27.Tuzlar gidrolizi
Tuzlar gidrolizi.
Tuzlar gidrolizi – bu tuz ionlari bilan suv ionlari tasirlashib, kuchsiz elektrolitlar hosil qilish jarayoni gidroliz deb ataladi.
Gidroliz so’zi grekcha “gidro” – suv, “lizis”- parchalayman degan manoni anglatadi.
Tuzlar gidrolizlanganda suvning dissosilanishidagi ion muvozanati siljiydi. Natijada ko’pchilik tuzlarning eritmalari kislotali yoki ishqoriy muhitga ega bo’lib qoladi.
Tuzlar gidrolizi 4 ta turga bo’linadi.
1. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz. Bunga misol qilib NH4Cl ni olamiz, u suvda NH4+ va Cl- ionlariga dissotsilanadi. Bu tuzning gidrolizlanishini quyidagicha ifodalash mumkin.
NH4Cl ↔ NH4OH + HСl
Yoki ionli ko’rinishda
NH4+ + H2O ↔ NH4OH + H+
2. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Misol sifatida natriy sianidning godrolizlanishini ko’rib chiqamiz.
NaCN + H2O ↔ HCN + NaOH
Yoki ionli shaklda
CN- + H2O ↔ HCN + OH+
3. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzga ammoniy atsetat CH3COONH4 ni misol qilib keltirish mumkin. U CH3COO- va NH4+ ionlariga dissotsilanadi. Bunda ikkita kuchsiz elektrolit: sirka kislota va ammoniy gidroksid hosil bo’ladi.
CH3COONH4 + H2O ↔ CH3COOH + NH4OH
Yoki ionli shaklda
CH3COO- + NH4+ + H2O ↔ CH3COOH + NH4OH
4. Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Masalan; KCl suvda eritilsa, K+ hamda Cl- ionlari suvning H+ va OH- ionlari bilan kuchsiz dissotsilanuvchi birikma hosil qilmaydi. Demak kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz gidrolizga uchramaydi. Muhit neytral bo’ladi. pH=7.
M; KNO3, K2SO4, NaCl, Na2SO4, va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |