26.Mеtallar aktivligi. Kalsiy va magniy metallarining olinishi, xossalari.
Kalsiy va magniyning tabiatda uchrashi. Kalsiy va magniy tabiatda juda koʻp tarqalgan elementlardandir. Yer qobigʻini magniy 3,35% ni, kalsiy 3,5% ni tashkil etadi. Kalsiy magniyga nisbatan aktiv, stronsiy, bariy, radiyga nisbatan passiv element hisoblanadi. Kalsiyning eng muhim birikmalariga: boʻr, marmar, oxaktosh – CaSO3, dolomit – CaCO3*MgCO3, gips – CaSO4*2H2O, fosfarit va apatit Ca3(PO4)2, alibastr – CaSO4*nH2O, ftorapatit – Ca5(PO4)3F, asbest – CaO*MgO*4SiO2 kabi birikmalar tariqasida uchraydi. Magniy ishqoriy yer metallar qatorida berilliydan soʻng aktiv, boshqalarga nisbatan eng passiv element hisoblanadi. Magniy esa: magnezit – MgCO3, dolomit – CaCO3*MgCO3, taxir tuz MgSO4*7H2O, 3Mg*4SiO2*H2O – talk, asbest -CaO*MgO*4SiO2 suv tarkibida Mg(HCO3)2 tariqasida uchraydi. Oʻzbekistonda 20ga yaqin marmar konlari mavjud boʻlib, hozirgi kunda Gʻozgʻon, Nurota, Zirband konlaridan qazib olinmoqda. Fosfat zahiralari esa Markaziy Qizilqumdagi Qoraqat konida va Shimoliy Jettov konlarida jamlangan.
Ca va Mg elementlarining davriy sistemadagi oʻrni. Ca va Mg elementlari davriy sistemada 2-guruhning asosiy guruh elementi hisoblanadi. Ularning eng sirtqi qavatidagi elektronlar soni 2 ta boʻlib ikkalasi ham S elementlar oilasiga kiradi. Ca va Mg elementlarini oksidlanish darajasi +2 hamda, valentligi ham 2 ga teng, kislorodli birikmasi CaO, MgO, vodorodli birikmasi bor, atom tuzilishi Ca +20)2)8)8)2; Mg +12)2)8)2 Ca ning p=+20; e=-20; n=20. Mg p=+12; e=-12; n=12. Ca ning elektron konf. 1S22S22P63S23P64S2; Mg ning electron konf. 1S22S22P63S2.
Ca va Mg ni fizik xossalari. Ca va Mg kumushsimon oq rangli, yengil. Havoda oksid parda bilan qoplanganligi sababli ichki qismini yemirilishdan saqlaydi. Kalsiy magniyga nisbatan faol va ishqoriy tabiati kuchli boʻlganligi sababli kerosin ostida saqlanadi. Zichligi: Mg=1,74, Ca=1.55 metall; Ca Ts0S= 838,Mg Tc0S= 650˚; Tq0S Ca=1480, Tq0S Mg=1090˚ Ikkalasi ham ishqoriy yer metall.
Do'stlaringiz bilan baham: |