Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari
Download 409.09 Kb.
|
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov
UN TORTISH JARAYONI
Un tortish jarayoni 9-12 ta tizimdan iborat, shundan birinchi un tortish tizimini yirik va mayda tizimga ajratish lozim. Yanchilayotgan mahsulot sifatiga, ularga ishlov berish parametrlariga va ishlab chiqarilayotgan un assortimentiga koʼra uchta asosiy bosqichni ajratish mumkin: Birinchi bosqich tarkibiga – 1, 2, 3 tizim kirgan, oliy navli un ishlab chiqarishga moʼljallangan; Ikkinchi bosqich tarkibiga - 4, 5, 6, (7) tizimlar kirgan, oliy va birinchi navli un ishlab chiqarishga moʼljallangan; Uchinchi bosqich tarkibiga - 7, 8, 9, 10, 11, (12) tizimlar kirgan, birinchi va ikkinchi navli un ishlab ciqarishga moʼljallangan. Un tortish jarayonida mahsulot tuyilishi rifelli valli va usti tekis vallarda amalga oshiriladi, tizimlarda ularning birikmasi qoʼllanishi mumkin; А1-BZN rusmli dastgohlarda yuzasi rifelli yoki tekis vallar ishlatiladi; ZM, BV rusmli dastgohlarda yuzasi rifelli vallar ishlatiladi; maxsulot tekis yuzali dastgohlarda maydalangandan soʼng, un tortish jarayonining birinchi bosqichida sovurishga yuborilishdan oldin mahsulotga qoʼshimcha tarzda entoleytorlar yordamida ishlov beriladi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda – detasherlar ishlovidan oʼtadi. Tegirmon vallarining quyidagi parametrlarini qoʼllash tavsiya etiladi: a) rifelli vallar:tez aylanuvchan vallining aylanma tezligi - 5,0 dan 6,0 m/s gacha; yakuniy tortish tizimlarida 4,0 dan 4,5 m/s gacha; aylanma tezliklar nisbati: birinchi bosqichda 2,0 dan 2,5 gacha, ikkinchi va uchinchi bosqichda - 1,5; rifellar kesimining tigʼ burchagi 35-40º gacha, orqa qismi burchagi 65-70º, oʼtkirlanish umumiy burchagi 100-110º (oʼtkirlashning katta burchaklari yakuniy tortish tizimlarida; rifellarning oʼzaro joylashishi – ―orqama-orqa‖, rifellar zichligi: birinchi b) tekis yuzali vallar: tez aylanuvchan vallining aylanma tezligi - 5,0 m/s; aylanma tezliklar nisbati - 1,25. Un tortish jarayonida lozimli miqdorda va sifatli un ishlab chiqarish uchun tizimlar boʼyicha maydalash rejimlari, solishtirma yuklash, valli liniyasi va elash yuzasi taqsimoti koʼrsatkichlaridan foydalanish lozim. Kepak tarkibidagi unni ajratish jarayoni Kapak tarkibidagi unni ajratib olish choʼtkali va darrali mashinalarda amalga oshiriladi. Darrali mashinalarda yormalash tizimlaridan chiqqan mahsulot, choʼtkali mashinalarda – un tortish tizimlarining mahsuloti qayta ishlanadi. Kepakdagi unni ajratib oluvchi mashinalarning ish rejimi endospermni (un koʼrinishida) maksimal tarzda kepak zarralaridan ajartilishini va shunda kepak maydalanmasligini taʼminlashi lozim. Kepakdagi unni ajratib oluvchi mashinalarning samarasi ushbu bosqichda olingan un miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, bunda darrali dastgoxga tushgan maxsulotni mashinadan chikkandan sung ipakdan qilingan N38 yoki kaprondan qilingan N 43 yoki poliamid 41/43 PА elaklaridan oʼtkazib chiqqan un miqdori tushgan maxsulotga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Ushbu mashinalarning ishi yormalash tizimlari mahsulotidan 10-15% un, tortish tizimlari mahsulotidan 4-5% un chiqqanda samarali hisoblanadi. Tayyor mahsulotni shakllantirish va uni nazorat qilish Un navlarini shakllantirish Un navlarini shakllantirish tegirmonchilik korxonasining un tortish boʼlimida texnologik jarayonining alohida tizimlaridan kelayotgan undan yoki guruhiy oqimlaridan (navlar komponetlari) amalga oshiriladi, buning uchun boʼlimda maxsulotni ogirligʼini (miqdorini) oʼlchash va aralashtirish asbob- uskunalari bilan jihozlangan tayyor mahsulot boʼlimi mavjud boʼlishi lozim. Download 409.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling