Kiris h I bob


Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiya


Download 1.65 Mb.
bet2/9
Sana24.05.2020
Hajmi1.65 Mb.
#109521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geografiya darslarida zamon


1.2. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiya

Mamlakatimizda mustaqillikdan sо‘nggi davrlarda ta’lim sohasida ham katta о‘zgarishlar ruy berdi. «Ta’lim xaqidagi qonun», «Kadrlar tayorlash milliy dasturi» ning oldiga qо‘yilgan ustivor vazifalariga yosh avlodga chuqur bilim va tarbiya berish, barkamol insonlarni voyaga yetkazish bо‘lib xisoblanadi.

Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov «Aql zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qо‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi2» deb kо‘rsatganining о‘zi jamiyatmizning yuksalishida va uning rivojlanishida ilmning boshqa sohalari bilan bir qatorda zamonaviy geografiyaning ham tutgan о‘rni aloxida e’tiborga loyiq.

Zamonaviy geografiyani о‘qitishda innovatsion texnolgiyalardan samarali foydalana olish eng birinchi navbatda о‘qituvchining faoliyatiga, nazariy bilim darajasiga, tashkillashtirish qobiliyatiga va pedagogik mahoratiga bog‘lik.

Bugungi kun ta’lim tizimining talablaridan kelib chiqqan holda innavatsion texnolgiyalardan geografiya darslarida mavzuga mos turda saralab olish va olib borishdan kо‘zda tutiladigan maqsadlar quyidagicha taqsimlanadi:

-о‘quvchilarning geografiya faniga va u orqali о‘zi yashayotgan о‘lka tabiatiga mexr-muxabbatni shakllantirish,

-ularning nazariy bilimlarni chuqur о‘rganishida, о‘zicha fikrlay olishi hamda о‘rganilgan bilimlarni amalda bajara olishida muhim о‘rinni egallash;

-о‘rganilayotgan mavzuni yengil uzlashtira olishga yordam berish va boshqada shunga о‘xshagan ahamiyatli vazifalarini о‘z ishiga oladi.



Innavatsiya (inglizcha - innavatsion) yangilik kiritish, yangilik demakdir.

Innavatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda talaba (o’quvchi) faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanadi. O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma – ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (o’quvchi)larning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Uzluksiz geografik ta’lim milliy ta’lim tizimining barcha bosqichlarini o‘zida qamrab oluvchi va iyerarxik pog‘ona joylashtiruvchi bilim berishni oddiydan murakkab tomonga olib boruvchi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ko‘ziga yaqqol tashlanayotgan ularni “Atrof-olamga sayohat” ruknida bolalarga ochiq havoda tanishtiruv sohalarini saoatlarini o‘tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Barchada esa bolalarga ochiq havoda tanishtiruv soatlarini o‘tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Geografiya darslarni о‘qitishda avvaldan takomillashtirilgan ta’lim metodlari: ogzaki bayon, suhbat, darslik va qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, kuzatish va tajriba, amaliy ishlar va shuning bilan bir qatorda innovatsion texnologiyalardan tо‘g‘ri foydalana bilish- bu о‘quvchilarning fikrlarni oydinlashtiradi, darsga jadalligini orttiradi.

Innovatsiya – bu inglizcha «yangilik kiritish» degan tushuncha bulib, о‘qituvchi tomonidan geografiya darsida yangiliklar, interfaol metodlar bilan boyitilib, tuldirilib borilishi kerak.

Bu metodlar alohida emas, bir-birlari bilan bog‘lik xolda olib borilishi natijasida mavzuni tushuntirish vaqtida amalga oshirilib boriladi.

О‘qituvchi tomonidan klaster (tarmoklar) uslubi har bir darsda о‘quvchilar bilan birgalikda aloqalarni kо‘rsatish uchun foydalanilsa, bu qulay va ihcham uslub bо‘lib hisoblanadi.

Innovatsion texnologiyalardan «Skarabey», «Bumerang», «Veyer», «FSMU» texnologiyalari murakkab kо‘rinishlari bilan ajralib turadi. Masalan, FSMU TEXNOLOGIYASI



Trening haqida tushuncha. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, baxs – munozaralar о‘tkazishda yoki о‘quv – seminari yakunida (tinglovchilarning о‘quv – seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida) yoki о‘quv rejasi asosida biron bо‘lim о‘rganib bо‘lingach qо‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni о‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda о‘quvchi – talabalarni, о‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga о‘rgatadi.

Maqsad. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga о‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

О‘tkazish texnologiyasi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda о‘tkaziladi:

1 – bosqich:

  • trener tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bо‘lgan muammoni yoki о‘rganilgan bо‘limni belgilab oladi;

  • trener о‘quv mashg‘ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bо‘lib ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi;

  • mashg‘ulot davomida har bir tinglovchi о‘z fikrini erkin holda tо‘liq bayon etishi mumkin ekanligini eslatib о‘tiladi.

2 – bosqich:

  • har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.:

F – fikringizni bayon eting.

S – fikringizni bayoniga sabab kо‘rsating.

M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.

U – fikringizni umumlashtiring.

Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMUning 4 bosqichini о‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda tо‘ldiradi.

3 bosqich:


  • har bir tinglovchi о‘z qog‘ozlarini tо‘ldirib bо‘lgach, trener ularni kichik guruhlarga bо‘linishlarini iltimos qiladi yoki о‘zi turdi guruhlarga bо‘lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bо‘lib yuboradi;

  • trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;

  • trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bо‘yicha yozishlarini taklif etadi.

4 bosqich:

  • kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi о‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib о‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari о‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;

  • guruh a’zolari FSMUning 4 bosqichini har biri bо‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik kо‘radilar;

  • fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi о‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.

5 bosqich:

  • kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida о‘qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba’zi bо‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib о‘tishi mumkin.

6 bosqich:

  • trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga о‘z munosabatini bildiradi;

  • quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojaat qiladi:

  • ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarni о‘rgandingiz?

  • ushbu texnologiyani о‘quv jarayonida qо‘llanilishi qanday samara berdi?

  • ushbu texnologiyani qо‘llanilishi о‘quvchi – talabalarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?

  • ushbu texnologiyaning о‘quv jarayonining qaysi bosqichida qо‘llanilgani ma’qul va nima uchun?

  • ushbu texnologiyani dars jarayonida qо‘llanilishi о‘quvchi – talabalarga nima beradi va nimaga о‘rgatadi?

  • ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda о‘tkazish mumkin?

  • ushbu treningda trenerning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Izoh: yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan kelib chiqib trener tomonidan tinglovchilarga yoki о‘quvchi – talabalarga berilishi mumkin.

Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:
«FSMU»

F-fikrni bayonlash

S- sababini kо‘rsatish (fikrning)

M-misol (misol bilan tushuntirish)

U- umumlashtirish (fikrni)

Bumerang” texnikasiо‘quvchi – talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, о‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, sо‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha о‘quvchi – talabalarni baholay olishga qaratilgan.

Bumerang” texnologiyasi.

Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida о‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda о‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yо‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bо‘lgan mavzularni о‘rganishga yaroqli bо‘lib, о‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan о‘quvchi yoki о‘qituvchi rolida bо‘lishi, kerakli ballni tо‘plashga imkoniyat beradi.

“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi.

Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:



  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • muomalalik;

  • xushfe’llik;

  • kо‘nikuvchanlik;

  • о‘zgalar fikriga xurmat;

  • faollik;

  • rahbarlik sifatlarini shakllantirish;

  • ishga ijodiy yondoshish;

  • о‘z faoliyatining samarali bо‘lishiga qiziqish;

  • о‘zini holis baholash;

Skarabey” texnologiyasi. “Skarabey” interaktiv texnologiya bо‘lib, u о‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda о‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya о‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini holis baholash, о‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.

“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bо‘lib, undan о‘quv materialining turli bosqichlarini о‘rganishda foydalaniladi:



  • boshida о‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (Aqliy hujum) – mavzuni о‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq о‘rganish, yangi jihatlarini kо‘rsatish;

  • oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.

“Skarabey” texnologiyasi о‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U о‘quvchilar tajribasidan foydalanishni kо‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba о‘tkazish imkoniyatlariga ega.

Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni kо‘rsatish mumkin.

“Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda о‘quv jamoalarida qо‘llanishi mumkin.

Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.:



  • о‘zgalar fikriga hurmat;

  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • faollik;

  • xushmuomalalik;

  • ishga ijodiy yondoshish;

  • imkoniyatlarini kо‘rsatish ehtiyoji;

  • о‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;

  • “men”ligini ifodalashga imkon beradi;

  • о‘z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi.

Veyer” texnologiyasi. Bu texnologiya murakkab, tarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni о‘rganishga qaratilgan.

Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bо‘yicha bir yо‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.

Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqqiyatli rivojlantirishga hamda о‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.

“Veyer” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.

“Veyer” texnologiyasi mavzuni о‘rganishning turli bosqichlarida qо‘llanilishi mumkin:


  • boshida: о‘z bilimlarini erkin faollashtirish;

  • mavzuni о‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;

  • yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.

О‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash yо‘llari talaygina. Bulardan keng tarqalganlari. Savol-javob, doska oldida og‘zaki yoki yozma javob, frontal surash, nazorat ishlari, test sinovlari о‘tkazish yо‘li bilan bilim darajasini baholash kabilardir. Bulardan tashqari, ijodkor о‘qituvchilar tomonidan о‘quvchi bilimini sinashning yangidan-yangi usullari ishlab chiqilgan bо‘lib, ular galma-galdan almashtrilib qо‘llab borilishi, dars samaradorligini oshirishda, о‘quvchilarning ushbu fanga qiziqishning uyg‘otishda asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi. Bu bilan bog‘liq usullar bir qancha pedagogik jurnallarda, jumladan, “xalq ta’limi”, “Biologiya v shkole”, “ximiya v shkole”, “Geografiya v shkole” kabi jurnallarning sahifalarida tez-tez yoritilib borilmoqda.

О‘tilgan mavzular о‘quvchilar tomonidan qay darajada о‘zlashtirilayotganligini muntazam tekshirib borish maqsadida geografiya fani bо‘yicha maktabda о‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarini hisobga olib boruvchi “reyting varaqasi” joriy qilish mumkin. Sinfdagi har bir о‘quvchi alohida “sinov daftarchasi” tutib, unda geografiyani turli mavzular bо‘yicha tushunchalar, qonuniyatlarni qay darajada о‘zlashtirganini qayd qiladi. Har bir mavzu bо‘yicha tekshirib kо‘rilishi shart bо‘lgan yozma, og‘zaki sо‘rovlar, amaliy ishlar yakunning baholarini о‘quvchilar ana shu daftarga yozib boradilar.

Har bir yangi mavzudagi tushuncha va qonuniyatlarning о‘quvchilar tomonidan puxta о‘zlashtirilishi, ularning yodida saqlanib qolishda faqatgina og‘zaki yodlash kо‘nikmalaridan foydalanib qolinmasdan, balki geografiya materiallarini namoyish qildilar.

1. Qarshi shahrining karta – chizmasi

2. Yog‘ ishlab chiqarishning о‘sish diagrammasi.


  1. Zavodning ishlab chiqarish aloqalari

  2. Sayrda tо‘plangan mahsulotlar namunasi.

  3. Fotorasmlar

  4. Zavodning ishlab chiqarish jarayonlari chizmasi

О‘quvchilar bilan qishloq xо‘jalik korxonalariga ham sayr uyushtirish mumkin. Bu esa qishloq maktablari uchun yaqin soha va qulaydir. Qishloq maktabi о‘quvchilarning ota-onalari shu korhonada mehnat qiladilar va ulr ota-onalariga ayrim sohalarda yordam berib keladilar.

Shirkat xо‘jaligiga uyushtiriladigan sayr shirkatning idorasidan boshlanadi. Sо‘ngra belgilangan obyektlarga boriladi. bunday sayrlarni “Qishloq xо‘jalik” mavzusi о‘tib bо‘lingandan sо‘ng uyushtirilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. О‘quv sayridan quyidagi maqsad kо‘zda tutiladi.

-Shirkatning dehqonchiligi, ixtisosi va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish.

-Chorvachiligi uning turlari, mahsuldoriligi.

-ishchilar bilan suhbat ularning turmushi bilan tanishish.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun har bir guruh о‘z rejasini tuzib chiqadi.



Birinchi guruh shirkatining geografik о‘rni, uning qishloq xо‘jaligiga ta’siri va shirkatning tashkil topish tarixini.

Ikkinchi guruh suv ta’minoti, yerlari tuzilishi, ekin turlari va maydoni, paxta maydoni hosildorligi, yalpi hosil, mexanizatsiyalashuvi.

Uchinchi guruh Chorvachilik, uning turlari, soni, parrandachilik mahsuldorligi, boqish sharoiti, ozuqa bazasi, rentabelligi, shirkat iqtisodida chorvachilikning roli va dehqonchilik bilan aloqadorligi.

Tо‘rtinchi guruh Agrotexnikaning qо‘llanishi, mehnat unumdorligi, bir kishiga tо‘g‘ri keladigan sohalardagi mahsulot, turmush sharoiti va istiqbollari.

Bunday sayrlar paytida о‘quvchilar aniq reja asosida ishlab xо‘jalik iqtisodiyotini aniq tasavvur qiladilar. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amalda sinab kо‘rish imkoniyatini beradi va qishloq xо‘jaligini puxta bilib olishga yordam beradi. Shirkat xodimlari о‘quvchilar bilan о‘z ishlab chiqarishlari haqida suxbat о‘tkazadilar.

О‘quvchilar shirkatga uyushtirilgan sayrdan mamnun bо‘lib, qaytdilar. Tо‘plangan materiallar asosida hisobot tayyorlaydilar va uni tо‘garak yig‘ilishida muhokama qiladilar. О‘tkaziladigan о‘quv sayrlari natijasida о‘quvchilarda mehnat tarbiyasi, ta’limi va kasb tanlashga о‘rgatish ishlari muvaffaqiyali amalga oshiriladi.
1.3. Geografiya ta’limini amalga oshirishda interfaol usullarda foydalanish
Interfaol (“Inter” – bu o’zaro, “ ast” – harakat qilmoq) – o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishini anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda , o’qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarini tushuntirish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talaba (o’quvchi)larning faoliyatini dars maqsadiga erishishiga yo’naltirishiga olib keladi.

O’quv jarayonida geografiya talimini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida olib borishda interaktiv usullardan foydalanish muhim ro’l o’ynaydi. O’qitishning interaktiv usuli yordamida o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etish kerakki, bunda sinfda talim oluvchilarning o’qish ,bilim olish jarayoniga to’la jalb etiladi. Ular o’zlari oylagan va bilgan barcha narsalar to’g’risida erkin fikr yuritish imkoniyatga ega bo’ladilar . Ya’ni mavzu materiyallarini idrok etish va o’zlashtirish jaroyonida o’quvchi va o’qtuvchilarning birgalikdagi faolyati natijasida jaroyani tashkul etiladi.Bu jaroyonda o’quvchilar o’zlarini alohida individual hissasini qo’shadi. O’quvchilar o’z fikrlari, bilimi faoliyati,dunyo qarashi yangi mavzuga oid bo’lgan tasovurlari bian o’rtoqlashadilar. Bu jarayon o’quvchilarning o’zaro ittifoqligi qo’llab –quvvatlash muhitida amalga oshadi.

Interaktiv uslublar g’oyalarning ustunligi,yagonaligini vaqtincha inkor etadi

Talim jaroyonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashni o’rganadilar. Bundan tashqari, o’quvchilar tomonidan aytilgan al’ternativ fikrlarni taroziga solib ko’rish oylab xulosa chiqarish ,bahs-munozarasida ishtirok etish,o’z fikrini bayon qilib berishni o’rganadilar. Bundan tashqari,o’quvchilar tomonidan aytilgan al’ternativ fikrlarni taroziga solib ko’rish oylab xulosa chiqarish,bahs-munozarasida ishtirok etish,o’z fikrini bayon qilib berishni o’rganadilar.

Bu uslubni amalga oshirishda o’qituvchi,o’quvchilar darsni tashkil etishda yakka juft,holatda amalga oshiriladi. O’qituvchi interaktiv uslubni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish kerak: 1. Sinf xonasi dars jarayoni uchun tayyor bo’lish kerak. Kerakli materiallar oldindan tayyorlanishi lozim. 2. Bu jarayonni amalga oshirishda vaqtni o’quvchilar bilan kelishilgan holda to’g’ri taqsimlash lozim. 3. O’quvchilar guruhlarga bo’lishda birinchi ixtiyoriy holat, keyin esa tasodifiy holatga bo’lish kerak . Chunki yaxshi, aktiv o’quvchilar bir guruhga to’planib qolishi mumkin . Buni oldini olish lozim . 4. Darsda o’quvchilarni guruhlarda bo’lishda, o’quvchilarning psixologik holatini hisobga olish kerak. Bu jaroyonni tashkil etish juda nozik bo’lib, darsni qanday o’tishni belgilab beradi. Dastlab o’quvchilar birdaniga darsga kirib ketishga tayyor bo’lmaydilar . 5.Fan o’qituvchisining mahorati o’quvchilarni o’ziga jalb eta olish, so’zlashuv odobi, nutqining qandaydir o’ziga hosligi keyingi darslarda ham shu uslublardan foydalanish kerakligini o’quvchilarda shakllantirish lozim .
Aqliy hujum “ uslubi

Maskur uslub muayyan mavzu yuzasidan berilgan . muommolar hal etishda yaxshi natija beradigan uslub hisoblanadi.U dars jaroyoni ishtirokchilarning muommo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish uchun hamda o’z tasavurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hama malakalar hosil qilishda rag’batlanitiriladi . Dars jarayoni muvaffaqiyatli kechishi uchun quyidagi tartibda tashkil etish mumkin . 1. O’quchilarni darsda aktiv qatnashishini tashkil etish . 2. Mavzuga oid g’oyalarni yozib borish uchun ,doska va qog’ozlar tayyorlash

3. Muommoni o’quvchilar ongiga tushunnarli qilb yetgazish

4. “Aqliy hujum”uslubini tashkil etish.

A) Har bir o’quvchi tomonidan aytilgan fikirlarni izohlash qat’ian man etiladi

B) Erkin fikirlashi tashkil etish .

S) O’quvchilarning fikrlarini ilg’ab olish , aytilishi bilan yozib olish.

5.Fikrlarni so’rash va ularni aytilishi bilan yozib olish.

6.G’oyalar yozilgan qog’ozlar to’lsa ularni devorga ilib qoyish.

7.O’z fikringni bildirib,yangi g’oyalarni yuzaga kelishiga turtki berish.

8. Ayrim o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar yuzasidan kulish, piching qilish mumkin emas.

9. G’oyalar tugamaguncha ishni to’xtatish shart emas, lekin vaqt reglamenti ham yoddan ko’tarilmasligi kerak.

“Aqliy hujum”uslubini guruhli, yakka tartibda, juftlik asosida tashkil etish mumkin. Shu asosda o’quvchilarga muayyan mavzu boyicha bilganlari yoki o’z fikrlarini alohida qog’ozga mustaqil yozishni aytiladi va ikki daqiqadan so’ng, yonma-yon o’tirgan o’quvchilar bir–birlariga o’girilib yozganlarini o’rtoqlashadilar va o’z royxatlarini birlashtiradilar. Bunda o’quvchilarning soni 10-15 tadan oshmasligi kerak.

Umuman “Aqliy hujum”uslubi dars jarayonida o’quvchilarni faollashtiradi, charchoqni oladi, hammani ishlashga, fikrlashga majbur qiladi. Bu o’z – o’zida ta’lim jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

О‘yindan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanar ekanmiz, uning 3 jihatiga e’tibor qaratiladi:

1.О‘yin –mashq

2.О‘yin-topishmoq

3.О‘yin –musobaqa

Geografiya darslarini qiziqarli va kо‘rgazmalari ztkazishda karta va geografik atlasdan foydalanish katta ahamiyatga ega. О‘quvchilarni kartadan foydalanish va uni о‘qiy olishga о‘rgatish ularda geografik bilimlarni qiziqish kо‘nikmasini tug‘diradi, lekin kartani о‘qish kо‘nikmasini tug‘diradi , lekin kartani о‘qish ishlash usullarian yaxshi foydalanilsa, kо‘zlangan maqsadga erishiladi. Geografiyadan kartalarni о‘qishni bilgan о‘quvchi geografiyani nazariy bilimlarni tez о‘rgana oladi. О‘quvchilar kartadan geografik obyektni topa olmaslik xodisalari ham uchraydi. Xо‘sh bu xolda nima qilish kerak qanday qilsa о‘quvchi kartadan kerakli obyektlarni tez topadigan bо‘ladi. Bunda geografik о‘yinlar yordam beradi.

Tovush chiqarmasdan topish о‘yini. О‘yinni boshlashdan avval о‘quvchilarga о‘yin qoidalari tushuntiriladi. О‘yinga faol qatnashgan va shartlarni oldin bajargan о‘quvchiga baho qо‘yiladi.

О‘yin mazmuni. О‘qituvchi geologik biron obyekt nomini aytadi.

О‘quv vositasi. О‘quvchilar shu obyektni geografik karta va atlasdan qidiradi.

О‘yining borishi. Obyektni topgach о‘quvchi о‘ng qо‘lini kо‘taradi. О‘qituvchiga о‘zi topgan obyektni kо‘rsatadi. О‘quvchi qо‘li bilan obyektni ushlab turmaligi kerak. Chunki yonidagi bola undan kо‘rib olishi va foydalanishi mumkin. Shuning uchun obyektni topgan о‘quvchi joyning nomini yodda saqlashi zarur. О‘qituvchi oldin topgan va qо‘lini kо‘targan о‘quvchining oldiga borishi va tekshirib kо‘rishi kerak.

“Men topdim”, “men topdim” deb tovush chiqargan о‘quvchilarning topgani hisobga olinmadi, bu haqda bolalar ogohlantirib qо‘yiladi. О‘yinda obyektni birinchi bо‘lib topgan о‘quvchi uni geografik karta yoki atlasdan kо‘rsatishi kerak. Boshqa о‘quvchilar qanchalik bilib olganliklarini sinash uchun ulardan ham obyekt sо‘raladi. Obyektni topgan о‘quvchi о‘tirgandan sо‘ng, о‘qituvchi yangi obyekt nomini aytadi.

Kartadan topish о‘yini. Har bir sinfda olib borish mumkin. Darsning mazmuniga qarab о‘yin geografik atlasning turli sahifalaridagi obyektlarda bо‘ladi. О‘quvchilarga bu о‘yinni bir necha bor о‘ynaganlaridan sо‘ng, tez topadigan nomning geografik koordinatlarini aniqlash topshiriladi. Buning uchun shahar va qо‘rixonalarni tanlagan ma’qul о‘quvchilar topilgan joylarning koordinatalarini daftarga yozib oladilar.

Geologik lug‘at. О‘yin sharti. Bu о‘yinni ikki о‘quvchi bajaradi hamda bu о‘yinga bir kishi hakamlik qiladi va yozib boradi. Bunda о‘quvchilar navbatma-navbat bilan boshlanadigan geografik atama va nomlarini aytishadi.

О‘yinning borishi. Masalan: о‘yin “A” harfidan boshlansa, abiotik, aspekt, antropogen, akklimatizatsiya, akvatoriya kabi: “b” harfidan boshlansa biosfera, biotik, biomassa kabilar aytiladi. Nom topilmagan yoki geografiyaga aloqasi bо‘lmagan atama yoki nomni aytgan о‘quvchiga yengilgan hisoblanadi.

“Qizil kitob” haqida nimalarni bilasiz? О‘yinning mazmuni. О‘yin qatnashchilariga savollar “Qizil kitob” bо‘yicha beriladi. “Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning va о‘simliklarning nomi, sinfi, turkumi, oilasi tо‘g‘risida savollar beriladi.

Tabitadagi narsalarning ovozini ajrating. Bu о‘yinda tabiatdagi turli ovozlar magnit tasmasiga yozilgan bо‘lib, ular qо‘yib eshitirilladi. Ayrim taqlidchi о‘quvchilarо‘zlari kо‘p hayvonlarning ovozlarini qilib berishlari am mumkin. Ovozni 2-3 marta qaytarish lozim. Tо‘g‘ri topganlar rag‘batlantiriladi. Rekratsion nazoratchi. Bu о‘yinda savollarga javob beriladi: 1. Mashinaning nomeri va turi? 2. Singan daraxt, payxon qilingan о‘tloqlar? 3. gulxan о‘rni va qoldiqlari. 4. gulxayrining yulib olinishi.о‘simliklarning terib ketilishi. 5. hayvonlarning ovlanishi va xokazolar. О‘quvchilar savollar paytida о‘yindan chiqadi.

Tо‘g‘ri javob berganlar rag‘batlantiriladi. О‘yin turlari va ulardan foydalanish yо‘llari quyidagi jadvalda beriladi.





О‘yin turlari

Geografiyaning foydalaniladigan qaysi kursidan

Foydalnish yо‘llari

1

Boshqariladigan о‘yinlar

Tabiiyot

Darsda bilimlarni oshirib chuqurlashtiriladi.


2.

Sayr-sayyoxat shaklidagi о‘yinlar

Tabiiy geografiyasi

Fanga qiziqishni oshiradi.

3.

Musobaqa tarzidagi о‘yinlar

О‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Dars mazmunini boyitib, qiziqishni oshiradi faolikka undaydi.

4.

Rolli о‘yinlar




Darsni qiziqarli bо‘lishiga yangilikka intilishga, muammoni xal etish sirlarini yechishga undaydi.

Ta’lim - tarbiyada о‘yinlardan foydalanish.о‘yin bola faoliyatining almashtirib bо‘lmaydigan tashkiliy shaklidir. Shuning uchun ham geoekologik ta’lim tarbiyada о‘yin muhim о‘rin tutadi.

Tarbiyada о‘yindan majmuali foydalanish bola faoliyatiga ta’sir kо‘rsatib, uni turli tomonga yо‘naltirish mumkin. Shuning uchun ham о‘yinning jamoa shakllarida tashkilotchi bolalar boshqa bolalarni ham о‘ziga ergashtira oladi. Buesa о‘yin omilining katta tarbiyaviy ahamiyati borligini bildiradi. Bizningcha, geografiyadan, foydalaniladigan о‘yinlarni xarakteriga qarab besh guruhga bо‘lish mumkin.


  1. Stolda bajariladigan /loto, krosvord, rebuslar/

  2. Musobaqa о‘yinlar (о‘tkir zehnlilar mushoirasi, turnirlar/

  3. Harakatli о‘yinlar

  4. Rolli о‘yinlar

  5. Kompyuter о‘yinlar

Rolli uyinlar.

O’qitishning bu usulida o’quvchilar «real hayot» holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi.

Qo’ullanilishi:

- Yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko’rsatishda;

- O’quvchilarni nazariyani amaliyotda qo’llab ko’rishga o’rgatishda;

- O’quvchilar faolligini yanada oshirishda.

Afzalligi:

- « real hayot » ning qayta tiklanishi;

- o’quvchilarning mavzuga chuqurroq jalb qilinishi;

- O’quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko’rish

imkonini berish.

Guruh munozarasi:

O’qitishning bu usuli o’quvchilarning o’zaro muloqoti va fikr almashinuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu yoki muammo ishlab chiqiladi.

Qo’llanilishi.

-Qiziqishni kuchaytirish va o’ylash, fikr yuritishga chorlashda;

-Ma’ruza o’qish va boshqa usullarni mustahkamlashda;

-Mashgulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda;

-Muammoning ko’zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda;

-Yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda;

-Mavzu tushunarliligini baholashda;

-O’quvchilarni kelgusi darsga tayyorlashda.

Afzalligi:

-O’quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishini mustahkamlaydi;

-O’quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Geoekologik о‘yin bolalarning bilimga qiziqshlarini faollashtirish yо‘lidagi eng qulay vositadir. Bulardan eng qizig‘i rolli о‘yinlar, bunda tashabbus bilan bolalar о‘z oldiga qо‘ygan topshiriqlarni hal qilishi, qiyinchiliklarni yengish, mehnatga muhabbat harakteriga ta’sir qilishi mumkin.

Bolalar quruq, zerikarli tadbirlardan charchaydilar, о‘yinga esa hamisha tayyor turadi.

Yuqori sinf о‘quvchilari ommaviy о‘yinlarda, quyi sinf о‘quvchilariga yordam beradi, savol- javoblarida faolikka о‘rgatadi.

О‘yindan geoekologik ta’lim –tarbiya ishida foydalanish imkoniyatlari keng va о‘yin turlari xilma-xildir. Bilimlarni oshirish maqsadida о‘tkaziladigan о‘yinlar о‘quvchining muvaffaqiyat о‘quvchilarni kо‘proq bilimga undaydi.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling