Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari
Download 409.09 Kb.
|
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning moliya resurslari – foyda va rentabellik
Korxonaning moliya resurslari – foyda va rentabellik Ishlab chiqarish sarflari, mehnat va moddiy resurslar isteʼmol hajmlari, texnika darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqa faktorlar (omillar) asosida koʼpayishi yoki kamayishi mumkin, ammo boshqaruvchi oʼtkir, bilimli boʼlsa, sarflarni kamaytirish yoʼllarini qoʼllab, boshqarishni toʼgʼri olib boradi. Korxona, firma faoliyatining natijasi (yakuni) mahsulot sotilgandan soʼng hosil boʼlgan tushim (QQS va aktsizsiz) va mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xarajatlar ayirmasiga teng. Sanoat korxonalarning ishini tavsiflovchi muxim sifat koʼrstkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muxim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda quydagi vazifalarni bajaradi: - ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u soʼngi moliyaviy natijani ifodalaydi; - turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi; - xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini oʼynaydi; - ilmiy-texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Foyda sanoat tarmoq va korxonaning xamma ishlab chiqarish – xoʼjalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi koʼrsatgichdir. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyidagi foyda koʼrsatkichlari qoʼllaniladi: Mahsulot sotishdan tushgan yalpi foyda – maxsulotni sotishdan olingan sof tushum va maxsulot tannarxining ayirmasidir : Fya=St –T/N St – maxsulot sotishdan olingan sof tushum, (soʼm) T/N – mahsulotning ishlab chiqarish sarflari, yaʼni tannarxi (soʼm). St=Yat-А-QQS Yat – yalpi tushum (soʼm), А –aktsiz soligʼi (ayrim maxsulotlarga belgilangan) QQS-qoʼshimcha qiymat soligʼi(barcha maxsulotlarga belgilangan,20%). Аsosiy faoliyatning foydasi – maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda va davr xarajatlarining ayirmasidir: Fa=Fya-Dxar±boshqa daromad (zarar) Dxar – davr xarajatlari. Korxonani oʼzida qoladigan sof foyda – soliq toʼlangandan keyin,korxona ixtiyorida qolib oʼz foydasidan toʼlandigan soliqni va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʼlovlarni ayirgan xolda soliqlar toʼlagunga qadar olingan foydadir : SF=Fs-Soliq(fd)-boshqa soliq va toʼlovlar Korxona xoʼjalik faoliyatiningyakunlovchi moliyaviy koʼrsatkichi boʼlib balansidagi foyda (kvartal, yil natijalari boʼyicha tuzilgan buxgalterlik balansida aks ettirilgan) xizmat qiladi. Rentabellik koʼrsatkichlari Rentabellik koʼrsatkichi korxona faoliyatining umumiy samaradorlik darajasini ifodalab, olingan natija (yalpi daromad, foyda) ni sarflar yoki isteʼmol qilingan resurslar bilan solishtiradi. Аmalda korxona faoliyatida quyidagi rentabellik koʼrsatkichlar qoʼllaniladi: Mahsulot rentabelligi - asosiy foydani mahsulot tannarxiga boʼlgan nisbati (mahsulot, tovar xizmatlar erkin baho boʼyicha sotiladi). Rm=(Fya/T/N)*100% bu yerda Fya – asosiy faoliyat foydasi, (sum) T/N – maxsulot ishlab chikarish sarflari yoki uning tannarxi (sum) 2. Ishlab chiqarish rentabelligi - korxona yoki firma ishi samaradorligini umumlashtiruvchi kursatkichi bulib, balans yoki sof foydaning ishlab chikarish fondlarining qiymatiga boʼlgan nisbatidir. Ri/chF=(Fb/(Аf+Och.m.))*100%, yoki Ri/chF=(Fs/(Аf+Och.m.))*100% bu yerda Fb – balans boʼyicha foyda miqdori; Fs – sof foyda; Аf - asosiy ishlab chiqarish fondlar oʼrtacha-yillik qiymati, (soʼm); Och.m. – cheklangan (meʼerlangan) aylanma (oborot) mablagʼlar qiymati, (soʼm). Download 409.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling