Kimyoviy sifat taxlilining asosiy tushunchalari
Download 36.48 Kb.
|
6425 KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajmiy analiz
- Ionitlar
- Konsentrlash
- Massalar ta’siri qonuni
- Mikrokomponentlar
- Minimal hajm
- Molekulyar massa
- Namuna
- Nisbiy standart chetlanish
Gravimetrik faktor – aniqlanadigan namudagi komponent miqdorini ifoda-laydigan koeffitsiyent bo’lib, aniqlanadigan komponent bilan gravimetrik shakl mo-lyar massalarining nisbatini ko’rsatadi
Gravimetriya (tortma analiz) – ma’lum tarkibli birikma sifatida ajratilgan namuna komponentining massasini aniq o’lchashga asoslangan kimyoviy analizning miqdoriy metodi Guruh reagenti – ko’p sonli noorganik ionlar yoki organik birikmalarning muayyan sinflari bilan xarakterli mahsulotlar (cho’kma, gaz, rangli eritmalar) hosil qiladigan reaktiv Hajmiy analiz – Titrimetrik analizga qarang Identifikatsiya – fizikaviy, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalarni taqqoslab, noma’lum birikmani boshqa ma’lum birikmaga o’xshashligini aniqlash Indikatorlar – muhit sharoitiga (gidroksoniy, metall ionlarining konsentratsi-yasi, moddalarning oksidlangan va qaytarilgan shakllarining nisbati va boshqalarga) bog’liq holda rangini o’zgartiruvchi organik va noorganik moddalar Ionitlar – o’zining ionlarini eritma ionlariga almashtira oladigan qattiq qiyin eruvchan moddalar Ionlanish – neytral atomlar yoki molekulalardan ionlarning hosil bo’lishi Ishonchlilik chegarasi – o’rtacha qiymatni saqlash ehtimolligi mavjud bo’lgan oraliq Ichki kompleks birikmalar – tuz hosil qiluvchi va kompleks hosil qiluvchi guruhlarni saqlagan organik reagentlarning metall ionlari bilan hosil qilgan siklik kompleks birikmalari bo’lib, markaziy atom shu sikllarning birida yoki bir nechtasida joylahsadi Kompleksonometriya – metall ionlarining etilendiamintetrasirka kislota bilan kompleks birikmalar hosil qilish reaksiyalariga asoslangan miqdoriy analizning titri-metrik metodi Konsentratsiya – eritmadagi berilgan komponentning nisbiy miqdorini ifoda-lovchi kattalik; hisoblashlarda asosan molyar, normal, foiz va molyal konsentratsiya-lar ishlatiladi Konsentrlash – aniqlanadigan komponent miqdorini (konsentratsiyasini) oshi-rish usulu Koordinatsion son – kompleks birikmada markaziy atom bilan bog’langan neytral molekulalar yoki ionlarning umumiy soni Ligandlar – kompleks birikmada markaziy atom bilan bog’langan molekulalar yoki ionlar Makrokomponentlar – aniqlanadigan komponentda massa ulushi 10 – 100% bo’lgan moddalar Massalar ta’siri qonuni – muvozanatda turgan kimyoviy reaksiyalardagi ta’sir etuvchi moddalar orasidagi nisbatlarni o’rnatuvchi qonun Merkurimetriya – titrant sifatida simob (II) tuzlarining qo’llanilishiga asos-langan miqdoriy analizning titrimetrik metodi Mikrokomponentlar – aniqlanadigan komponentda massa ulushi 10–3% dan kam bo’lgan moddalar Mikrokristalloskopiya – analiz qilinadigan eritma tomchisiga reaktivning ta’-siridan o’ziga xos shakldagi kristallarning hosil bo’lishiga asoslangan sifat analizi-ning metodi Minimal hajm – aniqlanadigan ionning topilish minimumini saqlagan eritma hajmi Miqdor – ob’yektning aniqligi bo’lib, shu asosida uni bir jinsli tarkibiy qism-larga ajratish mumkin Miqdoriy analiz – aniqlanadigan namunadagi kimyoviy elementlar (birikma-lar) yoki ular shakllarining konsentratsiyasini (miqdorini) eksperimental aniqlash (o’lchash) Mol – 0,012 kg uglerod-12 izotopida nechta atom bo’lsa, shuncha shartli zarra-chalarni saqlagan modda miqdorining birligi Molekulyar massa (nisbiy) – modda molekula massasining uglerod-12 atom massasi 1/12 qismiga nisbati Molyar konsentratsiya (mol/dm3, mol/l) – 1 dm3 (yoki 1 litr) eritmadagi eri-gan moddaning mol miqdori Molyar massa – 1 mol moddaning massasi (g/mol) Molyar ulush – berilgan sistemada komponent miqdorining moddalar umumiy miqdoriga bo’lgan nisbati. Birning ulushlari, foiz, promille (mingdan bir ulush %0) va million ulushlarda (mln–1) ifodalanadi Namuna – kimyoviy tarkibni aks ettiruvchi tekshiriladigan materialning bir qismi Nazorat (xolis) tajriba – o’xshash shroitda (bir xil reagent, asboblar va bosh-qalar), lekin aniqlanadigan moddasiz kimyoviy analiz jarayonlarini takrorlash. Analiz natijalarini tuzatish maqsadida bajariladi Niqoblash – halaqit beruvchi ionlarni kam dissotsilanuvchi, asosan kompleks birikmalar ko’rinishda bog’lash yoki ularni boshqa shaklga (masalan, oksidlanish darajasini o’zgartirib) o’tkazish Nisbiy standart chetlanish – standart chetlanishning o’rtacha qiymatga nisbati Download 36.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling