Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi


Download 211.46 Kb.
bet7/31
Sana31.10.2023
Hajmi211.46 Kb.
#1735770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

Absorbstiya– bug’, gaz yoki tutunli gazlarning hamda bug’–gaz aralashmalaridagi
bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikka yutilish jarayoniga aytiladi. Yutilayotgan 
gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absortiv va absorbentning o’zaro
ta’siriga ko’ra absorbstiya jarayoni ikki xil bo’ladi. 
1) Fizik absorbstiya
2) Kimiyoviy absorbstiya (xemosorbstiya) 
1) Fizik absorbstiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o’zaro bir –biri bilan
kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan gaz absorbent bilan o’zaro birikib, kimyoviy 
birikma hosil qilsa xemosorbstiya deyiladi. Fizik adsorbstiya ko’pincha qaytar jarayondir,
ya’ni suyuqlikda yutilgan gazni ajratib olish mumkin bo’ladi, bu xol desorbstiya deyiladi. 
Absorbstiya bilan desorbstiya jarayonlarini uzluksiz olib borish natijasida yutilgan
gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta qayta ishlatish 
imkoni tug’iladi. Absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo’lgani uchun
ular jarayondan keyin qayta ishlatilmaydi.
Absorberlarda kontakt yuzalar fazasida boradi. Shu yuzaning o’lchamlariga qarab
absorberlar 4 ta guruhga bo’linadi. 
1) Sirtiy va plyonkali absorber
2) Nasadkali absorber 


3) Torelkali yoki barbotajli absorber 


4) Sochiluvchan absorber
1) Sirtiy absorberlar. Bu absorberlar yaxshi eriydigan gazlarning suyuqlik hajmda 
yutilishida ishlatiladi. Bunda qurilmalarda haratkat-siz va juda sekin harakatlanayotgan
suyuqlik yuzasidan gaz o’tadi. 
2) Plenkali absorberlar. Bu absorberni tuzilishi sirtiy absorber-larga nisbatan
ixcham, plyonkali absorberlarda fazalarning kontakt yuzasi oqayotgan suyuqlik 
plyonkalari orqali hosil qilinadi. Bu absorberlar quyidagi turlarga bo’linadi.
a) Trubali absorber 
b) Listli–nasadkali absorber
v) ko’tariladigan suyuqlik plenkali absorberlar 


Sanoatda absorbstiya quyidagi maqsadlarda ishlatiladi. 
1) Gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni (masalan: krekinglangan 
gazlardan yoki metan pirolizidan astetilenni; koks gazi aralashmasidan olingan, benzolni;
neftni qayta ishlash natijasida hosil bulgan gaz aralashmalaridan har hil uglevodorod va 
shu kabilarni) ajratib olishda;
2) Komponentlarni har xil zaharli moddalardan tozalash uchun (mineral ug’itlarni 
olishda hosil bulgan gaz aralashmalarini ftor birikmalaridan, ammiak sintez qilganda
azot–vodorod aralashmalarini SO va SO
2
oksidlardan tozalashda) ; 

3) Tayyor mahsulotlar masalan SO


3
va azot oksidlar, HCl ning suvda yutilishi 

natijasida sulfat, azot xlorid kislotalar olishda ishlatiladi.




Download 211.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling