Kiris h I bob


Iqtisodiy geografiya fanini о‘qitishda texnika vositalaridan foydalanish


Download 1.65 Mb.
bet3/9
Sana24.05.2020
Hajmi1.65 Mb.
#109521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geografiya darslarida zamon


1.4.Iqtisodiy geografiya fanini о‘qitishda texnika vositalaridan foydalanish masalalari

Maktabning asosiy funksiyasi mehnatga, ma’lumot olishni davom ettirishga va mustaqil о‘qib bilimini oshirishga, qobiliyatli va psixologik jihatdan tayyorlangan har tomonlama yetuk shaxsini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabning tarbiyaviy vazifalarni xal qilishda xar bir о‘quv predmeti va kursi о‘z ulushini qо‘shadi.

VII sinfda о‘qitiladigan “О‘zbekiston tabiiy geografiyasi” kursning asosiy ta’lim-tarbiyaviy vazifalari quyidagilardan iborat.

1.V va VI sinflarda о‘qitiladigan tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi va materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga nisbatan qobiqning uzviy qismi bо‘lgan О‘zbekiston hududi tabiatining genezisini va rivojlanish qonuniyatlarni chuqurroq bilib olish mamlakatimizning yirik hududlarini tahlil qilish jarayonida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida Vatanimiz hududining tabiiy sharoitlari va resurslarining о‘ziga xos hususiyatlarini tushunib olish.

2. Tabiatga va tabiiy resurslarga oqilona munosabatda bо‘lishning tabiiy –ilmiy asoslarini shakllantirish.

3. Tabiatni muhofaza qilish va uni boyitish,

Kelajakda Vatanimizning yanada gullab yashnashi uchun asosni saqlashdan iboratdir degan maslakni shakllantirish.

4. Tabiiy qonunlarni bilish, tabitga va uning resurslariga tejamkorona munosabatda bо‘lish, ularni tiklash va muhofaza qilish halqning tabiatga umumhalq boyligi sifatida tо‘g‘ri munosabatda bо‘lish uchun ideologik kurashiga qо‘shiladigan jiddiy hissa ekanligini tushuntirish .

5. О‘quvchilarda tabiatni kompleks idrok etishning muhim belgisi bо‘lgan ekologik tafakkurni shakllantirish.

Demak, “О‘zbekiston tabiiy geografiyasi ” kursining vazifalari va maqsadi mazkur kursni о‘qtishda kо‘rgazmali qurollardan va ta’lim texnika vositalaridan о‘rinli va samarali foydalanilgan holda bilib berishni talab qiladi.

Kosmik suratlar tushunchalarni shakllantirish vositasi. Geografiya ta’lim jarayonida kosmik suratlaridan foydalanib yer tabiati, uning yuzasidagi xodisa va jarayonlarning taraqqiyotini о‘rganish mumkin. Geografik karta kosmosdan olingan surat bilan birgalikda о‘rganilsa, yer yuzasi haqidagi real bilimlar tо‘laroq bо‘ladi va chuqurlashadi. Maktab geografiyasida kosmik suratlardan foydalanish tajribasi о‘zining yaxshi natijasini bermoqda. Ayniqcha rasmlar seriyasi orqali tabiiy jarayonlar bosqichlarini dars mavzulariga bog‘lab qо‘llasa yaxshiroq bо‘ladi. Buning uchun geografiya xonasi jihozlangan, о‘qituvchi ishlashi uchun qulay sharoit yaratilgan , kalendar ish rejasida eksperiment mavzulari belgilab chiqilgan, yangi kо‘rgazmali vositalar, tarqatma materiallari, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan bо‘ilish lozim.

Eksperimentni “Tabiyot”, “Tabiiy geografiya”, “О‘rta Osiyo va О‘zbekistonning tabiiy geografiyasi” kurslarida olib borildi.

Tajriba jarayonida о‘qituvchi yangi о‘quv materiallini kо‘rgazmali vositalar bilan о‘rgatib, tabiiy geografik tushunchalar kosmik suratlardan foydalanib tushuntiradi. Buning uchun fotoaxborotlar, о‘quv kо‘rgazmali vositalardan ham foydalaniladi. Izlanuvchan о‘qituvchi о‘tkazgan har bir о‘quv mashg‘ulotlari kundalikka yozib olib, pedagogik kuzatishlar, dars va uning qismlari magnit tasmasi, video, kino tasmalarga tushiriladi.

О‘quv yili davomida nazorat va tajriba sinflarida yozma ishlar olinib, о‘quvchilarning javoblari tahlil qilinib, berilgan chizma savollari javobi va fotoaxborotdagi rasmlarga e’tibor qaratiladi. Tajriba jarayonida tо‘plangan materiallar о‘rganilib tadqiqot natijasini qо‘llash uchun tavsiya etilgan topshiriqlar muhokama qilinib, ilmiy-amaliy anjuman va nazariy seminarlarda axborot beriladi. Materiallar karta va fototasvirlar bilan qiyoslaganda, suratda siklonlar, baland tog‘larning qor bilan qoplanganligi kabi jarayonlar bilan solishtiriladi.

Kosmik suratlardan foydalanish hozirgi zamon fani yangiliklarini hayotga tadbiq etishning yо‘llaridan biri bо‘lib, yer tо‘g‘risidagi bilimlarimizni kengaytiradi. Sun’iy о‘yldoshdan olingan suratlar yerni global mashstabda о‘rganish imkonini beradi. Namoyish qilinadigan rasmlar tarqatma materiallar, albom kо‘p nusxali о‘quv plakati jadval mavzularga doir diapozitiv tarzda chiqarilsa yanada yaxshi bо‘lur edi.

Iqtisodiy geografiya fanini о‘qitishda texnika vositalaridan foydalanish masalalari. Maktabda fan asoslaridan о‘quvchilarga puxta va chuqur bilim berish uchun jiddiy ishlarni amalga oshirish lozim. Buning uchun avvalo о‘qituvchi о‘qitishning samarador metodlarini va usullarini izlab topishi uchun kо‘plab harakat qilmog‘i kerak. Ayniqsa ilmiy- texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi sharoitda о‘quvchilarning о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan bilim hajmi nihoyatda ortib bormoqda.

Ma’lumki, iqtisodiy geografiya ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvini va ularning ishlab chiqarish munosabatlari bilan uzluksiz aloqalarn, turli rayon va mamlakatlarnning geografik joylanish va taraqqiyot xususiyatlarini о‘rganadi.

Iqtisodiy geografiya ham turmush talabi, muunosabatibilan uzluksiz rivojlanadi.iqtisodiy rivojlanadi. Iqtisodiy geografiya kursininng asosiy vazifalaridan biri – mamlakatimiz hududining tabiiy resurlari (yer, suv, iqlim, о‘simlik va hayvonot olam, hamda yer osti boyliklari) va ulardan oqilona foydalanish asosida rayonda ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashuvidagi tez sur’atlar bilan bо‘layotgan о‘zgarishlarni о‘quvchilarga zamon talabiga mos holda о‘qitish jarayonida fan-tehnika taraqqiyotining yutuqlaridan keng foydalanish zarur.

О‘qituvchi iqtisodiy geografiya darslarida xо‘jalik rejalarini bajarishdagi kurashini ochib berishi lozim. Masalan. Halqning moddiy madaniy turmush darajasini rivojlantirish va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, fan- texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, mehnat unumdorligini kо‘tarishga, xо‘jalikning barcha bо‘g‘inlarida ish sifatini har tomonlama yaxshilashga erishishni amalga oshirishdir.

Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining asosiy vazifasi butun dunyoni va alohida davlatlar xо‘jaligini, ijtimoiy –iqtisodiy tuzilishini, aniq tabiiy va tarixiy sharoitda xо‘jalikning rivojlanish holatini, ishlab chiqarishni hudud bо‘ylab joylashishini aniqlash va ta’rif berishdan iborat.

О‘quv materiallarini о‘quvchilarga tushuntirishda ularning bilimini turmush bilan bog‘lash hamda iqtisodiy geografiya predmetiga bо‘lgan qiziqishni oshirishda о‘qituvchiga turli texnika vositalari katta yordam beradi. Ayniqsa yuqorida qayd qilingan qо‘shimcha yangi bilimlarni о‘quvchiga yetkazishda filmoskop, diaproyektor, LETI- 60, kadrproyektor “proton”, kodoskop, epidoskop, kinoapparatlar, televizor, magnitofonlar va fotoapparatlar har bir maktabda bо‘lishi kerak. О‘qituvchi bu texnik vositalardan foydalanishga maktabning fizika о‘qituvchilari bilan uzviy aloqada bо‘lishi lozim.

О‘quv jarayonida yuqorida bayon qilingan texnik vositalardan foydalanish uchun avvalo о‘qituvchidan maxsus tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.

1. О‘qituvchi fanlar bо‘yicha о‘quv yilining boshidayoq kalendar va ish reja bilan birga dastur (ayniqsa о‘quv qurollaridan foydalanishni texnik vositalari) ni ishlab chiqmog‘i lozim. Bu ishchi dasturda quyidagi masalalarni bajarish talab etiladi.

a) xar bir dars turi uchun mavzularning soati va uni tushuntirish, о‘quv qurollarini kо‘rsatish vaqtlari puxta tuzilishi;

b) diafilm va diapozitivlarni dars mavzusiga moslab tanlash;

v) kadrlarni jonlashtirish , diktor matni va varaqalarini mashina yozuvida tayyorlash va magnitafonga yozib qо‘yish kerak bо‘ladi.

2. Diafilm va diapozitivlardan darslarda foydalanish yо‘llari va metodlarini tanlab olish hamda ularning mazmuni bо‘yicha savollar tayyorlash.

3. Televizion о‘quv darslaridan foydalanish uchun geografiya predmeti dars soatlarining vaqti, teleeshittirish dasturininng kunlarga moslashtrilgan holda tuzilishi kerak.

4. Texnik vositalardan foydalanishda dastur materiallaridan chetga chiqmaslikka va dastur materiallaridan yangi bilimlar bilan boyitib mustahkamlashga qaratilmog‘i lozim.

Darslarda shu texnika vositalaridan keng foydalanish natijasida yosh avlodni о‘qitish va tarbiyalash jarayonining sifatini yaxshilashga va uning samaradorligini oshirishga erishiladi.

О‘quv jarayonini yanada rivojlantirish yо‘lidagi izlanishlarda mavjud metodlardan ham keng foydalanilmoqda. Shu sababli dars davomida zamonaviy texnika vostilari keng joriy etilmoqda.

Iqtisodiy geografiya fanini о‘qitishda eng kо‘p qо‘llaniladigan texnika vositalaridan epidoskop va filmoskoplardir. Epidoskopga geografik obyekt haqidagi qо‘shimcha bilimlar asosida tayyorlangan turli xil rasmlar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar yangi mavzuni tushuntirish jarayonida kо‘rsatilib boriladi.

Diafilm –bu yagona mazmunga ega bо‘lib, undagi harakatlar kadrdan-kadrga rivojlanib boradi. Shuning uchun dars jarayoni diafilmlardan darsning mavzusi va maqsadiga qarab istalgan kadrlarni о‘tkazib yuborish, yoki tо‘xtatib qо‘yish asosida tushuntirish ham mumkin.

Televizion eshittirish dasturidan keng foydalanib etibor bilan mavzuga mos holatda qо‘llab dars о‘tish har bir о‘qituvchining asosiy vazifalaridan biridir.

Teleeshittirishdan iqtisodiy geografiya kurslarini о‘qitishda 2 xil yо‘nalishda foydalanish mumkin.


  1. Maxsus iqtisodiy geografiya darslarida.

  2. Iqtisodiy geografik obyektlar haqida umumiy bir nechta mavzular yuzasidan bilim beradigan televizion eshittirish bо‘lganda takrorlash dars turlaridan foydalanish foydadan xoli bо‘lmaydi.

Texnika vositalaridan foydalanib, dars о‘tishga tо‘xtalmoqchimiz. Darsning jihozi quyidagicha;

  1. О‘zbekistonning siyosiy kartasi;

  2. О‘rta Osiyoning tabiiy, siyosiy, iqtisodiy kartalari;

  3. Iqtisodiy jihatdan rivojlanish jadvallari va xо‘jalik tarmoqlari salmog‘ini kо‘rsatuvchi diagrammalar;

  4. Paxta va undan olinadigan maxsulotlarning kolleksiyalari, suratlar va xokazolar.

Bu yangi bilim berish dars turi bо‘lib, bunda tashkiliy ishlar bajarilgach, yangi mavzuning rejalari amalga oshiriladi. Uning mazmuni qisqacha 12-15 minut atrofida epidoskop va diafilmdan foydalanib tushuntiriladi. Keyin tugashi bilan doskadagi reja asosida mustahkamlaydi va uy vazifalari beriladi. Uy vazifalari asosan dars jarayonida qilingan ishlar yuzasidan ayrim mustaqil topshiriqlarni bajarishga qaratiladi.

О‘qituvchi yangi materiallarni tushuntrishdan oldin О‘rta Osiyo tabiiy kartasidan foydalanib, о‘quvchilarga О‘rta Osiyoning geografik о‘rni, yer yuzasining hususiyati, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, iqlim hususiyatlari va boshqa komponentlar hamda VII –sinfda olingan bilimlarni bir karra eslatib о‘tadi. Sо‘ngra о‘qituvchi yangi mavzu barcha xо‘jaligiga ta’sir etadi. Paxtachilikdan tashqari pillachilik, uzum yetishtirish, bog‘dorchilik, jun va qorakо‘l terilari tayyorlash ham muhim ahamiyatga egadir.

Paxtachilik sanoatining turli tarmoqlari bilan bog‘liq bо‘lib, ular bilan birgalikda agrar-industrial siklini tashkil etadi. Siklning yordamchi tarmog‘i mashinasozlikdir. Mashinasozlik paxta terish, g‘о‘zaga ishlov berish uchun mо‘ljallangan har xil mashinalar va tо‘qimachilik sanoati uchun stanoklar tayyorlab beradi. Kimyo sanoatiqishloq xо‘jaligini azotli va fosforli о‘g‘itlar hamda zaxarli xiimkatlar bilan ta’minlaydi. Paxtachilik bilan bog‘liq bо‘lgan sanoat tarmoqlaridan tashqari, neft’, gaz-kimyo va rangdor metallar ishlab chiqarish sikllari rivojlanmoqda . ular agrar industrial sikli bilan birgalikda xо‘jalikning asosini tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda iqtisodiy geografiya kurslarida texnika vositalaridan tо‘g‘ri foydalanib dars о‘tish, materiallarni chuqur о‘zlashtirish bilan birga, о‘quvchilar malakasini mukammal oshira borib, mustaqil ishlash qobiliyatini ham о‘stiradi.


Tarmoq va tarmoqlararo majmualariga oid bilimlarni shakllantirishda foydalaniladigan о‘quv vositalari.




О‘rganiladigan savolning mazmuni

Ta’lim vositalari turlari

1

Korxona haqida tushuncha



Sanoat korxonasi haqida kinofilm, teleeshittirish

2

Majmuaning ahamiyati

Raqamli ma’lumotlar grafik, diagrammada ishlab chiqarishning о‘sishi kо‘rsatiladi. Ekran vositasi majmuaning xо‘jalik dagi ahamiyati haqida

3

Majmuaning tarkibi

Diafilm va transporantlar, majmua tarkibi haqidagi tasviriy chizmalar

4

Ishlab chiqarishni iqtisodiy kо‘rsatkichlari

Tasviriy chizma suratlar, xom ashyo manbalari haqida jadval mahsuloti namunalari, fotorasmlar diafilm va diapozitivlar

5

Ishlab chiqarishni tashkil etish shakli

Dinamik jadval va chizmlar korxona turlari va texnologiyasi, jarayonlari. Ishlab chiqarish aloqalari, markazlashuvi va kombinatlashuvi ixtisosi

6

Majmuaning joylashtirish tamoyillari

Tarmoqqa oid umumiqtisodiy atlas va kartalar, kartachizma, jadvallar, joylashish omillari va tizimlash jadvali

7

Majmuaning isti

Ishlab chiqarishning о‘sishi diagrammasi. Istiqbolli rejalash. Qiyosiy jadvallar karta va kartachizmalar.


II Bob. O’ZBEKISTON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASINING “ TRANSPORT GEOGRAFIYASI” MAVZUSINI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QITISH
2.1. Maktab darsligi bilan ishlash, ta’lim jarayonida sinfda va sinfdan tashqari bajariladigan ishlar
Darslik о‘quvchilar uchun asosiy qо‘llanma, ular oladigan bilimlarning eng muhim manbaidir. О‘quvchilarni kitobdan foydalanishga о‘rgatish maktab geografiyasi oldiga qо‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. О‘quvchilar darslik bilan о‘qituvchi rahbarligida ishlaydilar. О‘qituvchi о‘quvchilarni darslik bilan о‘quv yilining boshida tanishtiradi. О‘qituvchi darslikning kartalari, sxemallari, jadvallari, profillari, rasmlari, ilovalari, savollari topshiriqlari va ularning ahamiyatini tushuntirib, topshiriqlari va ularning ahamiyatini tushuntirib, darslik bilan ishlash yо‘llari haqida umumiy kо‘rsatma beradi. Dasturga muvofiq ravishda, shuningdek darslik yordamida о‘quvchilarning sinfda va uyda bilim faoliyatini faollashtirishga e’tibor berilgan. Yangi ilmiy tushuntirishlar kiritish, ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylashish qonuniyatlari muhim iqtisodiy – geografikfaktlar misolida tushuntirish, о‘quvchilarni fan usullari bilan tanishtirib maktab iqtisodiy geografiyasi ilmiy saviyasini oshirishning eng muhim yо‘llaridir.

Darslik karta- sxema, diagramma, grafik, rasm va jadval kabi illyustratsiya materiallariga boy. Ular darslik mazmunining tarkibiy bо‘lagi bо‘lib, о‘quvchining obyekt va jarayonlarga doir tasavvurlarini muayanlashtirish, ularning bilim faoliyatini faollashtirish, mantiqiy tafakkurini tarbiyalash vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Illyustratsiya materiallaridan foydalanishga о‘qituvchining vazifasi о‘quvchilarga muayyan tasavvur yoki tushuncha hosil qilish bilan birga illyustratsiya faktlarni tahlil etishga taqqoslay olish usullarini о‘rgatishdan iborat.

Ishlab chiqarish jarayoni xususan turli tarmoqlarning aloqadorligini aks etgan rasm va sxemalarga alohida ahamiyat berish zarur. Ularni tahlil etish geografik tasavvur va tushunchalarni muayyanlashtiradi.

О‘zbekiston sanoatining tarkibi va qishloq xо‘jaligiga yaroqli yerlar tarkibiga doir diagrammalardan ayrim tarmoqlarning rivojlanish dinamikasining tushunish mumkin.

Darslikdagi karta-sxema darsda ham, uy topshirig‘ini bajarishda ham muhim rol о‘ynaydi. Ular xalq xо‘jaligining muayyan sohasigina bag‘ishlangan mavzuli karta-sxemalardan, viloyatlar iqtisodi aks etitirgan majmuali karta-sxemalardan iboratdir. Karta sxema bilan ishlash о‘quvchilarga karta bilan ishlash malakasini takomillashtiradi. Illyustratsiya materiallaridan qay о‘rinda, qay holda, foydalanishni bilmoqchi bо‘lgan о‘qituvchiga darslik muayyan yо‘llanma beradi. Chunonchi, matn orasida berilgan “diagrammaga qarang”, “jadvalga qarang” kabi topshiriqlar hamda har bir mavzu oxiridagi savol topshiriqlar ana shunday funksiyani bajaradi.

Darslik ilovasidagi jadvallarda xilma-xil mazmundagi statistik ma’lumotlar berilgan. Bu ma’lumotlar Respublika va alohida viloyatlar halq xо‘jaligining tarkibi va rivojlanishiga doir tasavvur va tushunchalar shakllanishiga xizmat etishi lozim.

Agar о‘quvchi kartaga qarab fikr yurita olsa u egallagan bilim yanada mustahkamlanadi.

О‘zbekiston iqtisodiy geografiyasini о‘rganish jarayonida iqtisodiy- geografik obyektlarni kuzatish maqsadida о‘quv ekskursiyalari о‘tkaziladi. Ekskursiya sanoat obyektiga va qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishga tashkil etiladi. Dasturda ekskursiya uchun maxsus soat ajratilgan emas. О‘quv ekskursiyani о‘tkazish uchun 5-6 soat vaqt kerak bо‘ladi. О‘quv rejasiga ekskursiyaga aloxida vaqt ajratilgan taqdirda ham, uni dars jadvalida kо‘rsatilgan muddatda о‘tkazib bо‘lmaydi. Shuning uchun о‘quv ekskursiyalari dasturdagi tegishli mavzuni о‘rganishdan oldin yoki mavzu о‘rganib bо‘lingandan sо‘ng о‘tkazilishi mumkin.

Ammo ekskursiya respublika ishlab chiqarish majmuasiga yetakchi tarmoqqa qarashli korxonalarda о‘tkazilish shart. Qishloq maktablarida sanoat obyektiga ekskursiya о‘tkazish imkoniyati yо‘q desa ham bо‘ladi. Ammo, stansiya yoki gidrouzel, muhim transport tuguni, mashina – transport parki kabi obyektlardan birontasi bо‘lishi mumkin. Agrosanoat birlashmasiga ekskursiya о‘tkazish imkoniyati topilsa, kо‘ngildagidek, ish bо‘ladi. Chunki agrosanoat birlashmasi qishloq xо‘jalik ishlab chiqarish bilan sanoatning о‘zaro bog‘liqligini yaqoll ifodalaydi. Ekskursiya о‘tkazishdan oldin unga о‘qituvchi va о‘quvchilar yaxshi tayyorgarlik kо‘rishlari kerak. Har qanday korxonaga uyushtirilgan ekskursiya iqtisodiy geografik mazmundan kо‘ra kо‘proq ishlab chiqarish texnologiyasini tushunishga xizmat qiladi. Ekskursiyadan kо‘zlangan maqsad, darslikdan о‘rganilgan nazariy masalalarni amalda kо‘rsatishdan iborat.

Qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishga uyushtiriladigan ekskursiya asosan jamoa, shirkat, aksiyadorlik, ferma, fermer xо‘jaligi kabilarga о‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Mustaqil ishlarning turi har bir darsning mazmuni, didaktik maqsadi, о‘quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiq belgilanadi. О‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida о‘quvchilar darsda va uyda bajaradigan musaqil ishlar respublika iqtisodiy geografiyasiga materiallarini ongli о‘zlashtirishga, orttirilgan malaka va kо‘nikmalarni mustahkamlashga qaratiladi. Mustaqil ishlar о‘quvchilarni mustaqil xulosa chiqarishga fakt va xodisalarni umumlashtirishga, raqamlar, kartografik, materiallar bilan ishlashga qancha kо‘p da’vat etsa, о‘quvchilar faktik materialni shuncha ongli о‘zlashtiradilar, binobarin, о‘rganilgan bilim mustahkam bо‘ladi. Eng muhim о‘quvchilarda mustaqil bilim olish kо‘nikmasi tarkib topadi. Mustaqil ishlash о‘quvchilarni tez toliqtirmaydi. Kishi olgan bilimini muayyan malaka va kо‘nikmasiz amalda tadbiq qilish qiyin. Biron qoidani, yoki biron qonuniyatni aytish bilan uni turmushda qо‘llash orasida muyayan malaka va kо‘nikma zarur. Malaka va kо‘nikma tarkib topishi uchun turli mazmundagi amaliy ishlar о‘tkazish kerak. Mustaqil ishlar har qancha ahamiyatga ega bо‘lmasin uni mezonga rioya qilmoq lozim. О‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan mustaqil ishlar mezonini belgilashda dastur talabidagi darslik asos bо‘ladi. Lekin bunda har qaysi о‘quvchining saviyasi, xususan geografiyadan bilim darajasi inobatga olinadi. Bu fanni о‘rganish yuzasidan о‘quvchilarning mustaqil ishlarni tashkil etish uchun alohida imkoniyatlar mavjud. Darslikda о‘quv materialining о‘lkashunoslik tamoyiliga muvofiq berilgani, fakt va hodisalarini bir-biriga solishtirib va umumlashtirishga da’vat etuvchi savol va topshiriqlar zarur miqdorda, о‘z о‘rnida berilganligini ham mustaqil ishlar alohida qulayliklar yaratadi.

Darsda bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat.

A) о‘quv materialini о‘quvchilar mustaqil о‘rganib,muayyan xulosa chiqarishlariga undovchi savollar

B) ilgari olingan bilimlarni о‘rganilayotgan materila bilan taqqoslash

V) darslikning illyustratsiya materiali bilan ishlash,

G) diagramma, jadval tuzish,

D) darslikdagi savol va topshiriqlarga javob tayyorlash,

YE) jadval ma’lumotlari bilan ishlash,

J) yozuvsiz karta tо‘ldirish,

Mustaqil ishlar oddiydan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. mustaqil ishlarning murakkablashtirib borilishini M.K Kovalevskaya 3 bosqichga bо‘lgan.

1. Yangi fakt va hodisalarni izlashni talab etuvchi nisbatan yengil topshiriqlar. Bular “Qayerda?” “qay vaqtda”, “Qancha?” degan savollarga javob beruvchi topshiriqlarni о‘z ichiga oladi. Masalan, “О‘zbekistonning qayerlarida rangli metall rudalari joylashganligini aniqlang”, “О‘zbekistonning qayerlarida yirik GES lar va GRESlar qurilgan?”.

2. geografik hodislarning sabab – oqibatlarini belgilash va tushuntirish talab qiluvchi nisbatan murakkab topshiriqlar. Topshiriqlarni berishda “Tushuntiring” Isbotlang” degan talablar va “nima uchun”, “ Qanday qilib”, “Nega” degan savolar quyiladi.

Masalan, “nima uchun dengizda tashilgan yuklar arzon tushadi” tushintiring yoki “о‘zbekistonning iqlim sharoiti dehqonchilikning ixtisoslashuviga qanday ta’sir etadi?”

3. fakt va hodisalarni umumlashtirishni talab etuvchi nazariy yо‘nalishdagi muhim va qiyin topshiriqlar. Bunday topshiriqlar umumiy tushuncha, qonuniyatlar va ish usullarini tushuntirishni nazarda tutadi. Masalan, “Tabiiy resurslarga xо‘jalik nuqtai nazardan baho berish nima, turli xо‘jalik tarmoqlarini belgilovchi mayeyor nimadan iborat” yoki qanday omillar hududiy ixtisoslashtrishni belgilaydi.

Ayrim mavzularni о‘tishda mustaqil ishlarni quyidagicha tashkil qilish mumkin. О‘zbekistonning yozuvsiz kartasida paxta tozalash zavodi bilan kanop zavodlarini belilab qо‘ying? Qishloq xо‘jaligi geografisi mavzusini о‘rganishda mustaqil ishni dastlab matn oldidan berilgan savollarga javob tayyorlashdan boshlash kerak. Bu savollar quyidagilardan iborat.


  1. Qishloq xо‘jaligi qanday hususiyatlariga kо‘ra sanoatdan farq qiladi?

  2. Qishloq xо‘jaligi qanday tarmoqlardan iborat?

  3. Siz yashab turgan rayonda qishloq xо‘jaligining qaysi tarmoqlari rivojlangan.

  4. Paxtaning asl vatani qayer?

  5. Paxtadan qanday mahsulotlar olinishini eslang?

Darslik bilan ishlashdan tashqari, о‘quvchilarni adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish, undan zarur geografik ma’lumotlarni topa olishga о‘rgatish lozim. О‘quvchilarni qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish uchun о‘qituvchi ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlardan qiziq faktlar, ajoyib о‘simliklar yoki xayvonlar haqida, aholining urf-odatlari haqida sо‘zlab berishi kerak. Qо‘shimcha adabiyotlar yuzasidan beriladigan topshiriqlar bir yoki necha о‘quvchiga topshirilishi mumkin.
2.2. Qashqadaryo viloyati transport geografiyasi

Qashqadaryo viloyatining xo‘jalik tarmoqlaridan biri transport bo‘lib yuk va yo‘lovchilarni tashishning yagona vositasidir. Transport viloyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Qashqadaryo viloyatida moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarning 5,3% dan ortiqrog‘i transportda band.

Qashqadaryo hududidagi temir yo‘llar, avtomobil, havo, quvur elektron transporti respublika transporti yagona tizimining ajralmas qismidir. Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz, neft, gaz kondensati, kaliy tuzlari, rudali qazilmalar, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi xom ashyolari va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanishda quruq yerlarni o‘zlashtirishda, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda transportning ahamiyati katta. Chunonchi viloyat hududida Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi transportning hamma turlarini rivojlantirishni taqozo etadi. Viloyatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar va xom ashyosini boshqa mintaqalarga yetkazishda va chetdan hamda mamlakatning boshqa viloyatlaridan zarur mahsulot va xom ashyolarni keltirishda transport muhim xo‘jalik ahamiyatga egadir.

Mamlakat transporti istiqlol tufayli mustaqil bo‘ldi. Ungacha asosiy transport turlarini tashkil qilish, boshqarish va undan foydalanish huquqi respublikaning o‘zida emas edi. Masalan, 1920-1991 yillarda respublika transportining asosiy turlari sobiq Ittifoqning Markaziy vazirliklariga bo‘ysungan.

Ma’lumki, hozirgi zamon transporti rivojlanishida ikki qarama-qarshi omilni kuzatish mumkin: birinchidan ilmiy texnik inqilob sharoitida telekommunikasiya va aloqa, tezkor pul o‘tkazmalari, uyali aloqa vositalari, innovasiyalar, internet, masofadan o‘qish va o‘qitish kabilar transportning ahamiyatini biroz pasaytirsa, ikkinchi tomondan, yangi yer va suv, mineral xom ashyo va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish rekreasiya hamda mahalliy va xalqaro turizmning rivojlanishi aholi migrasiya harakatchanligining faollashuvi iqtisodiy integrasiyalashuv jarayonlarining rivojlanib borishi transportga bo‘lgan ehtiyojini yanada kuchaytiradi.

Mamlakatimiz iqtisodiy geografik va geosiyosiy o‘rni xususiyatlaridan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq hukumat transport xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qarata boshladi. Darhaqiqat, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishida sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xo‘jalikning boshqa tarmoqlarini rivojlanishida transport tarmog‘ining ahamiyati muhim hisoblanadi. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan hududda joylashganligi hamda shimoliy, sharqiy va g‘arbiy tomondan dengizlarga chiqish uchun eng kamida 3 ming km masofani bosib o‘tishi bu mamlakatning iqtisodiy aloqalarini qiyinlashtiradi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlarni raqobatga chidamsiz qilib qo‘yadi. Binobarin,YU mustaqillikning dastlabki yillarida eng qisqa xavfsiz va arzon transport kommunikasiyalarini qidirib topish vazifasi dolzarb bo‘lib qoldi. Chunki, bu vazifani hal etish mahsulot tannarxini tushirishga yordam beradi va shu bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Temir yo‘l transporti zamonaviy texnika bilan jihozlangan bo‘lib, yuk oborotini oshirishda yetakchi rolni o‘ynamoqda. Qashqadaryo viloyatida temir yo‘llar va shohbekatlarning qurilishi 1915 yildan boshlandi. Shu yilda Kogon-Qarshi-Amudaryo-Termiz temir yo‘li, Qarshi-Koson shohbekatlari qurib bitkazildi. 1924 yilda uzunligi 122 km bo‘lgan Qarshi-Kitob temir yo‘li ishga tushirildi. 1925 yilda Kogon-Qarshi-Amudaryo-Termiz temir yo‘li Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanba shahrigacha yetkazildi.

Keyingi yillarda viloyat hududida shahar va qishloq o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni taraqqiy ettirish va mustahkamlash, yangi sanoat tarmoqlarini barpo etish, quruq yerlarni o‘zlashtirish, tabiiy boyliklardan foydalanishga katta e’tibor berildi. Shu boisdan viloyatda transport tarmoqlari rivojlana bordi. Viloyatda Qarshi shohbekatidan tashqari Kitob, G‘uzor bekatlari qurildi. Qarshida Qarshi shohbekati, vagon va lokomativ deposi, xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta distansiya kasalxona, savdo tarmog‘i, temir yo‘lchilar madaniyat saroyi kabilarni o‘z ichiga oladigan transport tuguni vujudga keltirildi. Qarshi temir yo‘li ishlab chiqarish birlashmasiga Kitob, Tanxoz, Yakkabog‘, Qarshi, Nishon, Koson, Talimarjon hamda Muborak stansiyalari kiradi.

Qashqadaryo tumanlarining markazlari temir yo‘l bo‘yida yoki unga yaqin joylashganligi viloyat ichida va mamlakatning boshqa hududlari bilan olib boriladigan iqtisodiy aloqalarni yengillashtiradi.

Qashqadaryo viloyatidan temir yo‘llar orqali paxta tolasi, pilla, qorako‘l teri, o‘simlik moyi, g‘alla, gaz kondensati, neft, oltingugurt va boshqa mahsulotlar tashib ketilsa, mineral o‘g‘itlar, har xil mashina va uskunalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa yuklar keltiriladi. 2009 yil ma’lumoti bo‘yicha temir yo‘llar orqali 6228,5 ming tonna yuklar va 30,1 mln yo‘lovchilar tashilgan.

Qashqadaryo viloyatining avtomobil transporti xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Avtomobil yo‘llarining uzunligi 3,5 ming km dan ortiq bo‘lib, har 1 ming kv.km ga 100 km to‘g‘ri keladi. Respublika avtomobil yo‘llarining 8 % viloyat hududida to‘g‘ri keladi. Viloyat hududidan katta O‘zbekiston trakti o‘tadi. Bu avtomagistral Taxta Qaracha dovonidan tushib, viloyatning Kitob-Shahrisabz-G‘uzor-Dehqonobod tumanlari hududini kesib o‘tadi va hozirgi vaqtda bu avtomagistral qayta ta’mirlanib kengaytirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati barcha tumanlarining ma’muriy markazlari, fermer xo‘jaliklari viloyat markazi va boshqa aholi manzilgohlari bilan avtomobil yo‘llari orqali tutashgan. Undan tashqari viloyatdan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Denov va boshqa shaharlarga muntazam ravishda avobus va yengil avtomobillar qatnov tashkil etilgan. Bu albatta viloyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yaxshilash hamda yo‘lovchilarni tashishda muhim ahamiyatga egadir.

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida turli ma’muriy tumanlarning sanoat korxonalari va yirik aholi punktlarini bir-biri bilan bog‘laydigan o‘nlab avtomobil yo‘llari mavjud. Avtomobil transporti yordamida temir yo‘l orqali yuboriladigan yuklar temir yo‘l bekatlariga olib boriladi, temir yo‘l transporti orqali keltiradigan yuklar esa joylarga tashiladi.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng respublikada yagona transport tizimini shakllantirish, viloyatlararo yangi avtomobil va temir yo‘llarni qurish, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l muhandislik inshootlarini barpo etish masalalariga davlat miqyosida e’tibor qaratila boshladi. Shu maqsadda ko‘plab xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qancha yirik loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on kabi yangi temir yo‘llarining bunyod etilishi va mavjud avtomobil yo‘llarini qayta ta’mirlash, temir yo‘llarini rekonstruksiya qilish va elektrlashtirish (Toshkent-Samarqand-Buxoro liniyalari) ishlarini yuqoridagi hamkorlikning samarasi deyish mumkin.

Qashqadaryo viloyati avvaldan respublika yaxlit temir yo‘l tizimiga ulangan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati ilgari faqatgina Turkmaniston orqaligina temir yo‘l bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud edi. Natijada, ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelgan va bu yuk hamda yo‘lovchi tashishda qator muammolarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun ham Surxon vohasini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi yangi Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lini qurish ishlari 2004 yilda boshlab yuborildi. Asr qurilishi deb nom olgan ushbu temir yo‘l liniyasining uzunligi 223 km dan ortiqroqni (Qashqadaryoda-112,7 km, Surxondaryoda-110,4 km) tashkil etib, uning barpo etilishiga 450 mln AQSH dollari sarflandi. Mustaqillikning 16 yilligi arafasida temir yo‘l to‘liq ishga tushirildi.

Ushbu yirik investisiya loyihasining amalga oshirilishi natijasida Janubiy O‘zbekiston tog‘li hududlaridagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan neft, gaz, ko‘mir, rangli metallar, kimyo va qurilish materiallari konlarini kompleks o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi. Dehqonobod tumanida barpo etilayotgan respublikada yagona kaliy zavodi ushbu temir yo‘lning ilk samarasi hisoblanadi. Shuningdek, mazkur temir yo‘l ko‘plab bekatlar, aholi manzilgohlari, yangi ish o‘rinlari bunyod etilayotganligi bilan ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, temir yo‘l Janubiy iqtisodiy rayonda yangidan-yangi shahar va shaharchalarning vujudga kelishiga, mavjudlarining esa yanada taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, Dehqonobod va Boysun shaharlarida yaqin kelajakda turli xil sanoat tarmoqlari shakllanadi.

Iqtisodiy rayonning deyarli qoq o‘rtasidan Toshkent-Termiz (Katta o‘zbek trakti) transmilliy avtomagistrali kesib o‘tadi. Bu yo‘l nafaqat iqtisodiy rayonni, balki respublikanaing boshqa mintaqalarini Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Turkiya va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bog‘laydi. Mazkur yo‘lning Samarqand-Qarshi va G‘uzor-Dehqonobod yo‘nalishlari yirik ta’mirlash ishlari bajariladi. Amalga oshirilgan yo‘l ishlarining samarasi sifatida yuqoridagi yo‘nalishlarda qatnovchi transport vositalariga qulaylik yaratildi.

Janubiy O‘zbekistonning tashqi aloqalarini amalga oshirishda, yuk va yo‘lovchi tashishda asosan avtomobil hamda temir yo‘l transportlaridan foydalanilmoqda. 2000 yilda respublika bo‘yicha avtomobil transportida 701,2 mln t.yuk tashilgan bo‘lib, shuning 10,0 foizi (70,5 mln.t.) Janubiy mintaqa hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2009 yil yakunlari bo‘yicha esa yuqoridagi transport turida 745,2 mln.t.yuk o‘z manziliga yetkazib berilgan (o‘sish 106,3%). Iqtisodiy rayon miqyosida bu ko‘rsatkich sakkiz yil mobaynida 11,9 foizga kamayib, 55,1 mln tonnaga teng bo‘ldi. Bunda asosiy kamayish Qashqadaryo viloyati zimmasiga to‘g‘ri keladi. (35,3 mln t.dan, 21,6 mln t.ga). Sababi tashilayotgan yuklarning asosiy qismi quvur va temir yo‘l transporti orqali amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda yangi temir yo‘llarining ishga tushirilishi munosabati bilan ushbu transport turida yuk jo‘natish 2000 yilga nisbatan 2009 yilda deyarli 138,0 foizga oshdi (42087,0 ming t.dan 58091,1 ming t.). Ko‘rilayotgan davr mobaynida iqtisodiy rayon doirasida ham bu ko‘rsatkich 134,0 foizga, ya’ni Qashqadaryo viloyatida 129,4 foizga va Surxondaryo viloyatida 149,4 foizga o‘sdi.

Shaxsiy avtomobillarda yo‘lovchi tashishning ortib borishi natijasida temir yo‘l transportidan foydalanish kamayib bormoqda. Masalan, respublika temir yo‘llarida 2004 yilda 15268,6 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2009 yilga kelib 11487,7 ming kishi ushbu transport xizmatidan foydalangan. Respublikada bo‘lganidek, Janubiy iqtisodiy rayonda ham aholining temir yo‘llardan foydalanish darajasi pasayib bormoqda. 2004 yilda 1425,1 ming yo‘lovchi temir yo‘l transportidan foydalangan bo‘lsa, oradan besh yil o‘tib bu ko‘rsatkich 983,3 ming kishiga tushib qoldi.

2009 yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat temir yo‘llarining 21,4 foizi, qattiq qoplamli avtomobil yo‘llarining esa 15,0 foizi mazkur mintaqa ulushiga to‘g‘ri keladi, temir yo‘llarning jami uzunligi 904,8 km., qattiq qoplamli avtomobil yo‘llarining uzunligi 6200 km ga teng (Qashqadaryoda 3500 km va Surxondaryoda 2700 km).

Bugungi kunda Qashqadaryo xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini va viloyat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga ega.

Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning tarkibiy qismi sifatida qo‘shni mamlakatlarni barchasi bilan xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan yirik avtomagistrallar qurishda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan “Termiz-Hirot-Karachi” avtomobil yo‘li qurilishida va shu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan yo‘llarni qayta ta’mirlashda o‘z ulushini qo‘shish bilan qatnashib kelmoqda.

Havo transporti. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida va iqtisodiy aloqalarning o‘sishida havo transportining roli ortib bormoqda. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga chuqur kirib borishi bilan uning ahamiyati yanada oshib bormoqda. Hozirgi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi xilma-xil tipdagi havo transporti vositalariga ega. Jumladan, unda qishloq xo‘jalik ishlariga mo‘ljallangan “AN-2”, mahalliy yo‘llarda qatnaydigan “AN-24” va “IL-114” xalqaro yo‘llarda qatnaydigan “IL-76”, “IL-62”, “IL-86” hamda “A-310”, Boyn kabi samolyotlar mavjud.

Viloyatda havo transporti xizmatini yaxshilash maqsadida yangi tipdagi samolyotlar qabul qilaoladigan darajada aeroportni jihozlash va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada Qarshi shahar aeroportining xizmat kursatish ko‘lami ancha kengaydi. Shahar aeroporti orqali mamlakat ichkarisida ham hozirgi mamlakatlari o‘rtasida yo‘lovchilarni va pochtani tashish ishlari ancha kengaytirildi. Kelajakda mamlakatimiz yo‘lovchi aylanmasi harakatida havo transportining salmog‘i oshib boraveradi.

Quvur transporti. Transportning bu tarmog‘i 1960 yillardan keyin vujudga keldi. Uning vujudga kelishi viloyat hududida neft va gaz konlarining ochilishi va o‘zlashtirilishi bilan birga bog‘liq. Viloyatda quvur transportini rivojlantirish katta afzallikka ega. U viloyat korxonalari va aholi manzilgohlarining gazlashtirilishini, ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash bilan birga ishlab chiqarishning rivojlanishini, mehnat unumdorligini oshishini, ishlab chiqaradigan mahsulotlar tannarxining kamayishini, atrof muhitning nisbatan toza bo‘lishini ta’minlaydi.

Viloyat hududi yer bag‘rilarning tabiiy gaz va neft manbalariga boy bo‘lganligi sababli ulardan viloyat ichkarisida va tashqaridagi iste’molchilarga gaz, neft, suvni yetkazib berishda quvur transporti eng qulay va arzon transport vositasidir. Katta zahirali gaz konlarining ochilishi va foydalanishga topshirilishi munosabati bilan XX asrning oltmishinchi yillaridan keyin gaz quvurlari qurilgan boshlandi. O‘tgan davrda Qora-Xitoy-Qarshi, Sho‘rtan-Muborak, Sho‘rtan-Buxoro-Gazli, Sho‘rtan-Shirin-Toshkent gaz quvurlari hamda Shahrisabz botig‘idan Qarshi, Muborak, Nishon, Beshkent shaharlarini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan suv quvurlari o‘tkazilgan.

Bozor munosabatlari sharoitida transportni hududiy tashkil qilish va rivojlantirish jarayoni qator omillarga bog‘liq. Avvalambor, buning uchun tabiiy zahiralar, ya’ni mineral xom ashyo manbalari, yer-suv boyliklari qulay relyef shakli talab qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning ham ahamiyati katta. Chunonchi, aholi va mehnat resurslari, transport va boshqa infratuzilma tarmoqlari transportni joylashtirish va rivojlantirishga yanada kuchlirov ta’sir ko‘rsatadi. Bu va shunga o‘xshash shart-sharoitlar mamlakatning turli hududlarida turlicha bo‘lib, shu bois transport tizimlarini alohida olingan hududlar bo‘yicha o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.




2.3. Transport geografiyasi ni ta’lim texnologiyalari asosida o’qitishga doir

Darsning maqsadi: Respubilikaning iqtisodiy madaniy hayotida tarnsportning ahamiyatini tushuntirish. Asosiy tushunchalar “transport tuguni”, “magistral yо‘li”, “yuk oboroti”, “transportdan foydalanish” kabi umumiy tushunchalarni muayyanlashtirish. О‘qituvchilarda transport sohasida ishlashga havasni kuchaytirish.

Darsga zarur jihozlar . Transport kartasi, О‘zbekiston iqtisodiy о‘quv kartasi, mamlakatda qurilayotgan yangi temir yо‘llari sxemasi.

Mavzuni о‘rganish. Suhbat metodi, darslik bilan mustaqil ishlash metodi.

Darsning borishi. Transportning respublikamiz xо‘jaligadagi ahamiyati, funksiyasi tushuntiriladi. Har qaysi transport turini о‘rganishda uning qanday tabiiy, iqtisodiy shart-sharoitlar taqozosi bilan rivojlanganligini ochib berishga intilish lozim.

О‘quvchilarni diqqatini mustaqil mamlakatimizda transport tarmoqlarini tobora rivojlanib borayotgan, yangi avtomobil yо‘llari, temir yо‘llari qurilayotgan bо‘yicha aniq ma’lumot beriladi. Daryo transportining iqtisodiy ahamiyati temir yо‘l va avtomobil transportlariga qaraganda tobora kamayib bormoqda, chunki temir yо‘l va avtomobil yо‘llarida yuklar kо‘p tez tashiladi. Bu holni о‘quvchilar tushunib olishi kerak.

Mustaqillik qо‘lga kiritilgandan sо‘ng Toshkent aeroportidan hozirgi vaqtda 50 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarga havo yо‘llari ochilgani tо‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Havo transporti о‘rganishda uning ahamiyati ortib borayotgani, passajirlar va yuk tashishdagina emas, qishloq xо‘jaligi ishlarida, meditsina xizmati kо‘rsatishda, foydalanilayotgani ham aytiladi. Shundan sо‘ng о‘quvchi yashab turgan viloyatning markazidan mamlakatning qaysi shaharlariga havo tarnsportiga passajirlar va yuk tashish mumkinligi suhbat yо‘li va hamda darslikdagi karta sxemani kо‘zdan kechirish yо‘li bilan о‘rganiladi.

Neft va gaz quvurlari yotqizish va ulardan foydalanishda О‘zbekistonning tabiiy, iqlimiy sharoiti boshqa mamlakatlarga qaraganda samaraliroq ekanini aniq misollar bilan tushuntirish kerak. Yangi qurilgan neft va gaz quvurlari bо‘yicha tо‘xtalib о‘tiladi.





F S M U texnologiyasi
(F) – Fikringizni bаyon eting.

(S) – Fikringiz bаyonigа biron sаbаb kо‘rsаting.

(M) – Kо‘rsаtilgаn sаbаbni tushuntiruvchi misol keltiring.

(U) – Fikringizni umumlаshtiring.

Ushbu texnologiya:

  • tinglovchilаrni о‘z fikrini himoya qilishgа,

  • erkin fikrlаsh vа о‘z fikrini boshqаlаrgа о‘tkаzishgа,

  • ochiq holdа bаhslаshishgа,

  • egаllаngаn bilimlаrni tаhlil qilishgа,

  • qаy dаrаjаdа egаllаgаnliklаrini bаholаshgа,

  • tinglovchilаrni bаhslаshish mаdаniyatigа о‘rgаtаdi.


«Trahsport geografiyasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega ?»


F Fikringizni bаyon eting.

S Fikringizni bаyonigа biror sаbаb kо‘rsаting.

M Kо‘rsаtilgаn sаbаbni tushuntiruvchi misol keltiring.

U Fikringizni umumlаshtiring.






2.3. О‘zbekiston trаnsporti mavzusini ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish

Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi





Mavzu:

III c 3- chorak, 36 - dars

О‘zbekiston trаnsporti




Maqsad va vazifalar

O‘quvchilarga О‘zbekiston trаnsporti va ularning qismlari tarkibi, turlari, haqida bilim berish; quruqlik (temiryo’li va avtomobil transporti), suv ( dengiz va daryo), havo, quvur ( neft va tabiiy gaz tashish) va elektron ( elektr uzatish liniyalari) transport turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish; ularga ijtimoiy - iqtisodiy geograflk xaritalardan temir yo’llari va avtomobil yo’llarini topishni o‘rgatish va mamlakatmizdagi yirik temir yo’llari va avtomobil yo’llarining yo’nalishlarini aytib xaritadan topa olishni, О‘zbekiston trаnsporti tarmoqlariga reja asosida ta’rif yozish ko‘nikmasini shakllantirish.

O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.




O‘quv materiali mazmuni

O‘quvchilar mavzuning mohiyatini tushinib yetishlari bunda О‘zbekiston trаnsporti tarmoqlarining hosil bo‘lishi, temir yo’llari sistemasi, avtomobil yo’llari, quvur taransporti, havo yo’llari, suv transporti, elektr energiya tarmoqlari haqida tushuncha berish. Transport tarmoqlarining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati,tashqi iqtisodiy aloqalar, yuk va yo’lovchi tashishdagi sigimi haqida ma’lumot berish.


O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh, jamoa bo‘lib ishlash.

Metod: “Aqliy hujum”, og‘zaki bayon, “Blis so‘rov” elementi, savol- javob, grafik test.

Vosita: Darslik, mavzu bo‘yicha slaydlar, globus, mavzuga oid jadvallar, trаnsporti tarmoqlari aks etgan rangli rasmlar, 8-sinf o‘quv atlasi va yozuvsiz xarita, tarqatma materiallar, Dunyoning yarimsharlar xaritasi, O‘zbekiston ijtimoiy – iqtisodiy xaritasi.

Usul: slayd, grafik test.

Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat testlari.

Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida.


Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi: Mavzu asosida to‘laqonli ma’lumot berib, o‘quvchilar bilimini oshiradi. Mashg‘ulotda qo‘llanilgan turli metodlar, mustaqil ish bo‘yicha tarqatma materiallar asosida mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini oshiradi.

O‘quvchi: Mavzu bo‘yicha yangi bilimlar egallanadi. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Yozuvsiz xaritada trаnsporti tarmoqlari va uning elementlarini tasvirlay oladi. Trаnsporti tarmoqlariga reja asosida tavsif yoza oladi.


Kelgusi rejalar

O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi.

O‘quvchi: Mavzu yo`zasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil isshashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling