Ikkinchi holda esa deflegmatorda kondensatsiyaga uchramagan bug`lar sovitkichda kondensatsiyalanadi va sovitiladi; bu holda ushbu issiqlik almashgich distillyat uchun kondensator sovitkich vazifasini bajaradi.
Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga bochlinadi. Birinchi qism qaynatkichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki mahsulot) esa sovitkichda sovitilgandan sochng yig`ish idishiga tushadi.
Rektifikatsiya qurilmalari odatda nazorat ochlchash va boshqaruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bochladi. Bu asbob-uskunalar yordamida qurilmaning ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonni maqbul rejimlarda olib borish imkoni tug`iladi.
Rektifikasion qurilmalarida asosan ikki turdagi kolonnalar ishlatiladi:
1) pogO`na kontaktli kolonnalar (tarelkali kolonnalar);
2) uzluksiz kontaktli kolonnalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar).
Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali kolonnalar ichki tuzilishiga kochra absorbsiya kolonnalariga ochxshash bochladi. Rektifikatsiya kolonnalarini hisoblash ham bir xil turdagi absorbsiya kolonnalarini hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, sochngra rektifikatsiya kolonnasining umumiy ish balandligi aniqlanadi.
Rektifikatsiya kolonnalari (absorberlardan farqli) qochshimcha issiqlik almashgichlar (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan tachminlangan bochladi. Bundan tashqari, atrof-muhitga tarqaladigan issiqlikning yochqotilishini kamaytirish uchun rektifikatsiya kolonnalari issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplanadi.
Distillyasiya va rektifikatsiya qurilmalarining ishini jadallashtirish uchun energiyaga bochlgan xarajatlarni kamaytirish, tezkor gidrodinamik rejimlarni tashkil qilish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq bochladi. Energetik xarajatlarni kamaytirish uchun quyidagi ishlar qilingan bochlishi kerak:
1) kolonnalarni issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplash;
2) jarayonni maqbul flegma sonida olib borish;
3) ikkilamchi issiqlik oqimlaridan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish;
4) mumkin bochlgan sharoitda haydash kubida suyuqlikni bug`latish uchun ochtkir bug`ni ishlatish;
5) issiqlik nasosini qochllash;
6) ayrim sharoitlarda, masalan azeotrop aralashmalarini rektifikatsiyalash paytida bar xil bosim bilan ishlaydigan ikki (yoki kochp) kolonnali qurilmalardan foydalanish. Eritmalar tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta`sir qiluvchi erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi ochzaro aralashtirilganda erituvchida faqat tanlangan komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi.
|