Kimyoviy sifat taxlilining asosiy tushunchalari


Download 36.48 Kb.
bet8/8
Sana10.02.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1187544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6425 KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Titrlash sakramasi – titrlash egri chizig’ining keskin o’zgarishi. Titrantning 99,9 – 100,1% oraliqdagi qo’shilishida kuzatiladi
Tomchi analiz – filtr qog’oz, shisha plastinka ustida eritmalarning tomchilari orasida boradigan reaksiyalarga asoslangan sifat yoki yarimsifat analizning metodi
Topilish minimumi – ma’lum sharoitda modda yoki ionning ayni reaksiya yordamida topilishi mumkin bo’lgan eng kam miqdori; analitik reaksiyaning sezgir-ligini xarakterlaydi
Tortim – analitik aniqlashlarni o’tkazish uchun olingan namunaning muayyan qismi
Tortma analizGravimetriyaga qarang
Vodorod ko’rsatkich pH – eritmdagi gidroksoniy ionlarining konsentratsiya-sini (aktivligini) xarakterlovchi kattalik bo’lib, u H3O+ molyar konsentratsiyasining manfiy logarifmiga teng
XelatlarIchki kompleks birikmalarga qarang
Xossa – ob’yektning sifat ko’rsatkichi bo’lib, uning boshqa ob’yekt bilan o’xsahshligini yoki farqini ifodalaydi va u bilan ta’sirlashganda namoyon bo’ladi
Xromatografiya – muayyan sorbentda aniqlanadigan aralashma komponent-larining turlicha sorbsiyalanishiga asoslangan aralashmalarni ajratish va analiz qilish metodlarining majmui
Xromatometriya – titrant sifatida kaliy dixromat eritmasining qo’llanilishiga asoslangan miqdoriy analizning titrimetrik metodi
Xromoforlar – tashqi ta’sirlar ostida moddaning ranglanishini keltirib chiqara-digan atomlar guruhi
Yodometriya – I3/3I (I2/2I) juftining oksidlanish-qaytarilish xossalariga asoslangan miqdoriy analizning titrimetrik metodi
O’ziga xos reaksiyalar – faqat berilgan modda uchun xos bo’lgan reaksiyalar
Chegara (quyi yoki yuqori) – aniqlanadigan komponentning eng kam yoki eng ko’p miqdori
Cho’ktirish – bir yoki bir nechta ionlar yoki moddalarni kam eruvchan mod-dalar ko’rinishida ajratish
Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling