Kimyoviy sifat taxlilining asosiy tushunchalari


Download 36.48 Kb.
bet3/8
Sana10.02.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1187544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6425 KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Tayanch iboralar:
Modda, kimyoviy element, ion, izotop, analiz, sintez, ishqoriy metallar, tarkib, amfoterlik.


analitik terminlarning qisqa lug’ati
Adsorbsiya – qattiq modda yoki suyuqlik yuzasida erigan yoki gazsimon mod-dalarning yutilishi
Aktivlik – ionlarning effektiv, tajribada aniqlanadigan konsentratsiyasi bo’lib, u umumiy konsentratsiya bilan aktivlik koeffitsiyentining ko’paytmasiga teng
Akseptorelektronlarni qabul qilib, erkin orbital va donorning juftlashmagan elektronlari hisobiga kimyoviy bog’lanishni hosil qiluvchi atom (ion yoki atomlar guruhi)
Alkalimetriya – titrant sifatida kuchli asoslarning standart eritmalari qo’llani-lishiga asoslangan miqdoriy analizning titrimetrik metodlari
Amalda topilgan qiymat – haqiqiy qiymatga yaqin bo’lgan aniqlanadigan miqdorning tajribada olingan yoki hisoblab topilgan qiymati.
Analitik guruh – bir yoki bir nechta umumiy kimyoviy xossalarga ega bo’lgan kimyoviy birikmalar majmui
Analitik kimyo – moddaning kimyoviy tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan
Analitik reagentlar – kimyoviy analiz uchun mo’ljallangan va tozalik darajasi bo’yicha farq qiladigan kimyoviy preparatlar
Analitik reaksiyalarning sezgirligiTopilish minimumiga qarang
Analitik signal – aniqlanadigan komponentlar miqdori bilan funksional bog’-langan aniqlashlarning o’rtacha (matematik) natijalari. Sifat analizida – kimyoviy re-aksiya natijasida moddaning tashqi ko’rinishi yoki agregat holatining o’zgarishi
Analiz aniqligi – barcha (ham sistematik, ham tasodifiy) xatoliklarning nolga yaqinligini ifodalovchi sifat xarakteristikasi
Analiz metodi – modda analizining asosini tashkil etgan prinsiplarning qisqa tavsifi
Analiz metodikasi – analizning aniqligini va to’g’riligini ta’minlaydigan bar-cha sharoitlar va jarayonlarning batafsil bayonnomasi
Analiz metodining sezgirlik koeffitsiyenti – darajalangan xarakteristikaning birinchi hosilaviy qiymati
Analiz natijalarining to’g’riligi – sistematik xatoning nolga yaqinligini ifoda-lovchi analiz sifati
Analiz natijasi – parallel aniqlashlar natijalarining o’rtacha qiymati
Aniqlanadigan modda bo’yicha titr (g/sm3, g/ml) – 1 sm3 (1 ml) eritmadagi titrantning massasiga ekvivalent bo’lgan aniqlanadigan modda massasi
Argentometriya – titrant sifatida kumush nitrat eritmasi qo’llanilishiga asos-langan miqdoriy analizning titrimetrik metodi
Atom massa (nisbiy) – modda atom massasining uglerod-12 atom massasi 1/12 qismiga nisbati
Atsidimetriya – titrant sifatida kuchli kislotalarning standart eritmalari qo’l-lanilishiga asoslangan miqdoriy analizning titrimetrik metodlari
Birgalikda cho’ktirish – asosiy moddaning (komponentning) begona modda-lar (qo’shimchalar) bilan birga cho’kishi
Bromatometriya – BrO3 + Br aralashmasi qo’llanilishiga asoslangan miq-doriy analizning titrimetrik metodi
Bufer eritmalar – pH ning muayyan qiymati, oksidlanish-qaytarilish poten-siali, metall ionlarining konsentratsiyasi va muhitning boshqa xarakteristikalarini doimiy saqlab turadigan eritmalar. pH-buferlar – kislota-asos jufti HA va A yoki MH+ va M+ komponentlarini saqlagan aralashma; pM-buferlar – ML va Mn+ ara-lashmasi
Bufer sig’imi – eritma pH ini bir birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shiladi-gan kuchli asos yoki kuchli kislota miqdori
Bo’lib-bo’lib cho’ktirish – moddalar aralashmasini ajratish usuli bo’lib, izla-nadigan ionlarni spetsifik reaksiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmaning alo-hida ulushlaridan bevosita cho’ktirish

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling