi. 
 
 


46 
Nazorat savollari 
1. Filtrlash bo‘limining vazifasi? 
2. Filtrlash jarayonining texnologik sxemasi? 
3. Filtrlash jarayonidagi yo‘qolishlarning sabablari? 
4. Barabanli vakkum-filtr yacheykalarning vazifalari? 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling