Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari


Download 409.09 Kb.
bet11/17
Sana16.04.2023
Hajmi409.09 Kb.
#1360961
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov

IQTISODIY QISM
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy faoliyatning markazi va iqtisodning asosiy qismi korxona hisoblanadi. Bu yerda jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, shu bilan birga ishlab chiqarish va sotish harajatlarini kamaytirish, biznes- rejalari tuzish, marketing uslublarini qoʼllash, boshqarishni takomillashtirish masalalari hal etiladi. Bugungi kunda har bir mutaxassisga iqtisodiy bilim berish muhim ahamiyatga egadir.
Bitiruv ishining iqtisodiy koʼrsatkichlarini hisoblash uchun zarur boʼlgan maʼlumotlar roʼyxati va ularning mazmuni quyidagilardan iborat:
Oʼrganiladigan obektning qisqacha tavsifi – sex, korxona, boʼlimning ish rejimi, mehnat sharoiti, smena grafigi, smena davomiyligi va boshqalar.
Ishlab chiqarish dasturi, yaʼni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi, nomenklaturasi, turlari rejasi tabiiy va pul oʼlchovida.

  1. Kapital qoʼyilmalar, yaʼni bitiruv ishining mavzusi boʼyicha tanlangan

bino, inshoat, uskunaning narxi.
4. Ishlayotgan ishchilarning toifasi boʼyicha shtat jadvali, ularning soni, stavkalari, taʼrif razryadlari, koeffitsientlari va bugungi kundagi eng kam ish haqi.
5. Umumiy mehnat haqi fondini hisoblash: asosiy, yordamchi hamda ishlayotgan ishchining oʼrtacha oylik ish haqini hisoblash metodi.
Reja va hisobot, mahsulot tannarxining kalkulyatsiyasi (toʼgʼri va egri, moddiy, mehnat, davr harajatlari va qaytarilgan chiqindilar narxi koʼrsatilgan holda).
Texnik - iqtisodiy koʼrsatkichlari: foyda, rentabellik, soha boʼyicha kapital qoʼyilmalarning iqtisodiy samaradorligi meʼyorlari.
Ishlab chiqarish rejasini hisoblash uchun asos boʼlgan boshlangʼich maʼlumotlarga quyidagilar kiradi:
К= К ум ,
М
bu yerda: M – tabiiy birliklar (tn, kg, dona).
Bu yerdan Kum ni topish mumkin: K um = M * K . Kapital qoʼyilmalar umumiy summasi aniqlangandan soʼng, bu summani qurilish ishlari va uskunlariga ajratish kerak. Buning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining taqsimlanishini amaliyot vaqtida aniqlash zarur. Mahsulot tannarxini taxminiy hisob-kitob qilish davrida bu taqsimlanish asosida bino, inshootlar va uskunalar amortizatsiyasi, taʼmirlash va saqlanish harajatlari hisoblanadi.
Mehnat va ish haqi
Mahsulot tannarxini taxminiy hisob-kitob qilish uchun mehnat va ish haqi
boʼlimidan quyidagi maʼlumotlar olinishi shart:

  1. Sanoat ishlab chiqarishi xodimlarining soni va ish haqi fondi kategoriyalar

boʼyicha:
– asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar;
– yordamchi ishchilar (navbatchi xodimlar, taʼmirchilar);
– tsex xodimlari (tsex boshligʼi, katta usta va boshqalar).
2) Har bir toifadagi xodimlarning oʼrtacha ish haqi.
3) Bir oʼlchamdagi mahsulotga hisoblangan har bir toifadagi xodimlarning ish haqi (yaʼni toʼgʼri va egri mehnat harajatlari).
4) Korxonaning shtat jadvali bilan tanishish va uni koʼchirish. Shtat jadvalida korxonaning barcha toifadagi xodimlari, razryadlar, ish haqlari koʼrsatiladi
5) Korxonadagi eng koʼp ish haqi.
Mahsulot tannarxi hisobi
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan
«Harajatlar tarkibi toʼgʼrisida»gi Nizomga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan barcha harajatlar quyidagicha guruhlanadi.
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qoʼshilmaydigan harajatlar;
Ishlab chiqarish tannarxiga qoʼshilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olinadigan foydadan hisobga olinadigan davr harajatlariga qoʼshiladigan harajatlar;
Korxona umumxoʼjalik faoliyatidan olinadigan foyda yoki zararlar hisobga olinadigan, korxona moliyaviy faoliyati boʼyicha harajatlar;
Daromaddan yoki foydadan soliqlar toʼlangunga qadar foyda yoki zarar hisob - kitobida hisobga olinadigan tasodifiy zararlar.
Shunday qilib, harajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi:
a) toʼgʼri va egri material harajatlari; b) toʼgʼri va egri mehnat harajatlari;
v) ishlab chiqarish faoliyatidagi ustama harajatlar qoʼshilgan holda boshqa egri va toʼgʼri harajatlar.
2. Davr harajatlari (ishlab chiqarish tannarxiga qoʼshilmaydigan harajatlar):
a) realizatsiya (sotish) boʼyicha harajatlar;
b) boshqarma (maʼmuriyat) boʼyicha harajatlar; v)boshqa operatsion harajatlar va zararlar. Moliyaviy faoliyat boʼyicha harajatlar.
Tasodifiy zararlar.
Ishlab chiqarish harajatlari iqtisodiy jihatidan 2 guruhga boʼlinadi:
1. Аsosiy harajatlar.
2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va unga xizmat qilish bilan bogʼliq boʼlgan harajatlar.
Аsosiy harajatlarga mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bogʼliq harajatlar kiradi. Masalan: texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan xom-ashyo, material, yoqilgʼi, elektr quvvati, ishlab chiqarishda
band boʼlgan ishchilarning asosiy va qoʼshimcha ish haqi hamda ijtimoiy sugʼurta uchun ajratmalar va boshqa harajatlar. Demak, mahsulot tannarxi quyidagi harajatlarni oʼz ichiga oladi:
— Materiallar harajatlari.
— Mehnatga xaq toʼlash harajatlari.
— Ijtimoiy sugʼurta harajatlari.
— Аsosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
— Boshqa harajatlar.
Meʼyoriy foyda quyidagicha aniqlanadi;
F= Rm*Tm/100

bu yerda: Fm – meʼyoriy foyda,


Rm – mahsulot rentabelligi,
Tm – mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.
Ishlab chiqarish dasturi – mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmi (natural va qiymat ifodasida)







Download 409.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling