26.4, CO,
60 g CaCO, xg C02
Bundan hosil bo'ladi.
2.6- §. Valentlik
Kimyoviy formulalami to'g'ri yozish uchun elementlarning va- lentligini bilish kerak. „Valentlik" tushunchasi kimyo faniga o'tgan asrning o'rtalarida Franklin tomonidan kiritilgan. Ayni elementning bir atomi boshqa elementning bir yoki bir necha atomlarini biriktirib olishi yoki birikmalar tarkibidagi boshqa element atom- lari o'mini olishi mumkin. Elementlarning bu xususiyati ularning valentligi bilan ko'rsatiladi.
Valentlik birligi sifatida vodorod atomining valentligi qabul qi- lingan. Vodorod barcha birikmalarda bir valentli bo'ladi. Vodorod bilan birikma hosil qilgan elementlarning valentligi shu birikmadagi vodorod atomining soniga qarab aniqlanadi. Masalan: HC1, H2S, NaH, NH,, CH4 birikmalarda xlor bir valentli, oltingugurt ikki valentli, azot uch valentli, uglerod to'rt valentlidir.
Ko'pchilik elementlar vodorod bilan birikma hosil qilmay, kislorod bilan birikma hosil qiladi. Kislorod barcha birikmalarda ikki valentli hisoblanadi. Kislorod bilan birikmalar hosil qilgan elementlarning valentligi kislorodning valentligiga qarab aniqlanadi. Masalan: K20, CaO, Fe,0,, C02, P205, Mn207, 0s04 birik- malarida kaliy bir valentli, kalsiy ikki valentli, temir uch valentli, uglerod to'rt valentli, fosfor besh valentli, marganes yetti valentli va osmiy sakkiz valentlidir. Valentlik doimo butun (1,2, 3, 4, 5, 6 ...) sonlarga teng bo'ladi. Elementlarning valentligini valentligi ma'lum bo'lgan boshqa elementning valentligiga qarab ham aniqlash mumkin. Masalan, MgCI2, MnCl2, KC1, CC14 larda xlor bir valentligi ma'lum bo'lsa, magniy ikki valentli, maiganes ikki valentli, kaliy bir valentli, uglerod to'rt valentli bo'ladi.
O'zaro birikuvchi elementlarning tabiatiga va reaksiya sharoiti- ga qarab, valentlik o'zgarishi mumkin. Masalan, nitrat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallning aktivligiga va kislotaning konsentratsiyasiga qarab hosil bo'lgan birikmalarda azot 1, 2, 3, 4, 0 valentlikka ega bo'lishi mumkin. O'zgaruvchan valentli elementlarning yuqori valentligi davriy sistemadagi element joylashgan gruppa raqamiga teng bo'ladi. Masalan, IV gruppadagi uglerodning yuqori valentligi IV, V gruppadagi fosfoming yuqori valentligi V, VI gruppadagi oltingugurtning yuqori valentligi VI, VII gruppadagi xloming yuqori valentligi VII bo'ladi.
2.7- §. Kimyoviy reaksiyalarning turlari
Kimyoviy reaksiyalarni bir necha asosiy turlaiga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |