Kimyoviy sifat taxlilining asosiy tushunchalari


Darajalangan xarakteristika


Download 36.48 Kb.
bet4/8
Sana10.02.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1187544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6425 KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Darajalangan xarakteristika – formula, jadval yoki grafik ko’rinishida ifoda-langan va tajriba yoki hisoblashlar yo’li bilan aniqlangan komponent miqdorining analitik signalga bog’liqligi
Diapazon – berilgan metodika bo’yicha belgilangan miqdorlar qiymatlarining oraliqlari
Dispersiya – tasodifiy kattaliklarning o’rtacha qiymatiga nisbatan tarqalishi
Donor – o’zining juftlashmagan elektronlari va aktseptorning bo’sh orbitalini to’ldirishi hisobiga kimyoviy bog’lanishni hosil qiluvchi atom yoki atomlar guruhi
Donor-aktseptor (koordinatsion) bog’lanish – bir element atomining (donor-ning) juftlashmagan elektronlari va boshqa element atomining (aktseptorning) bo’sh orbitali orasida vujudga keladigan kimyoviy bog’lanish
Ekvivalent – kislota-asosli reaksiyada bitta vodorod (gidroksoniy) yoki OH ioniga yoki oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida bitta elektronga ekvivalent bo’lgan moddaning real yoki shartli zarrachasi
Ekvivalent molyar massa – moddaning molyar massasi bilan ekvivalentlik faktorining ko’paytmasiga teng bo’lgan 1 mol ekvivalent modda massasi
Ekvivalent nuqta – qo’shilgan titrant miqdorining titrlanadigan modda miqdo-riga ekvivalent bo’lgan titrlash egri chizig’idagi nuqta
Ekvivalentlik faktori fekv(X) – kislota-asosli reaksiyada bitta vodorod (gid-roksoniy) yoki OH ioniga yoki oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida bitta elektronga modda zarrachasining qaysi ulushi ekvivalent bo’lishini ko’rsatuvchi son
Ekstraksiya – tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida suyuq yoki qattiq moddalar aralashmasini ajratish metodi; aralashma komponentlarining erituvchilarda turlicha erishiga asoslangan
Elektrolitik dissotsilanish – erituvchi molekulalari ta’sirida elektrolit moleku-lalarining ionlarga parchalanishi
Elektrolitlar – molekulalari ionlarga dissotsilanadigan kislota, asos va tuzlar eritmalari hamda eritilgan va suyuqlantirilgan holda elektr tokini o’tkazuvchi modda-lar
Elektronga moyillikelektronning atom, molekula yoki radikalga qo’shilishi-da ajralib chiqadigan energiya
Element organik analiz – organik birikmalardagi elementlarni miqdoriy aniq-lashda qo’llaniladigan analitik metodlar majmui
Eritmaning ion kuchi – ionlar zaryadi va konsentratsiyasiga bog’liq bo’lgan eritmadagi shu ionlarning o’zaro ta’sir kuchini ifodalovchi kattalik
Erituvchilar – turli moddalarni eritish xossasiga ega bo’lgan kimyoviy birik-malar yoki aralashmalar
Eruvchanlik – moddaning boshqa moddalar bilan bir jinsli sistemalar – erit-malar hosil qilish xususiyati; erigan modda konsentratsiyasi bilan ifodalanadi
Fiksanal – shisha ampulalarga joylashtirilgan va standart eritmalar tayyorlash uchun xizmat qiladigan moddaning aniq miqdori (odatda 0,1 mol)
Funksional analiz – organik birikmalar va plastmassalardagi reaksion faol guruhlarni (funksional guruhlarni) aniqlashda qo’llaniladigan fizikaviy va kimyoviy analiz metodlarining majmui
Gidroliz – erigan modda ionlari bilan suv ionlarining o’zaro ta’siri natijasida eritma muhitining o’zgarishi

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling