Kimyoda atom-malekulyar talimot


Download 52.5 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1254106
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoda atom molekulyar ta\'limot

Kimyoviy elementlar. Qadimgi mutafakkirlardan kimyogar “atom” so’zidan tashqari “element” so’zi ham kirib qoldi, bu tarkibiy qism degan ma’noni bildiradi.
Kimyoviy element – bu atomlarning muayyan turidir. Kislorod atomlari atomlarning bitta turini, bitta kimyoviy element – kislorod elementini, simob atomlari – atomlarining boshqa turini, kimyoviy element simobni tashkil etadi va hokazo.
Kimyoviy element” va “oddiy modda” degan tushunchalarni bir biridan farq qilish lozim. Qandni qizdirganimizda reaksiyadan keyin qoladigan qattiq qoldiq ko’mir. Bundan qand tarkibiga uglerod atomlari kiradi degan hulosaga kelamiz. Ammo qandda ko’mir bor deyish noto’gri bo’lar edi. Uglerod atomlari ko’mirga aylanishi uchun boshqa elementlarning atomlari bilan hosil qilgan bog’lardan uzilishi va bir biri bilan bog’lanishi kerak. Qandni qizdirish yo’li bilan parchalashda ana shunday xodisa bo’ladi. Olovga qo’yib, so’ng unitilgan idishdagi ovqatda xam ana shunday xodisa sodir bo’ladi.
Ko’mir bilan uglerod –bitta narsa emas . Uglerod muayyan atomlar turi, yani kimyoviy elementdir. U birikmalar tarkibiga kirishi ham, erkin holda ajralib chiqishi ham mumkin. Bir-biri bilan bog`langan uglerod atomlari biz ko`mir deb ataydigan oddiy moddaning o`zidir.
Biz ko`rib turgan misolda kimyoyoviy element (uglerod) va unga to`g`ri keladigan oddiy modda (ko`mir) turlicha ataladi. Qolgan elementlar esa ularga to`g`ri keladigan oddiy moddalar bilan bir xil nomlanadi.Shuning uchun “kislorod” , “temir ” so`zlari kimyoviy elementni ham , shu nomdagi oddiy moddani ham bildirishi mumkin , shu sababli har qaysi holda ularni farq qila bilishga lozim. “Kislorod bilan nafas olamiz”, “Kislorod – gaz” deyilsa, gap oddiy modda holidagi kislorod haqida (boshqacha aytganda, kislorod molekulalari haqida) boradi. “Simob (II) oksidi”da kislorod bor deyilganda esa kimyoviy element haqidagi kislorod (boshqacha aytganda? Kislorod atomlari haqida) gap boradi. “Temir magnitga tortiladi”, “temirda mix yasaladi” deyilganda moda sifatidagi temir nazarda tutiladi, “temir zang tarkibiga kiradi” degan iborada esa “temir” so’zi kimyoviy elementning nomidir.

Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling