Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baholanish tizimi
Download 409.09 Kb.
|
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq ovqat muhofazasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baholanish tizimi; Mahsulot bahosi korxona uchun uning foydasini belgilovchi muhim omili boʼlibgina qolmay, tovarlarni muvafaqiyatli realizatsiyasi (sotishi) dagi sharti hamdir. Oʼzaro foydali kelishuvlarni amalga oshirish uchun sotuvchi va xaridorni bogʼlab, ular oʼrtasidagi munosabatlarni belgilovchi narxlar yoki baholar kerak. Xaridor oʼz imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tanlaydi. Bozordagi baho talab va taklifga binoan erkin belgilanadi, aynam maʼlum bozorda maʼlum vaqtda sotilayotgan tovarning real qiymatini aks ettiradi.
Baxolarning shakllanish bosqichlari quyidagilardan iborat: Korxonaning ulgurji bahosi – maxsulot tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish sarflari va mahsulot sotilishidan tushgan foyda asosida belgilanadi, yaʼni: Ub(k)=T/N+F (QQS va aktsizsiz) Erkin- sotish bahosi (kelishilgan baho) korxonaning ulgurji bahosi QQS va aktsiz soliqlari asosida tashkil topadi. Erkin ulgurji (sotish) baho quyidagi tartibda shakllanadi: Аktsiz soligʼi belgilangan tovarlar uchun: Ub(k)a = Ub*100 Bu yerda: 100-aktsiz stavkasi. Korxonaning erkin- sotish baxosi Eb= Ub(k)+А+QQS Bu yerda А- aktsiz soligʼi QQS-qoʼshimcha qiymat soligʼi yoki Eb= Ub(k)a*1,2 yoki Eb= Ub(k)*1,2 1,2 - qoʼshimcha qiymat soliq stavkasi (QQS) Ub(k)a – korxonaning ulgurji (sotish) bahosi (aktsiz soligʼi inobatga olingan holda); Eb – erkin ulgurji (sotish) bahosi. Oziq ovqat muhofazasi O‘zbekiston bugun halqaro hamjamiyatning va global moliyaviy – iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilyotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportning o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT xam bugun oziq–ovqat maxsulotlarini etishtirish vaularniqayta ishlash bo‘yicha yondashuvni mutloqo o‘zgartirish vaqti kelganini ta’kidlamoqda. Davlatimiz raxbarining 2018- yil 16-yanvardagi “Mamlakatniing Oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora–tadbirlari to‘g’risida”gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqarilayotgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi shu nuqtai nazardan dolzarbdir. Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqoralarning sog’ligi va xayotini yaxshilash,milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yunalishlaridan biriga aylahdi. Mazkur yunalishda Respublikamizda aholini sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini etishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha strategik jixatdan maqsadli hamda izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Muxtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog’likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlardan maqsad iqtisodiy foyda ko‘rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xalq farivonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur” Don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida boshqa korxonalardagi kabi mehnatni muxofaza qilish katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatni muxofaza qilish bu korxonada uzluksiz jarayoni ketayotgan bir paytda ishchilarning sogʼliqlari va mehnat qilish qobilyatlarini saqlashga, shuningdek ishchilarni taʼminlashga qaratilgan. Korxonada boshqa donni qayta ishlovchi korxonalardagi singari mehnatni muxofaza qilish boʼlimi ish olib boradi. Bu boʼlim korxonadagi ishchi xodimlarning sogʼlom tarzda ish olib borishlarini, xavfsiz joylarda mehnat qilish sharoitini taʼminlab beradi. Mehnatni muhofaza qilish boʼlimi korxonada asosan quyidagi ishlarni amalga oshirish ustida ish olib boradi. -korxona xududida va ishlab chiqarish jarayonida ish olib boradigan ishchilarga xavsizlik chora tadbirlari boʼyicha maʼruza oʼqish; - ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun uskuna qurilma va bino xavfsizligini taʼminlash; --ishchilarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishlari, sanitar – gigienik chora – tadbirlarini qoʼllash, shu bilan barcha ishchilar mehnat qilish vaqtida normadagi olish bilan taʼminlash va boshqarish. Korxonada un ishlab chiqarish jarayonida xuddi un ishlab chiqaruvchi korxonalaridagi kabi atmosferaga maʼlum miqdorda chang ajralib chiqadi. Bu esa ishchi xodimlar sogʼliqlariga salbiy taʼsir koʼrsatish mumkin. Masalan, natijasida turli xil nafas yoʼli kasalliklari, allergik kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Bulrning oldini olish uchun korxonada asperatsiya, yaʼni havo tozalovchi uskunalari oʼrnatiladi. Hozirgi kunda korxonada А1 – BDА, А1 – BKА rusumli asperatorlar, BFM, RSI rusumli filtrlar va BLS rusumli siklonlar ishlatilyapti. Korxonadan chiqayotgan changlar avval tozalanib, keyin atmosferaga chiqariladi.Korxonada atmosferaga chiqindi chiqarish boʼyicha SN – 245 – 71 ga asosan IV sinfga mansub va sanitar himoya zonasi 100 metr hisoblanadi. Korxonada suv ichmlik sifatida va yuvinish uchun ishlatiladi. Un ishlab chiqarish korxonasida xom ashyo va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda, yuqorida aytilganidek asosan changlar ajralib chiqadi va ular inson salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun sogʼliq saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarish korxonalarihavosidagi YQBI konsentratsiyasi aniqlanishi tasdiqlangan. Bu SN 245 – 71, SN 4088 – 86 ga kiritilgan. Bu normaga asosan suli changi 6m2 qilib belgilangan. Bu koʼrsatkichlar korxonada quyidagicha suli (arpa) changi uchun – 1,6 m2/ m3. korxonaning bosh loyixasini tuzishda qurilish norma va qoidalari SN i P2.09.02-83, SN 245 – 71, GOST 1308 va boshqa normativxujjatlar talabalariga amal qilinadi. Korxonada bosh loyixasini tuzishda hosil boʼlayotgan ishlab chiqarish changi aholi yashaydigan joylarga bormaydigan qilib loyxalanadi. Korxonada asosiy ishlab chiqarish sexlar boʼlgan elevator, tegirmon, grechixa sexi, mineral qoʼshimchalar ishlab chiqarish sexlaridagi texnologik jarayonlar avtomatlashtirilgan boʼlib, ular avtomat tarozida ishlaydi. Аvtomatik boshqaruv – bu masofadan turib boshqaruv boʼlib, talab darajadagi xavfsizlikni taʼminlab beradi. Аvtomatik boshqaruvning vazifasi uskuna yoki jixozlarni ishga tushirish, toʼxtatish yoʼnalishini oʼzgartirish va jarayonning ketma – ketligini taʼminlab berishdan iborat. Bu uskunani oʼrnatishdan oldin ularni tanlashdan eng avval uskuna qanday metaldan yasalganligi, metall qotishmalarining mexanik pishiqligi, issiqliq va chirishga chidamligi hisobga olinadi. Shunda uskuna va jixozlar ishonchli va uzoq muddat ishlaydi. Un ishlab chiqarish korxonalarida ishlab turgan uskuna va jixozlar oʼzidan chiqarayotgan shovqin va tebranishlarning oldini olish uchun quyidagiishlar amalga oshiriladi: asosiy tegirmon va sexlarning eshik va derazalari oʼzidan shovqin oʼtkazmaydigan germetik materialdan tayyorlangan shovqinni pasaytirish uchun har bir asbob – uskunaning xarakatlantiruvchi qismlari, yaʼni podshipniklari holati tekshirib moylanib turiladi. Tebranuvchi va xarakatlanuvchi uskunalarnining atrofiga toʼsiqlar qoʼyilmaydi. Аylanuvchi jixozlarning usti qobiq bilan oʼraladi va mahkam berkitiladi. Korxonada SanPin – 0120 – 01, SanPin – 01 – 22 – 01 talablariga rioya qilinadi. Korxonadagi barcha ishlab chiqarish sexlarining xonalari yaxshi yoritiladi, toʼgʼri yoritilgan xonalarda ishlayotgan ishchilarning ish faoliyati yaxshi, koʼzi toliqishi kamayadi, ish unumi oshadi, korxona xavfsizligi taʼminlanadi va albatta sahsulot sifati ham yaxshi boʼladi. Korxonadagi binolar, maydonlar oʼz tabiy yoritishinig normalari tabiy yoritishning koeffitsientlariga asoslanib SNiP 2 – 01 – 05 – 98 bilan quriladi. Korxonadagi omborlar er osti yoʼllari, xonalari sunʼiy yoritiladi. Аsosan sunʼiy yoritishda, lyumenitsent lampalardan foydalaniladi. Korxonaning binolari va xonalarini normadagi sanitar va gigienik sharoitlar bilan taʼminlashda isitish va shamollatish tizimlari katta axamiyatga ega. Chunki shamollatish va isitish orqali ishchilarning mehnat sharoitlarini yanada sogʼlomlashtirishga erishadi va SanPiN – 0038 – 96 talablariga amal qilinadi. Korxona binolari, xonalari ventilyasiya tarmoqlari bilan taʼminlangan boʼladi. Download 409.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling