Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari
Download 409.09 Kb.
|
Bitiruv Malakaviy ishi Xolnazarov
EKOLOGIYA
Xozirgi kunda ekologik xavfsizlik muammosi milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat bilan inson oʼzaro muyyan qonunlar asosida munosabatda boʼladi. Bu qonunlarni buzish ushlab boʼlmas ekologik falokatlarga olib keladi. Hozirgi vaqtda jaxonda fan – texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi bilan tabiy zaxiralaridan xoʼjalik maqsadlarida tobora koʼproq foydalanilmoqda. Buning ustiga dunyo aholisi yildan yilga oʼsib borib koʼproq miqdorda oziq – ovqat, yoqilgʼi, kiyim – kechak va boshqalarni ishlab chiqarishda talab qilinmoqda. Bu esa oʼrmonlar egallab turgan maydonlarning jadal suratlarda qisqarishiga tuproqlarning buzilishiga atmosferaning buzilishiga yuqori qatlamlarida joylashgan azon qatlamining emirilishiga, yer xavosining oʼrtacha xarorati oshib ketishiga va boshqa salbiy xolatlarning kelib chiqishiga sabab boʼlmoqda. Ekologik xavfsizlik bugungi va ertangi kun uchun dolzarbligi va juda zarurligi eng muxim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar ommaviy tarzda xal etilsa, koʼp jixatdan hozirgi turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatiga ega boʼladi. Maʼlumki tabiatning xolati birdaniga va darxol yomonlashib qolmaydi. Bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Boshqacha qilib aytganda ekologik vaziyat asta sekin yomonlashib boradi. Markaziy osiyo mintaqasida ekologik falokatning gʼoyat xavfli zonalaridan biri vujudga kelganligidan ochiq aytish mumkinki. Hozirgi kunda Oʼzbekistonda quyidagi asosiy ekologik muammolar mavjud. Birinchidan yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pasayishi bilan bogʼliq boʼlgan xavf ortib bormoqda. Yerlarni ommaviy tarzda oʼzlashtirilishi hatto shoʼrlangan va meloratsiyaga yaroqsiz yirik, yaxlit maydonlarni ishga solish ana shunga olib keladi. Oʼzbekistonda noorganik meneral oʼgʼitlar gorbitsitlar va qoʼllanilishi eng yuqori normadan ham oʼnlab barobar ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, koʼl, yer osti suvlarini ifloslantiradi. Bundan tashqari yangi yerlardan foydalanishda zarur texnologiyalarga rioya qilinmaydi. Hamma joylarda nazoratisiz sugʼoriladi. Tuproqning namligi kuchayib ketadi. bu esa uning qayta shoʼrlanishiga olib keladi. Tuproqning har hil sanoat chiqindilaridan, sanoat usulida qayta qayta ishlash moslamasi qilinmagan. Yagona Toshkent maishiy chiqindilar tajriba zavodi 1991 yildagina ishlay boshladi. Radioaktiv ifloslanish ayniqsa katta xavf tugʼdirmoqda. Navoiy viloyatidagi qoldiqlar saqlanayotgan joy ekologik jixatdan xavfli ifloslantirish oʼchogʼi hisoblanadi. Bu erdagi radioaktiv qumni shamol uchirishi mumkin. Ikkinchidan, Oʼzbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai nazardan qaraganda suv zaxiralarining shu jumladan yer osti va er usti suvlarining keskin taqchilligi, hamda ifloslanganligi katta tashvish tugʼdirmoqda. Suv zaxiralarining sifati eng muxim muammolaridan biridir. 1960 yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar keng koʼlamda oʼzlashtirildi. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologik, gigiena, sanitariya – epideminologiya vaziyatini ayniqsa daryolarining quyi oqimlarida yomonlashtirilmoqda. Ikkinchi tomondan daryo suvlarining tarkibida tuzlarning mavjudligi Аmudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning dastalarida tuproqning shoʼrini kuchaytirmoqda. Bu esa qoʼshimcha meloratsiya ishlarini amalga oshirishda zarur tizimlarni barpo etish va tuproq shoʼrini yuvishda yaqqol sezilmoqda. 1911 – 1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada boʼlib 53,3m. ni, suvning xajmi esa 1064 kub, killometrni va menerallashuv darajasi bir metr suvda 10 – 11 grammni tashkil qilgan edi. uydan uzoqlarga, asosan vohaning bir qator tumanlariga, jumladan Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari xududlariga tarqalmoqda. Boʼlajak texnolog va muxandislardan ilmiy – amaliy masalalarni yechish jarayonida ekologik ong va fikrlash qobiliyati tarbiyalanib shuningdek takomillashib borishi kerak. XULOSА Mening bitiruv malakaviy ishim shundan iboratki shu kunga qadar mutaxassislik va umumtaʼlim fanlaridan olgan bilimlarimning yakunlovchi ishi boʼlib, bunda olgan bilm va tajribam chuqurlashdi, xususan ishlab chiqarish texnologik tizimlarini oʼrgandim, texnologik uskunalarni hisobladim, zamonaviy donni qayta ishlash korxonalarining ishi bilan tanishdim va bilimlarimni kelajakda amaliyotda tadbiq etaman. Bitiruv malakaviy ishim quvvati 310 t/s boʼlgan un ya’ni, oliy va I navli un ishlab chiqarishdan iborat bo’ldi. Malakaviy bitiruv ishini bajarish uchun quyidagilarni amalga oshirdim. Malakaviy bitiruv ishimni individual topshiriq boʼyicha bajardim. Malakaviy bitiruv ishimni mavzusiga asosan oliy navli un ishlab chiqarish 15% oliy, 45% I navli unini olish maqsadida men un ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnologik jarayonlarni olib borish va tashkil qilish qoidalariga amal qilgan holda mavjud boʼlgan texnologik sxemaga quyidagicha oʼzgartirishlar kiritdim. Bunda yuqori unumdorlikka ega boʼlgan yangi uskunalardan foydalanilgan boʼlib, quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: 5 ta maydalash sistemasi, 6 ta saralash sistemasi, 2 ta sayqallash sistemasi, 7 ta boyitish sistemasi, 11 ta un tortish sistemasi, un nazorati va ―vimol‖ jarayonlari. Boyitish jarayoni oliy navli unni olishda eng muhim jarayonlardan biri boʼlib, bu jarayonda oliy navli unining asosiy qismi olinadi. Shu sababli boyitish jarayonida mavjud boʼlgan 4 ta boyitish sistemasini 7 tagacha koʼpaytirdim, bu sistemada 7 ta boyitish elash mashinalardan tashkil topgan boʼlib, bularni bir qismi saralash jarayonlaridan olingan yorma-dunstlarni boyitsa, bir qismi esa sayqallash va nazorat uchun xizmat qiladi. Boyitish sistemasida barcha jarayonlardagi un ishlab chiqarildi. Un-yorma va omixta em sanoatining taraqqiyoti uning rivojlanishi yuzasidan hukumatimiz, Vazirliklar va «Oʼzdonmahsulot» АK tomonidan chiqarilgan va qabul qilingan qarorlar, buyruqlarga asoslangan holda sanoatini hozirgi zamonaviy jihozlar bilan qayta jihozlash bu sohadagi hal qilinishi zarur boʼlgan muammolardan biridir. Download 409.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling